So’nggi yangiliklar

12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  2 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  0 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  1 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  3 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2

O'zbek va Koreya futbolidagi farq, “SHo'rtan”ga finalda urgan goli, O'zbekistonga qaytish niyati – “Bunyodkor” yulduzlaridan biri Stevica Ristich haqida Yangiliklar

O'zbek va Koreya futbolidagi farq, “SHo'rtan”ga finalda urgan goli, O'zbekistonga qaytish niyati – “Bunyodkor” yulduzlaridan biri Stevica Ristich haqida

O'zining eng yulduzli va buyuk damlarini boshidan kechirayotgan “Bunyodkor” jamoasi afsuski, 2009 yil OCHLni erta tark etishga majbur bo'lgandi.

O'shanda “qaldirg'ochlar” chorak finalda Janubiy Koreyaning “Poxang Stirlers” klubiga engilgandi. Darvozalarga kiritilgan gollarga makedoniyalik Stevica Ristich ham mualliflik qilgani yodimizda. SHundan so'ng klub rahbarlari ushbu o'yinchini jamoaga olib kelishadi va katta maosh taklif qilishadi. O'zbekistondagi faoliyati uzoqqa cho'zilmagan bo'lsada esda qolarli lahzalarni taqdim qila oldi deya olamiz.

Uning ayniqsa O'zbekiston kubogi finalida “SHo'rtan” jamoasining gruziyalik posboni Mixail Alavidze qo'riqlayotgan darvozaga urgan goli musobaqa g'olibligini olib bergandi. Umumiy hisobda 17ta uchrashuvda 11ta to'p kiritib o'ziga xos sermahsullik qayd etdi. Biroq, “Bunyodkor”da yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sabab ko'plab futbolchilar singari jamoani tark etdi va Rossiyaning “Amkar” klubi bilan shartnoma imzoladi. Ko'pgina mutaxassislar, u bilan birga to'p tepgan futbolchilar Ristichning mehnatkashligini, ommadan o'zini olib qochmasligi haqida fikrlarni bildirishadi. Rivaldo jarohat olgan paytlarda asosan uning o'rnida maydonda harakat qilardi.


Xo'sh, butsalarini mixga ilgan futbolchi nimalar bilan band? Bu borada Ristich bilan tashkil qilingan intervyu orqali tanishib olishimiz mumkin bo'ladi.

"Uch yil oldin faoliyatimni yakunladim. Hozirda Makedoniyadaman. Oilam davrasida hordiq chiqarmoqdaman. Farzandlarim tarbiyasiga ko'proq vaqt ajratmoqdaman. Ularni turli sport turlariga berganman. Futbol, gandbol va hokazo. Ularning qiziqishlarini doim inobatga olaman.

“Bunyodkor”da to'qqiz oy o'ynadim. Faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan biri bo'lgan desam adashmayman. Mana shu kichik muddatda ko'p narsalarga erishdim. O'sha paytlarda biz o'yin tashkil qilish bobida hammadan kuchli edik. Natijalar ham yomon emasdi. Stadionlarga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurardi. Toshkent derbisi shiddatli va kurashlarga boy tarzda o'tgan.

Janubiy Koreya va O'zbekiston futboli o'rtasida farq katta. Yaponiya va Koreyaning quyi ligalari ham kuchli. Maydonlar sifati biroz yaxshiroq. “Seul World Cup” stadioni qitadagi eng yaxshi arenalar qatoriga kiradi. SHuningdek jamoalarning saviyasi deyarli teng. Men o'ynagan paytda “Bunyodkor” va “Paxtakor” teng kuchli klub sanalardi. SHuningdek, “Neftchi”, “Nasaf” ham yomon jamoa emasdi. So'ngi yillarda “Lokomotiv” ham etakchilar qatoriga qo'shilganidan xabarim bor. Qisqasi O'zbekistonda to'rt, besh jamoaning darajasi o'xshash.


O'zbekistonda ko'plab do'stlarim bor. Viktor Karpenko, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarovlar bilan aloqalarimiz yaxshi. Barchasi hurmatga loyiq futbolchilar bo'lishgan. Qaytish masalasi? Futbolchi sifatida emas balki, murabbiy yoki agent bo'lib qaytishim mumkin.

Faoliyatimda ko'plab muhim va chiroyli gollar urganman. “Poxang Stilerz” safida “Bunyodkor”ga urgan golimni ahamiyati yuqori men uchun. Yakunda biz OCHL g'olibi bo'ldik. O'zbekistondagi davrimda esa albattta “SHo'rtan”ga finalda urgan golim muhim hisoblanadi.

Bilasiz, futbolda mablag'ingiz qancha ko'p bo'lsa kuchli futbolchilar, murabbiylarni taklif qila olasiz. Natija ham shunga yarasha bo'ladi.

“Bunyodkor”da pul tomondan muammolar kuzatildi. Faqat men emas, boshqa futbolchilar ham ketishdi. Keyinchalik, Anzur Ismoilov, Jasur Hasanovlar legioner sifatida ham o'zlarini ko'rsata olishdi.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика