So’nggi yangiliklar

13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  11 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15

O'zbek futbolidagi "Pele" bilan suhbat (VIDEO) Yangiliklar

O'zbek futbolidagi "Pele" bilan suhbat (VIDEO)

"Nasaf" jamoasida javlon urayotgan hujumchi Bobir Abdixoliqov kuni kecha saytimiz mehmoniga aylandi.

Ayni paytda OTJ yig'inida ishtirok etayotgan "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov bilan bir qator mavzularda suhbat qurdik. Quyida ushbu suhbatni etiboringizga havola etamiz.


TAS-IX 

 


TAS-IX emas




Bobir Abdixoliqov dastavval yurtimizda futbol bahorini ochib bergan bahs "Paxtakor" - "Eyr Fors" jamoalari ishtirokidagi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvini OTJ bilan birgalikda bevosita stadiondan kuzatdik. Mazkur bahsda "Paxtakor" mahorat bobida raqibdan ustunligini amalda isbotladi. SHu kuni toshkentliklar Iroq klubidan bir bosh balandligi ko'rindi. Haqli ravishda g'alaba qozonishdi deb o'ylayman", - deya gap boshladi Bobir Abdixoliqov.

- Stadionda futbol kuzatish paytida ko'proq muxlis sifatida o'yinni tomosha qilib zavqlanasizmi yoki futbolchilik faktori o'z tasirini ko'rsatib, hujumchilarning harakatini tahlil qilib, o'ziz uchun kerakli jihatlarni o'zlashtirasizmi?
- To'g'risi, ikkalasini bir vaqtda amalga oshiraman. O'z poziciyamda o'ynaydigan hujumchilardan yaxshi sifatlarini ko'rib, uni o'zlashtirishga harakat qilaman. Xatolaridan xulosa qilaman. Lekin muxlis sifatida ham baribir chiroyli o'yindan zavq olaman.

- "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinni tomosha qildingiz. Nima deb o'ylaysiz, jamoa o'tgan yilgidan farqli ravishda o'zgarganmi yoki bu dastlabki o'yinda unchalik sezilmadimi?
- Jamoaga ko'plab yangi futbolchilar kelishdi. Bu albatta jamoa o'yiniga tasir qiladi. SHuningdek, mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvi bo'lgani tufayli baribir futbolchilarda bosim bo'ladi. SHu boisdan ham bunday bahslarda asosiy etibor natijaga qaratiladi. Birinchi o'yindan xulosa chiqarishga ertaroq. Lekin yangi futbolchilarning kelishi jamoa o'yiniga tasir qildi.

- OTJ yig'inlar qanday davom etmoqda? Yangi murabbiy Drulovichning mashg'ulotlari va falsafasi nimalari bilan farq qiladi?
- Mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan bo'lmoqda. Mavsum boshlanmagani tufayli asosiy etibor jismoniy holatimizni tiklashga qaratilgan. Mashg'ulotlar o'rtasidagi farq katta emas. Asta-sekinlik bilan esa taktik jihatdan ham ishlar boshlanmoqda. Hozircha yangi murabbiyning falsafasi haqida keng tasavvurga ega emasman. CHunki murabbiy endi keldi va hozircha asosan jismoniy taraflama ishlanmoqda. Taktik uslubni 100% o'zlashtirganimiz yo'q. Bu borada ishlanganidan so'ng fikr bildirsa bo'ladi. Hali bunga biroz vaqtli. Drulovich yaxshi va hujumkorlikni yoqtiradigan murabbiyga o'xshamoqda.

- OTJ yaqinda yig'ildi va futbolchilarda o'zaro o'yin ko'nikmasi yo'q. To'g'ri, ko'plab futbolchilar o'zaro tanish, turli yoshdagi terma jamoalar birga o'ynashgan yoki klubdosh bo'lishi mumkin. Biroq bu yangi jamoada o'zaro o'yin tushunchasi hali shakllanmagan. Vaqt esa oz qolmoqda. Bu jihat jamoa oldiga qo'yilayotgan vazifani uddalashni qiyinlashtirmaydimi?
- Har doim vazifani uddalash qiyin bo'lgan va shunday bo'lib qolsa kerak. CHunki bu yoshdagi barcha jamoalar futbol o'ynashni biladi. Qo'shimchasiga, jamoaviy o'yin shakllanmagan. Lekin Xudo xohlasa o'yinimiz shakllanib, o'zaro bir-birimizni tushunib boramiz, degan umiddaman. Tez orada mazkur jarayondan o'tib olamiz.

