O'zbekiston ayollar terma jamoasi Eronga qarshi kambek qayd etdi
12 iyu 2024 16:00
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Eronga qarshi kambek qayd etdi
Farruh Zokirov boshchiligidagi O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bugun turnirdagi yurishini Eronga qarshi bahs bilan boshladi. Unda vakilalarimiz 7:5 hisobida g'alaba qozonishdi. Etiborlisi, uchrashuv davomida eronliklar hisobda oldinga chiqib olishgan edi.
Musobaqada mezbonlar Xitoy va O'zbekistondan tashqari, Eron hamda Vetnam terma jamoalari ham ishtirok etishmoqda.
"CFA International Women's Futsal Tournament Lanzhou 2024"
Eron - O'zbekiston 5:7
O'zbekiston (birinchi beshlik): Nurullaeva, Turdiboeva, Qudratova, SHoyimova, Amirova.
Zaxira: Baxtiyorova, Karachik, Dadaboeva, Vohidova, Nazarova, Asqarova, Safina, Valihonova.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi ikkinchi o'yinni ertaga Xitoyga qarshi, uchinchi bahsni esa 15 iyul kuni Vetnamga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar