So’nggi yangiliklar

00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  0 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  2 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  3 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  8 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  2 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   15 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  3 18:40Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистонни мағлуб этди  0 18:20Хвича Кварацхелия орден олади  2 18:00БАА таркибида Франция, Сербия ва тунислик футболчилар Ўзбекистонга қарши дебют қилиши мумкин  48 17:35МЮ тез орада Мбемо трансфери бўйича музокараларни бошлайди  2

O'zbek futboliga qaysi davlat futbol modeli mos keladi? Yangiliklar

O'zbek futboliga qaysi davlat futbol modeli mos keladi?

Bir necha kun oldin Telegram kanalimizga shu mazmunda so'rovnoma qo'ygandik.

Milliy terma jamoamiz JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi bosqichidan o'ta olmagach, bu borada juda ko'p tanqidiy fikrlar yangradi. O'zbek futboli to'g'ridan yo'ldan ketmayapti, bolalar futboliga etibor sust, terma jamoamizni malakali murabbiyga topshirish kerak va hokazo. 

Bu gaplarning barchasida jon bor, lekin shuni unutmaylikki, rivojlanish uchun avvalo o'zimizga mos yo'lni tanlab olishimiz darkor bo'ladi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng o'tgan bir necha yillar mobaynida o'zbek futboli sobiq Ittifoq paytidagi futbol soyasida yashab keldi va hamon yashashda davom etmoqda. 

Biz o'z yo'limiz va modelimizni tanlab oldikmi? Bu savolga birdaniga ha deb javob berib bo'lmaydi. Aslida rivojlanish uchun tanlangan yo'l ham mavhum. Masalan, Qatar bir necha yil oldin ispan futboli modelini tanladi. Dohada "Espayr" akademiyasini tashkil etib, yosh bolalarni ispancha model asosida o'qita boshladi. 

Oradan o'n yilcha vaqt o'tib, bu model o'z samarasini berdi. Qatar terma jamoasi bugungi kunga kelib Osiyoning etakchilari qatoriga chiqib oldi. Milliy jamoaning Osiyo Kubogi-2019da oltin medallarni qo'lga kiritishi bejiz emas. Demak, Qatar ko'rdiki, ular ispan modelini tanlab adashmagan. SHundan kelib chiqib biz ham qaysidir futboli rivojlangan mamlakatdan o'rnak olishimiz kerakmi? Bu borada ham turli savollar yangraydi. 

Telegram kanalimizga "Sizningcha, o'zbek futboliga qaysi davlat futbol modeli mos keladi?" sarlavhasi bilan so'rovnoma bergandik. Bugun natijalarni elon qilamiz. O'tgan bir hafta ichida ushbu so'rovnomada 11 mingdan ziyod o'quvchi ishtirok etib, o'zlariga maqul variantni belgilashgan. 


So'rovnomada keltirilgan davlatlar orasida eng ko'p ovozni Ispaniya bilan Germaniya to'pladi, yani ishtirokchilarning 14 foizi aynan shu ikki mamlakat funboli bizga ko'proq mos kelishini bildirishgan. Italiya bilan Rossiya 9 foiz, Angliya esa 8 foiz ovoz yig'di. Bundan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik Italiya, Rossiya yoki Angliya futbolidan ham o'rnak olish zarar emasligini taxmin qilgan. 

So'rovnomada keyingi o'rinlarni Portugaliya 5 foiz, Niderlandiya 4 foiz hamda Braziliya 2 foiz ovoz bilan band etdi. SHuningdek, "Boshqa mamlakat" varianti 3 foiz ovoz to'pladi. Endi boshqa mamlakat deganda futboli rivojlangan dunyoning istalgan davlatini nazarda tutsa bo'ladi.  

Lekin eng ko'p ovoz yig'gan hech qaysi davlat emas, balki "Hech biri to'g'ri kelmaydi, bizning o'z modelimiz bor" varianti bo'ldi. Umumiy hisobda 32 foiz ishtirokchi aynan shu variantni belgilagan. Bundan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik kimdandir ko'chirmakashlik qilib model olmaylik, bizning o'z tanlagan yo'limiz bor degan fikrda. Lekin shu o'rinda boshqa savol yuzaga keladi: agar o'z modelimiz bor bo'lsa, u qanday ko'rinishda? Yani, rivojlanish dasturiga egamizmi? Dastur bor bo'lsa, keng jamoatchilikka taqdim etilganmi degan savollar ham tug'iladi. 

Xo'sh, siz qanday fikrdasiz, o'zbek futboli rivojlanishi uchun qaysidir mamlakat futbolidan o'rnak olishi kerakmi yoki o'z modelimiz bilan ham kuchayishga ishonsa bo'ladimi?

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика