So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining 2-saralash bosqichidagi raqiblari nomi malum bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining 2-saralash bosqichidagi raqiblari nomi malum bo'ldi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaning ayollar o'rtasidagi futbol musobaqasi 2-saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.


Quraga ko'ra 12ta terma jamoa quyidagi guruhlarga bo'lindi:
 
"A"
Myanma
Hindiston
Indoneziya
Nepal
 
"B"
Vetman
Iordaniya
Gonkong
O'zbekiston
 
"C"

Xitoy Taypeyi
Eron
Filippin
Falastin
 
 
"A" guruhi saralash o'yinlari Myanmada, "B" guruhi saralash bahslari  O'zbekistonda, "S" guruh bahslari esa Falastinda bo'ladi.
 
Tokio-2020 Olimpiadasining ayollar o'rtasidagi futbol musobaqasi 2-saralash bosqich o'yinlari shu yilning 1-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Guruhlarda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan 3ta terma jamoa 3-bosqichga yo'l oladi. Uchinchi bosqichda bu jamoalarga SHimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Tayland va Xitoy jamoalari qo'shiladi. Keyin 8ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda saralash bahslarini o'tkazishadi.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar 4-bosqichga yo'l olishadi. 4-bosqichda "A" guruhida 1-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoa "V" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoa bilan, "V" guruhida 1-o'rinni olgan "A" guruhining 2-jamoasi bilan kuch sinashadi. 2ta terma jamoa Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasiga ega bo'ladi. Yaponiya terma jamoasi musobaqa mezboni bo'lgani uchun saralashlardan ozod qilingan.  


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика