So’nggi yangiliklar

11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  3 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  3 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  9 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  7 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  24 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  0 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   2 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  15 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   3

O'zbekiston bayrog'ini so'ragan Arveladze Yangiliklar

O'zbekiston bayrog'ini so'ragan Arveladze

Barcha ishni o'z egasi qilgani maqul. Kecha bunga yana bir bor amin bo'ldim.

Gap shundaki, "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvida havaskor fotosuratchi sifatida ishladim. To'g'ri, avval ham qiziqib bazi o'yinlarni suratga olib yurganman. Qiziqish yuzasidan. Lekin bu ishda naqadar xushyor va nozik tab, ayniqsa darvozabonlarga kerak bo'ladigan tezkor reakciya sohibi bo'lishni ham talab etilishini amalda yana bir bor his etdim.

O'yin televizor orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga ketishini bilgach, mazkur bahsdan esdalik uchun suratlar ham bo'lsa yomon bo'lmasdi degan maqsadga maydon chetida fotoapparat bilan o'yinni kuzatdim. Kadr yig'ish kerak, bu jarayon vaqtida esa o'yinni to'liq tomosha qilish imkoniyati ancha cheklanadi. Ayniqsa qaysi payt qanday kadr olinishi va "fokus"da paytni to'g'ri poylash masalasida etarlicha tasavvurga ega emas inson fotoapparat bilan o'tirsa, unda bu yanada qiyin.

Tavsiya qilamiz: FOTOGALEREYA. "Al Nasr" - "Paxtakor" 1:2

Harakatsiz odamni rasmga olish birmuncha osonroq, lekin sportda, xususan futbolda bu ishni uddalash uchun haqiqiy profi bo'lish talab etiladi. Bu ishni esa bizda Tolibjon Qosimov va yosh ijodkor Jahongir Fayzullaev ancha yaxshi uddalashadi. O'zbekistonda esa Hasan Pirmuhammedovga etadigani yo'q. Lekin Tolibjon Qosimov yaqin orada Jahongir Fayzullaevning tog'asini quvib o'tib ketish ehtimoli yuqori. Sayt rahbari Nodirxo'ja Yuldashev ham bu ishni vaqtida juda yaxshi qoyillatganlar. Hozir esa o'zbek fotojurnalistikasi olamida Messiga qiyoslanayotgan Tipaj (Jahongir Fazullaev) ham Nodir akani raqobatda qiynab qo'yishi mumkin:-)

Ochig'i, bu soha vakillari ichida Anvar aka Ilyosovni barcha ustoz sifatida ko'radi. Lekin Anvar akaning barcha rasmlari ham internet yuzini ko'ravermaydi, chunki kadrlari qiymati baland va narxi ham ancha qimmat turadi :-)

Futbol qolib boshqa mavzuga o'tlab ketib qoldim, uzr. Kechagi o'yinga keladigan bo'lsak, "Paxtakor" juda ishonchli o'ynadi va uchrashuvni to'liq nazoratda ushlab turdi. Garchi jamoa mehmonda o'ynagan bo'lsada  kecha o'zini o'z uyidagidek his etdi, chamamda.

O'yin amaliyoti hali to'liq paydo bo'lmagan bo'lsada, o'zaro jamoaviy o'yin ko'nikmasi, tartib va pozicion hujumlar ham raqibga nisbatan ancha ko'p sodir etildi. Tabiiyki xavfli vaziyatlar yaratishda ham "Paxtakor" "Al Nasr"dan yaxshiroq o'ynadi.

"Al Nasr" "Paxtakor" darvozasi oldida xavni faqatgina standart vaziyatlari orqali yuzaga keltirdi. Gol ham penaltidan so'ng urildi. Ikkinchi bo'limda esa Arveladze jamoani raqib tanlagan o'yindan kelib chiqqan holda o'ynatdi. O'zgarishlar ham barchasi pozicion amalga oshirildi, taktik o'zgarishlar orqali hisobni ushlab qolish uchun himoyaga yotib olinmadi. CHunki o'yin nazorati "Paxtakor" qo'lida edi.

Jamoa kerak pressing uyushtirdi, talab etilgan vaqtda pozicion tartibli himoyalandi, imkoniyat bo'lganida hujumga o'tdi va qator vaziyatlar sodir etildi. Xotirjamlik, o'yinga bo'lgan munosabat, konsentraciya bir joyga jamlandi. Ayniqsa bu maydon chetida futbolchilarning harakati va kayfiyatidan shundoq bilinib turdi. "Al Nasr"ning kuchli tarafi, yani hujumdagi o'tkir harakatini kecha "Paxtakor" zararsizlantirib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda nisbatan ko'proq vaqtni raqib jarima maydonchasi oldida o'tkazgan "Al Nasr" darvoza oldida chinakamiga xavf solishda qiynaldi.

Yakunda Arveladze jamoa uchun nihoyatda qiymati yuqori turgan o'yinni yutdi. Bu g'alaba Arveladzening "Paxtakor" rulidagi eng qiyin bo'lmasada, eng muhim muvaffaqiyatiga aylandi, menimcha.

SHota Arveladze unga berilgan ishonch kreditini oqlashni boshladi. Kecha aytganimdek, katta muvaffaqiyatlar kichik g'alabalar orqali boshlanadi. Bu g'alaba jamoani OCHL guruh bosqichiga chiqishi yoki Arveladze muhim bahsda o'z so'zini aytishi bilangina emas, balki jamoaning aniq belgilab olingan yo'lidan ketishi uchun ham yaxshi to'rtki bo'lishi mumkin.

Arveladze o'zbek futboliga olib kirmoqchi bo'lgan mentalitet, o'yin uslubi va futbol madaniyatini to'liq singdirish uchun malum vaqt talab etiladi. Uning falsafasi qisqa muddatda o'zlashtiriladigan sodda uslub emas. O'tgan yilgi mavsum yakunlanishidan so'ng Arveladze bilan uyushtirgan suhbatim yakunidagi xulosada ham mazkur jihatga alohida etibor bergandim.

Eslatma: SHota Arveladze bilan juda uzun, ammo samimiy suhbat - SHahboz Beg'amov 

Avval takidlaganimdek, avvalgi "Paxtakor"ning hozirgi jamoa bilan tanlagan yo'llari butkul farq qiladi. Yangi qurilayotgan jamoaning ilk xosillari esa endi meva berishi mumkin. Muhimi, jamoada butkul evropacha futbol madaniyati va mentaliteti singdirilmoqda. Arveladze nihoyat bu yildan jamoadagi ichki muhitni ham to'liq yangilab, tozalab olgandek tuyulmoqda. Bu jamoaning doimgi mashg'ulotlarida shundoq ko'rinib turibdi.

"Paxtakor"ning kechagi yutug'i olamshumul natija emas. Lekin bu g'alaba katta muvaffaqiyatlar eshigini ochgan "kalit"ga aylanishi mumkin.

Kechagi o'yindan Arveladze alohida muxlislar oldiga yugurib bordi va ular bilan g'alabani birga bo'lishdi. SHundan so'ng o'zaro rasmga tushishlar, selfilar bazmi boshlanib ketdi. Bunday samimiy Arveladzeni birinchi bor ko'rishim ochig'i. Keyin esa muxlislar Arveladze "Paxtakor" logosi tushirilgan bayroqni berishdi. Kiyinish xonasiga ketavurishda Arveladzega qo'lidagi bayroq bilan rasmga olib qo'yishimni aytganimda gruziyalik mutaxassis to'xta deb, muxlislar qo'lidagi O'zbekiston bayrog'ini ham olishini aytdi. "Eto pobeda ne tolko "Paxtakora"...", deb butun o'zbek futboli yutug'i ekanligini aytdi va mamlakatimiz bayrog'i bilan birgalikda suratga tushdi.

Umid qilamizki, Arveladze "Paxtakor" rulida o'zbek futboli uchun o'chmas iz qoldirishni uddalaydi. CHunki "Paxtakor" klubining yangi rahbariyati Arveladze bilan rejalashtirgan maqsadlar nihoyatda yuqori. Muhimi, unda shunchaki faqatgina pul ishlab ketish maqsadidan ko'ra futbolimizda iz qoldirish istagi ko'rinmoqda.

Muallif :
Reyting: +116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика