So’nggi yangiliklar

18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон (матнли трансляция)  2 18:25Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  14 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  16 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  8 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  14 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0

O'zbek futbolini "Championat.asia" "o'ldiryapti"mi? Yangiliklar

O'zbek futbolini "Championat.asia" "o'ldiryapti"mi?

Nihoyat, achchiq haqiqatlarni tan oladigan kun keldi.

Keling, asosan futbol haqida emas, o'zimiz haqimizda gaplashamiz. Quyida o'qiydiganlaringizning barchasi o'ta shaxsiy fikrlardir. O'ylaymanki, sayt rahbariyati va xodimlari to'g'ri tushunishadi.

Bilasizmi, termamiz nega mundialga chiqolmaydi?; nega Temur Hakimov, Abbosbek Maxsitaliev singari iqtidorlar yo'qolib qoldi?; nega milliy jamoa etakchisi bo'lishini kutganimiz Sardor Rashidovning o'yinida so'nggi yillarda pasayish sodir bo'ldi?; nega pandemiya boshlanguniga qadar gollar urib turgan SHomurodov to'xtadi-qo'ydi?
Barchasi oddiy: chunki o'z vaqtida pArlab chiqqan barcha yulduzlar haqida "Championat.asia" ko'proq material tayyorlab yuborgan, keyin uNar o'z ustida ishlamay qo'yishgan. Ha, aynan shunday. Kimlarningdir yoshi kichraytirilgani, kimlar nafsini tiya olmagani, kimlar klub tanlashda xatoga yo'l qo'ygani emas, OAVning o'z ishini to'g'ri bajarayotgani sabab bo'lgan. Kulgili emasmi? SHaxsan men uchun juda kulguli. Yuqoridagi gapni yozar ekanman, kulgining kuchidan "porlab", "ular" singari so'zlarni noto'g'ri yozib qo'yibman, kechiring.

Umuman olganda, doimiy ravishda bu kabi so'zlarni eshtib kelganmiz, biz uchun yangilik emas. Bu material yozilmasdi, qachonki, sobiq futbolchilar, mutaxassislar ham shu kabi fikrlarni bildirishmaganida.

So'nggi kunlarda ko'pchilik SA xodimlardan ranjiyotgan ekan. Boisi shundaki, biz Jasur Jaloliddinov hamda Oston O'runov haqida ko'p gapirib yuborayotgan ekanmiz. SHu tufayli bu futbolchilar tez orada o'z o'yinini yo'qotib qo'yishi mumkin ekan. Jamoamiz bilan o'ylab qoldik, ehtimol, Abdusattor akaning sigiri sut bermay qo'yganiga ham biz aybdordirmiz...

Bilasizmi, Messini tug'ilganidan beri "yangi Maradona", Neymarni 12 yoshidan buyon "yangi Pele" deyishadi. Ronaldu haqida 17 yildan beri butun dunyo matbuoti tinmay bong uradi. Nega ular shu darajaga chiqdi? Misol uchun, Ronalduning futbol bilan shug'ullana boshlagan o'g'li necha yoshida keng omma nazariga tushdi? Tasavvur qiling, "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi ko'zida yosh bilan kichik Krishtianu haqida yozmaslikni so'rab OAV vakillariga murojaat qilyapti. Tasavvur ham qilolmagan bo'lsangiz kerak. Bunaqasi faqat bizda bo'lishi mumkin. Yaxshi-da... Lekin nega bazi ota-onalar, murabbiylar yosh futbolchilarda yulduzlik kasaliga qarshi immunitet hosil qilish, ularning psixologiyasi bilan ishlash o'rniga o'z ishini qilayotgan OAVni ham o'zlariga o'xshatib qo'yishga harakat qilisharkan?

Birinchidan, nashrlar faqat mushtariylari uchun ishlashadi. Muxlislarni qiziqtiradigan har qanday mavzuni baholiqudrat yoritishga harakat qilishadi.

Ikkinchidan, matbuotning rivoji bevosita futbolga ham tasir ko'rsatadi. Masalan, Jasurbek Jaloliddinov haqida "Championat.asia" xodimlari videolavha tayyorlashgan edi. Aynan o'sha materialni butun dunyo kuzatib boradigan "Transfermarkt" portali ham o'z sahifasiga joylashtirdi. Jasur haqida yoziladigan millionlab zargarona so'zlarga nisbatan uning uzoq masofadan urgan bittagina goli kishini ko'proq mahliyo qiladi. Agar translyaciya sifati ortsa, Superligadagi har bir futbolchi haqida shunday materiallar tayyorlash mumkin bo'lardi. O'yinchining chiroyli harakatlari tasvirlangan lavha "YouTube"ga joylashtirilsa, faqat foydaga ishlasa kerak. 

"Transfermarkt" portalidagi maqolaga havola

Yaqinda saytimiz rahbari Gayrat aka savol berib qoldilar: "Men xorij matbuotini, ijtimoiy tarmoqlardagi segmentini kuzataman. U erda aksar foydalanuvchilar yumor bilan, hazilomus fikrlar bildirishadi. Nega bizda muxlislar hayotda tanish bo'lmasa ham, bir-biriga nafrat bilan munosabatda bo'ladi?"

Darhaqiqat, hammamiz g'alati odamlarmiz. 4 yoshimda o'zimcha bir kitob yozgandim, nomi — "Kattalar". Quyida bolalikdagi beg'uborlik namunasi bo'lgan o'sha fikrlardan parcha keltirmoqchiman: 

"Bugun uyqudan barvaqt uyg'ondim. Yig'lab uydagilargayam uyqu bermadim. Keyin ovqatlandik, yani, meni ovqatlantirib qo'yishdi. Qorin to'ygach, o'yinchoqlarimni o'ynadim. Tezda zerikib qoldim. Keyin buvamning soatini sindirib qo'ydim. Buvam tanbeh berdi: qachon katta bo'lasan? O'ylab qoldim, kattalar nega katta bo'lishni yaxshi ko'risharkan? Hammasi qiziq va g'alati bo'ladi. Ota-onalar korrupciya haqida nafrat bilan gapiradi, qarg'aydi, lekin 1-avgust yaqinlashavergani sayin takasaltang arzanda uchun o'zlari "tank" qidirib qolishadi; bu dunyoda adolat yo'q, deb oh-voh qilishadi, ammo navbatda turganda kichikroq, kuchsizroq, kambag'alroq kishini tepkilab o'tib ketishadi; akam o'rtoqlari bilan huquq darsida yoshgina o'qituvchisining qanaqa libosda kelganini muhokama qiladi, lekin saylovni haligacha majburiyat deb o'ylaydi. Afsuski, men ham qachondir ulg'ayib ular safiga qo'shilishga majburman...".

Bugun yana bir narsaga amin bo'ldim, hech narsa qilmagan odamlarga o'z ishini qilayotganlar yoqmaydi. Bundan tashqari, kerakli paytda maqul ishni qilishni bilmaydiganlaram bor. Masalan, yaqinda "Navbahor" klubi bilan sodir bo'lgan voqeani eslang. "Championat.asia" Belenkov bilan bog'liq vaziyatni aniqlashtirib, hammadan oldin matbuotga olib chiqdi. Bu kabi materiallardan faqat bitta maqsad ko'zlanadi: muammoga tezroq echim topish, futbolimiz mukammalroq bo'lishiga ozroq hissa qo'shish. O'zbek futbolining kamchiliklardan imkon qadar xoli bo'lishini hammadan ko'proq biz xohlaymiz.
Lekin klub nima qildi, raddiya yozdi. Afsus, raddiyaning ham umri qisqa bo'ldi. Namanganlik muxlislar nima qildi, o'z vazifasini bajarayotgan "Championat.asia"ga tashlandi. Bu ham kulgili holat. O'sha vaziyatning asl aybdorlariga esa pul yig'ib berishga kirishildi.  

Gap futbolda emas, gap menda, sizda — hammamizda. Kerak ishni to'g'ri payt, maqul joyda qilolmayapmiz. O'z vazifasini bajarayotganlarni haqorat qilish uchun kishining saviyasi qay darajada bo'lishi kerak? Keling, dunyoni o'zgartirishga shoshilmaylik. Avvalo, har birimiz o'zimizni isloh qilaylik. Huquqlarimizni o'rganaylik, atrofdagilarga o'rgataylik, siyosiy faollikni oshiraylik, talabchan bo'laylik. Ehtimol, o'zimiz uchun kech bo'lgandir, ammo farzandlarimizni to'g'ri tarbiya qilaylik. Ular ham biz kabi oliygohga kirishni emas, "Nobel"ni maqsad qilib ulg'ayishsin. Harakatni bugun, hozir boshlaylik. Zero, ulg'ayib kelayotgan avlod orasida internetdan faqat pornografik lavhalarni ko'rish uchun foydalanadigan qatlamning mavjudligi biz uchun jiddiy signal bo'lishi kerak.

Muallif :
Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика