So’nggi yangiliklar

18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  2 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  10 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18

O'zbek futbolida yangi yulduz Yangiliklar

O'zbek futbolida yangi yulduz

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yinining qahramoniga aylangan Sardor Rashidov nomiga aytilayotgan maqtovlar tinmayapti. Xorij matbuoti ham futbolchimizning kelajagi yorqin ekanligiga alohida etibor qaratmoqda.
Saudiyaliklar darvozasiga ikkita to'p kiritdi va haqli ravishda eng yaxshi o'yinchi nomiga sazovor bo'ldi. G'alaba qozonishimizda uning qo'shgan hissasi muhim ahamiyat kasb etdi. SHundan keyin ushbu futbolchi haqida yanada yaxshiroq bilishni istaganlar ko'payib ketdi.

Ko'pchilik uni toshkentlik deb o'ylaydi. Aslida esa Sardor Jizzaxda tug'ilgan. 1991 yilning 14 iyun kuni u erda dunyo yuzini ko'rdi. Oilada uch o'g'il va to'ng'ichi aynan maqolamiz qahramoni hisoblanadi. Undan keyingisi Sanjar Rashidov 1993 yilda tug'ilgan va hozirda So'g'diyona klubida to'p suryapti. Kenjasi Sahob Rashidov esa 1998 yilda tavallud topgan. U ham ushbu jamoaning yoshlarida ishtirok etyapti. Dadasi Ixtiyor Rashidov tadbirkor, onasi Barno Rashidova maktabda o'qituvchi bo'lib ishlaydi.

SARDOR RASHIDOVNING FUTBOLGA KIRIB KELISHI
Sardor ham barcha yosh bolalar qatori kichikligidan ushbu sport turiga mehr qo'ygan. U bolaligini asosan ko'chada futbol o'ynash bilan o'tkazgan. Futbolga kirib kelishiga esa dadasi turtki bo'lgan. Negaki, Ixtiyor aka ham uning ashaddiy ishqibozi. O'zi ham futbol o'ynaganu, ammo ko'ngildagidek kechmagan. SHuning uchun farzandlarini futbolchi qilib etishtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandi. Sardor 6 yoshidan futbol bilan shug'ullanishni boshlagan. Mening futbolchi bo'lishimga dadam sababchi. Bu sport turiga qattiq qiziqishi menga ham o'tgan. Futbolni juda yaxshi tushunadi. SHu bois katta bo'lganimda yaxshi futbolchi bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygandim. Mashhur o'yinchilarning o'yinlarini ko'rib ishtiyoqim yanada oshgan. Avvaliga Ronaldinoning hatti-harakatlariga qoyil qolardim. Keyin esa Krishtianu Ronaldu meni o'ziga rom etdi, deydi - Sardor.  



Hayotda juda kamtar va sodda yigit bo'lgan maqolamiz qahramoni o'zini futbolsiz tasavvur eta olmaydi. Tengqurlari orasida esa u yaqqol ajralib turardi. Sardor shunday o'ynardiki, albatta katta futbolga qadam bosishi kerakligi bilinib turardi. Natijada u 2008 yili ilk bor So'g'diyona jamoasiga qabul qilingan. Bu Sardor uchun muhim qadam bo'lgandi. Qolaversa, jamoaga qabul qilinganidan uning boshi osmonda edi. Katta iqtidorga ega bo'lgani uchun uning o'yinlari tezda boshqa klublarning etiborini tortdi. Natijada Bunyodkor uni 2010 yili tarkibiga qo'shib oldi. SHundan so'ng Rashidovning faoliyatida katta burilish yuz berdi. Uning Toshkentga ko'chib o'tishi hayotini o'zgartirib yubordi. U bu erda yanada yaxshiroq ishlashni boshladi. Tez orada murabbiylarning ishonchini qozondi. Lekin Bunyodkorda unga oson bo'lgani yo'q. CHunki u erda raqobat yuqori edi. SHunga qaramasdan Sardor hech nimadan  qo'rqmasdan o'z o'rni uchun kurashdi. Harakatda barakat degan gap bor. U tinmasdan o'z ustida ishladi, mehnat qildi. SHuning uchun vaqt o'tgan sari Bunyodkorda ham o'z o'rniga ega bo'lib bordi. Bu esa uning terma jamoaga ham jalb etilishiga sabab bo'ldi. Ungacha esa u albatta yoshlar termasida ham ishtirok etib muhim o'yinchilardan biriga aylandi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi, degan gap to'g'ri - deydi, Sardor. - Mehnatimga yarasha murabbiylar ham menga ishonch bildirishdi. Men esa bu ishonchni oqlamasam bo'lmasdi. SHuning uchun yanada qattiq ishladim. Vetnam terma  jamoasiga qarshi o'yinlardagi gollarim esa faoliyatimda tub burilish yasadi.

