So’nggi yangiliklar

13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  19 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  42 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  102 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67

O'zbek futbolidagi professionalizm Yangiliklar

O'zbek futbolidagi professionalizm

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

O'zbek futbolida, xususan, klublar ichida bu so'z shunday urfga aylanganki, deyarli barcha klublarda «professional» so'zi qo'shilgan. Hattoki klublar ishtirok etadigan musobaqa o'tkazadigan tashkilotning nomida ham bu so'z mavjud — Professional futbol ligasi.

Yakuniga etib borayotgan O'zbekiston Superligasining 21-turi uchrashuvlari o'tkazib bo'lindi. Ayni ushbu turdan o'rin olgan «Qizilqum» — «Turon» uchrashuvida qiziqarli holatga guvoh bo'ldik. Bu narsaga muxlislar qanchalik etibor qaratishdi, bilmadik, ammo chindan ham etiborga arzirli holat.

O'yin davomida yaypanliklar darvozasini qo'riqlagan Akmal Ortiqov 90 daqiqa davomida mashg'ulot formasida harakat qildi. Darvozabon kiygan futbolkaning orqasida na ism-familiya bor, na raqam.

Malumotlarga ko'ra, Akmal Ortiqovning formasi «Qizilqum» darvozaboni Ignatiy Nesterovniki bilan bir xil bo'lganini sabab o'yin oldidan uchrashuv komissari va hakamlar shunday qarorga kelishibdi.

O'yin oldidan futbolchilarning maydonda kiyadigan formasi kelishib olinish kerak. Bu holatni tasodifga ham yo'yish qiyin.

Ana endi Professional futbol ligasining "Musobaqalar o'tkazish reglamenti"ga nazar solamiz. Mazkur reglamentning 19-bobidagi musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo'yiladigan talablari ushbu holatda bajarilmagan.

SHuningdek, 13-bobdagi O'zPFL komissarining musobaqalardagi faoliyati to'g'risidagi 13.6-band ham bajarilmagan. Unga ko'ra: "O'zPFL komissari uchrashuvni mazkur Reglamentga muvofiq tashkil etish, xavfsiz o'tkazilishini nazorat qilish, xuquq-tartibot organlari, stadion va klublar rasmiylari, futbolchilar, tomoshabinlar harakatlarini baholash uchun masul hisoblanadi". Biroq reglment mazkur holatda buzilgan.

Ushbu turda bo'lib o'tgan poytaxtdagi «Bunyodkor» — AGMK o'yinida ham etiborga molik jihat bor.

O'yinning 89-daqiqasida AGMK safida Murod Toshmatovning o'rniga o'yinga qo'shilgan Nodir Abdurazzoqovning kiygan formasi boshqa jamoadoshlarinikidan farq qiladi. Buni quyidagi suratlar orqali bilib olish mumkin. Rang va dizayn jihatidan bir jamoaning ikki xil formasi mavjud.

Ushbu holatda ham reglament buzilyapti. Reglamentning 19-bobida musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo'yiladigan talablar ko'rsatilgan. 19.2-bandda futbolkaning o'ng engida O'zPFL logotipi, chap engida esa O'zPFL tomonidan taqdim etilgan musobaqa titul homiysining ramzi bo'lishi lozimligi aytilgan.

Quyidagi suratda esa ushbu belgi futbolchining formasida yo'qligini ko'rish mumkin.

O'zini hurmat qilgan tashkilot mazkur holatda jilla qursa klubga nisbatan ogohlantirish berib qo'yishi mumkin edi. Klublar esa o'zlariga yuklatilgan vazifani to'g'ri qilishsa ularga nisbatan etiroz ham bo'lmaydi. Axir klubda ham, tashkilotda ham professional so'zi shunchaki ko'zni quvontirish uchun yozib qo'yilmagan.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика