O'zbekiston - Afg'oniston uchrashuvini hindistonlik hakamlar boshqaradi
06 sen 2023 08:42
Yangiliklar
O'zbekiston - Afg'oniston uchrashuvini hindistonlik hakamlar boshqaradi
Avvalroq O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi U-23 bahslarining saralash bahslarida afg'onistonlik raqiblariga qarshi maydonga tushishlarini xabar bergandik.
Uchrashuvni Hindiston vakili Prandjal Banerdji boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga hamyurti Dutta va Falastin vakili Ashraf Abuzubayda yordam beradi. To'rtinchi hakam esa Xanna Xattab Suriyadan.
Osiyo kubogi U-23 saralash
Toshkent/“Jar” stadioni/06.09.2023/19:00
O'zbekiston — Afg'oniston
Bosh hakam: Prandjal Banerdji (Hindiston)
Yordamchi hakamlar: Sumanta Dutta (Hindiston), Ashraf Abuzubayda (Falastin)
To'rtinchi hakam: Xanna Xattab (Suriya)
Nazoratchi: Saad Al Fadli (Quvayt)
Komissar: Xamad Axmed Almazrui
Fikrlar