- OTJdagi kollektivda etakchi kim?
- Muhit yaxshi. Biz barcha masalasini o'zaro jamoaviy ravishda hal etamiz. Ahil kollektiv yig'ish muhimroq. Agarda jamoa sifatida barcha birlasha olsa, unda bu kayfiyat va birdamlik maydonda ham seziladi.

- "Nasaf" muxlislari yangi mavsumda jamoadan katta natijalarni kutishga biroz ishonchsizroqdek qarashmoqda. CHunki jamoani bir qator etakchilar tark etishi hali ham davom etmoqda. Endi esa tengqurlar orasidan jamoaning etakchisiga aylangan Hamrobekov ham ketdi. Qo'shimchasiga klubning moliyaviy holati avvalgidek barqaror emas. Bu narsalarga futbolchilarga qanchalik tasir qiladi? Berdiev boshchiligidagi mazkur jamoa yangi mavsumda nima karomat ko'rsata oladi degan savol aktualligicha qolmoqda. Nima deb o'ylaysiz?
- To'g'ri, etakchilar ketishmoqda. Ularni o'rni esa baribir bilinadi. Yo'qotishlar o'rnini to'ldirishga futbolchilar bor deb o'ylayman. CHunki futbolda bir kishi hech narsani kafolatlay olmaydi. Futbolni jamoaviy o'ynash kerak. O'ylashimcha, ketganlarni o'rnini to'ldiradigan yoshlar etarlicha. Bu yili "Nasaf" muxlislarni xursand qilish uchun harakat qiladi. Garchi yosh tarkib bo'lsada "Nasaf" sovrinli o'rinlar uchun kurashadi.

- Sovrinli o'rinlar? Bunga jamoaning kuchi etadimi?
- Jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yib olsak, menimcha, uddalay olamiz.

- O'tgan mavsumdagi shaxsiy ko'rsatkichingizdan qoniqdingizmi?
- Yo'q desam noshukurlik bo'lib qolishi mumkin. Lekin o'zim istaganchalik natijani qayd etolmadim. Birinchi va ikkinchi davra o'yinlarida ko'p imkoniyatlarimdan foydalan olmadim. Agarda imkoniyatlarimdan to'liq foydalanganimda, menimcha, to'purar bo'lardim. Xatolarimdan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilaman.

- Hujumchi uchun to'purar bo'lish qanchalik muhim? Yani o'sha sovrin tamini sezish nechog'lik ahamiyatli? SHunday hujumchilar borki, ular hech qachon to'purar bo'lishmagan, ammo har mavsum barqaror samaradorlik ko'rsatishgan. Oddiy misol, Zafar Xolmurodov.
- To'g'ri, baribir hujumchi qanday musobaqada ishtirok etishidan qati nazar to'purar bo'lishni xohlaydi. CHiroyli gollar urgisi keladi. CHunki hujumchidan birinchi navbatda gol kutishadi. Hujumchi uchun gol tamini sezish juda muhim. CHunki bu futbolchining ichki ishonchini ham oshiradi. Ishtiyoq kuchayadi. Hujumchilarga shaxsiy sovrin ham kerak. Bosh bilan o'ynash borasida Zafar Xolmurodovdan maslahat olib turaman. Aynan Zafar akaning maslahatlari menga ko'p as qotadi.

- Bobir Abdixoliqov yaxshi manodagi xudbin, yani egoist futbolchimi?
- Yo'q, unday deb o'ylamayman. Balki qaysidir vaziyatda qizg'onchiqroq bo'lishim mumkin. Ammo menga nisbatan sherigim yaxshiroq vaziyatda burgan bo'lsa, to'pni unga uzatishni maqul ko'raman. Men uchun jamoaning manfaati muhimroq.

- Nega sizni "Pele" deb atashadi?
- Birinchi murabbiyim meni shunday chaqirgan. SHundan buyon shu nom bilan atashadi.

- Bo'sh vaqtingizda ko'proq nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?
- Ko'p vaqt safarda bo'lganim uchun bo'sh qoldim deguncha oila davrasiga shoshaman. Bo'sha vaqtimni oilam davrasida o'tkazishni yaxshi ko'raman.

- Futboldan boshqa qiziqishingiz bormi? Xobbingiz nima?
- Tennisni yoqtiraman. Ko'proq Rafael Nadal ishtirokidagi o'yinlarni ko'raman. Tennisdagi kumirim Nadal.

- Matbuotga nisbatan munosabatingiz qanday? Gazeta va saytlarni mutolaa qilib turasizmi? Umuman ko'pchilik futbolchilar intervyu va suhbatlardan qochishadi. Sizda ham shunday odat bormi?
- Matbuotni kuzatim, o'qib boraman. Bunga normal munosabatda bo'laman. Kimki meni hurmat qilib intervyuga chaqirsa imkon qadar labbay deb javob qaytarishga harakat qilaman. O'xshamay qolgan va imkon bo'lmagan paytlarida vaziyatni to'g'ri tushuntirishga harakat qilaman. Matbuotni kuzatish va unda chiqish ham futbolning bir qismi. Hammani ishini hurmat qilaman. Gazetaku hozir o'qimay qo'yganman, chunki barcha malumotlar gazetaga qadar internet saytlarida paydo bo'ladi. SHuningdek, televizor ko'rishni xush ko'raman. Ayniqsa ECHL pley-off o'yinlari boshlangan paytda. Bu musobaqadagi o'yinlarni kuzata turib o'zim uchun kerakli xulosalarni olaman.

- O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi deb kimni ayta olasiz?
- Ular ko'p. Bir kishini ajratib ko'rsatmoqchi emasman.

- Kimnidir tanlash kerak bo'lsachi?
- Bir kishini tanlash qiyin.

- Demak yaqqol yarq etib porlayotgan futbolchi yo'qmi?
- Yo'q, shunchaki ular ko'p, kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman.

- Boshqa jamoalardan ham chorlovlar bo'lgani haqida malumotlar tarqalgandi. Aynan qaysi jamoalar sizga taklif bilan murojaat qilishgan?
- Bu borada klub menejerlari ko'proq bilishadi. Hech bir klub shaxsan menga taklif bilan chiqmagan.

- CHempionlik uchun kurashadigan jamoalar jiddiy taklif tushsa o'ylab qo'rasizmi?
- "Nasaf"dan ketish juda qiyin. CHunki shu jamoada ulg'aydim, katta futbolga kirib keldim. "Nasaf" men uchun ikkinchi uy. Boshqa jamoalarga ketish qiyin bo'ladi.

SHu o'rinda "Nasaf" muxlislariga ajoyib qo'llab-quvvatlov uchun rahmat aytaman. O'tgan mavsum biz uchun bir tekisda o'tmadi. Qiyin vaziyatda ham muxlislar bizni yolg'izlatib qo'yishmadi. Xoh uzoq safarda bo'lsin, xoh uyda ularni daldasini sezib turdik. Ular nafaqat stadionda, balki hayotda ham bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Ko'rishganda ham doim ochiq chehra bilan kutib olib, bizga dalda berishadi. Ular bilan hayotda ham do'stga aylanganmiz. "Nasaf"da jonkuyar muxlislar juda ko'p.

- Ektor Kuper sizni MTJ yig'iniga ham sinab qo'rmagani va Osiyo Kubogiga olib ketmaganidan xafa bo'lmadingizmi?
- To'g'risini aytaman, bundan xafa bo'lganim yo'q. Har bir murabbiy o'zi xohlagan va ishongan futbolchilarni olib ketadi.

- Siz aslida markaziy hujumda faoliyatingizni boshlagansiz. Ammo Ravshan Haydarov ko'proq sizni qanot hujumkor futbolchisi, yani vinger sifatida o'ynatgan. Berdiev ham vaziyat taqozo etgan payt sizdan qanotda foydalangan. O'ziz uchun eng qulay nuqta qaysi: Markazmi yoki qanot?
- Menga markaziy hujumda o'ynash yoqadi. O'zimni shu nuqtada qulay his qilaman.



Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика