O'zbekiston - CAFA U-15 Girls turniri g'olibi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2017, 09:05
Karima Yo'ldosheva bosh murabbiyligidagi O'zbekiston qizlar terma jamoasi Tojikiston mezbonlik qilgan CAFA U-15 Girls turniri g'olibiga aylandi.

O'zbekistonlik qizlar musobaqaning so'nggi turida Eronga qarshi bahs yuritib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi o'yin natijasidan qati nazar O'zbekiston U-15 termasi yuz foizlik natijani qayd etib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston qizlar terma jamoasi dastlabki turda Tojikistonni (8:2), ikkinchi turda esa Qirg'izistonni (3:0) mag'lubiyatga uchratgan edi.

CAFA U-15 Girls Tournament
G'issor, Tojikiston
29 avgust, seshanba

O'zbekiston – Eron 2:0

Gollar
: Tojiniso Rashidova, Diyora Jo'raboeva

Qayd etish joiz, musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan O'zbekiston U-15 terma jamoasi sardori Tojiniso Rashidova turnir to'purariga aylandi.

Foto: Tojikiston FF



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com