Osiyo Kubogi uchun saralash o'yinlari doirasida Ventnamga qarshi uyda va safarda o'ynagan terma jamoamiz ikkala bahsda ham g'alaba qozondi. 2013 yilning 15 oktyabr kuni Toshkentdagi uchrashuvda 3:1 hisobi qayd etildi. Rashidov esa ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushib 69-daqiqada hisobni ochdi. Javob o'yini 15 noyabarda Xanoy shahrida bo'lib o'tdi. Unda ham Sardor ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi va 89-daqiqada terma jamoamizning uchinchi goliga mualliflik qildi. SHundan so'ng Sardorda chindan ham yanada o'sish kuzatildi.



ATLETIK VA ESPANOLNING QIZIQISHI
Avstraliyada davom etayotgan Osiyo Kubogida Sardor Rashidov yanada yaxshiroq namoyon bo'lmoqda. Bungacha xorijlik skautlarning xayolini o'g'irlagan futbolchimiz ushbu turnirda qanday iqtidorga ega ekanligini ko'rsatib qiziquvchilar sonini ortishiga sabab  bo'lyapti. Malum bo'lishicha, unga Ispaniyaning Atletik hamda Espanol klublari qiziqib qolishgan. Men ham bu haqida eshitdim - deydi, Rashidov. - Agentlar menga xabar berishdi. Albatta, men uchun yoqimli. Ammo hozir bor etiborimni terma jamoamizga qaratganman. Boshqa narsalarga chalg'imasdan faqat g'alabalar haqida o'ylashimiz kerak.

Umuman olganda, Sardorga ko'plab klublar o'z etiborini qaratishdi. U esa Ispaniya chempionatini yoqtiradi. SHu bois ko'pincha La Liga bellashuvlarini miriqib tomosha qiladi. SHu bois ham unga ispan klublaridan qiziqish bo'layotgani bejiz emas. Bundan tashqari bir qator Arab jamoalaridan ham yaxshigina takliflar bo'lmoqda. Lekin u faqat Evropani ko'zlayapti. Nima uchun Ispaniya chempionatini yaxshi ko'rishini quyidagicha tushuntirdi. Ispaniya men uchun ideal chempionat. U erga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun borganmiz. O'shanda Valensiya shahrida shug'ullangandik. Vilyarrealga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvimizni yaxshi eslayman. Ajoyib o'yin bo'lgandi. Bu esa mening ushbu chempionatga qiziqishimni yanada kuchaytirgan. Albatta, o'zimni 100 foiz u erda to'p surishga tayyorman deya olmayman. CHunki Ispaniyada futbol juda nozik did bilan o'ynaladi. Lekin menda ham faoliyatimni Li Ligada davom ettirish imkoniyati paydo bo'lsa, yaxshi o'ynay olishimni vaqti soati bilan uddalashimga ishonaman. SHu bois Osiyo Kubogidan keyin legioner sifatida boshqa chempionatda to'p surish niyatim bor. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan keyin o'zimga bo'lgan ishonch yanada oshdi. CHunki biz o'z o'yinimiz bilan muxlislarimizni xursand qila oldik. Qo'limizdan hali yana ancha-muncha ishlar keladi. 

Ko'rinib turibdiki, futbolchimiz allaqachon xorijlik skautlar etiborida. Avstraliyada ham terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarni stadiondan ko'plab agentlar va skautlar kuzatib borayotgani haqida malumotlar bor. Osiyo Kubogi esa Rashidovning faoliyatida yana bir bor tub burilish yasashi kutilmoqda. Ayniqsa, saudiyaliklarga qarshi ko'rsatgan ajoyib o'yini va ikkita goli tufayli u yanada qiziquvchilarning ortishiga sabab bo'ldi. Futbolga kirib kelishiga sababchi bo'lgan dadasi Ixtiyor aka ham o'g'lining ko'rsatayotgan o'yinlaridan quvonayotgani aniq. Axir mehnatlari zoe ketmaganini o'g'li o'z o'yini bilan namoyish etib bermoqda. SHu bois dadasi bilan ham suhbatlashdik.



Ixtiyor RASHIDOV: XORIJLIK AGENTLAR MENI TINCH QO'YISHMAYAPTI
- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan olgan taassurotlarim o'zgacha bo'ldi, - deydi Sardor Rashidovning dadasi. - Uchrashuvning boshidan oxirigacha kuchli hayajon bilan kuzatdik. G'alaba qozonganimizdan juda xursand bo'ldik. O'g'lim gol urishi muhim emasdi, asosiysi, kim to'p kiritishidan qati nazar O'zbekistonning g'alaba qozonib chorak finalga chiqishini istagandim. Barcha futbolchilarimiz yuzlari yorug' bo'lishi uchun qattiq harakat qilishdi. Uchrashuvdan oldin yigitlarni ruhiy tomondan ham puxta tayyorlanishgani ko'rinib turdi. Masuliyatni chuqur his qilishdi. Hatto zaxira o'rindig'idagi futbolchilar ham o'yinni tik turgan holda kuzatishdi. Bizning oilamiz katta va doim o'yinlarni ko'pchilik bo'lib tomosha qilamiz. Bu safar ham yaqinlarimiz bilan birgalashib ko'rdik.

- O'g'lingiz o'yinning boshida hisobni ochdi va o'yin oxirlariga yaqin ikkinchi golini urib, dublga erishdi. Sardor gol urgan vaziyatlarda siz qanday holatga tushdingiz?
- Ochig'ini aytganda, xursandchiligimdan yuragim to'xtab qolishi ham hech gap emasdi. O'sha holatlarda qattiq tasirlandik va boshqacha hayajonlandik.

- Kutmaganmidingiz?
- Aslida o'g'lim maydonga tushganida doim gol urishini kutaman. Saudiya bilan o'yinda ham darvozani ishg'ol etishiga ishonardim. CHunki uning xarakterini yaxshi bilaman. Butun jamoamiz hammamizning ishonchimizni oqlashdi.

- Sardor doimo tanqidchim dadam deb takidlaydi. Saudiya Arabistoni bilan bo'lgan o'yinda esa u eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Bu safar unga tanqid ko'zi bilan qaramayotgandirsiz?!
- Natijaga qarasak, ko'nglim to'ldi deyishim mumkin. Lekin Sardor o'z ustida hali ko'p ishlashim kerak. U bundan-da yaxshiroq to'p surishga qodir. Yanada kuchliroq o'ynashini xohlayman. Men ham yoshligimdan futbolga qatnashganman va futbol o'ynaganman. Ammo ulg'aygach professional faoliyatimni boshlay olmaganman. Mening birinchi murabbiyimga Sardorni ham olib borganman. Uni 6 yoshidan futbolga berdim. Keyinchalik Usmon Muhammedshin qo'li ostida tarbiya topdi. Sardor uchun u ko'p mehnat qildi. Futbolchi sifatida shakllanishida hissasi katta bo'ldi. Ukalari ham unga o'xshab futbolni tanlashgan.

- Hozirgi paytda o'g'lingizga xorij klublaridan ko'plab qiziqishlar bo'layotganini siz ham bilasizmi?
- Albatta, bilaman. Hozir siz qo'ng'iroq qilishingizdan oldin Rossiyadan agentlar menga qo'ng'iroq qilishdi. Umuman, menga ko'pchilik aloqaga chiqishyapti. Menga sim qoqqan rossiyalik Roman Pavlyuchenko, Pavel Pogrebnyak va yana bir qator taniqli o'yinchilarning agenti ekan. O'zining aytishicha, Vitaliy Denisov bilan ham munosabati yaxshi ekan. Uning maqsadi Sardorni Rossiya chempionatiga olib ketish. Bunday taklifdan xursandman. Ammo unga Osiyo Kubogi tugaganidan keyin bir qarorga kelishimiz haqida javob berdim. Buning ustiga o'g'limning taqdirini birgina men hal qila olmayman. Avvalo uning o'z klubi bor. Murabbiylari ham bor. Biz barcha bilan maslahatlashamiz. Vaziyatning ikir-chikirigacha o'ylab ko'rganimizdan keyin bir qarorga kelamiz. Baribir u Bunyodkorga tegishli bo'lgani uchun ular qaror chiqarishadi. Biz esa rahbariyatga va murabbiylarga ishonamiz. O'sha agentning aytishicha, u Evropaning bir qancha jamoalari uchun ham ishlaydi. Men bilan suhbatda 5-6 ta Rossiyaning mashhur futbolchilarini mening mijozlarim va Sardor bilan ham hamkorlik qilish niyatimiz bor deb aytdi. Bilishimcha, Rossiyada o'g'limga qiziqish katta. Yana uning gapiga qaraganda, rossiyalik murabbiylar ham o'z etiborini qaratishgan.

- Qaysi murabbiylar?  
- To'g'risi, u qo'ng'iroq qilgan paytda men mashinada yo'lda ketayotgandim. Qarasam, o'zini rossiyalik Oleg Alekseevich Artyonov agentman deb tanishtirganidan keyin mashinamni bir chetga to'xtatib gaplashdim. U aytib o'tgan murabbiylardan faqatgina Qurbon Berdievni eslab qoldim. Yana kimlarnidir nomlarini aytgandi, ammo yaxshi eslay olmadim. Aynan o'sha murabbiylar agent bilan gaplashib Sardorni taklif qilish masalasini o'rtaga tashlashgan.

- Bundan tashqari sizga yana qaerlardan qo'ng'iroqlar bo'lyapti?
- Aslida men kamtarlikni yaxshi ko'raman. Lekin so'raganingiz uchun aytaman, kuni-kecha Turkiyadan ham telefon bo'ldi. Ularga esa bu borada Bunyodkor klubiga murojaat qilishlarini maslahat berdim.



- Aynan qaysi klub ekanligini aniqlay oldingizmi?
- Ochig'i, menga klub nomini aytishmadi. Ammo ular ham futbol agentlari edi.

- Sardor anchadan beri Ispaniya chempionatini yoqtiradi. Buni qarangki, La Ligadan Espanol bilan Atletik jamoalarining qiziqib qolgani sizga qanday tasir o'tkazyapti?
- To'g'ri aytdingiz, o'g'lim rostdan ham Ispaniya chempionatini yoqtiradi. Aslida Espanol bilan Atletikning qiziqib qolganini men ham bilardim. Albatta, bunday jamoalarning o'g'limga befarq emasligi meni xursand qilyapti. Lekin bu qachon amalga oshishini vaqt ko'rsatadi. Sardor bilan gaplashganimda ham mana shunday qiziqishlar bo'lyapti deb aytib turadi. Ammo unga hozirgi paytda barcha o'y-xayollaring faqat terma jamoada bo'lsin deb qattiq uqtiryapman. Hech qachon klubni qidirma, aksincha klub seni qidirsin, deb maslahat beraman. Hamma narsaga faqat o'z o'yini bilan erishishi mumkin. Lekin o'g'lim mehnatkash. Uyiga dam olish uchun kelsa ham bu erda tinmaydi. Toqqa chiqib shug'ullanishni yaxshi ko'radi. SHu bois bu erga keldi deguncha uni tog'da yugurayotgan holda topamiz. O'z ustida ishlashi yaxshi.

- Yana qanday klublar o'g'lingizga katta qiziqish bilan qaramoqda?
- Menimcha, bu masalada klubga ham murojaat qilishyapti. Baribir Sardorning Bunyodkor bilan shartnomasi bor va ular uning egasidir.  

- O'zingizga qolsa, Sardorning qaysi chempionatda to'p surishini xohlaysiz?
- Uni Ispaniya futboliga mos deb o'ylayman.

- Sabab?
- Sababi, har chempionatning o'z uslubi bor. Ispaniya chempionatida taktik-texnikaga ko'proq ahamiyat qaratishadi. Sardor ham texnikaga mos holda o'ynaydi.


FIRDAVSXON.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика