O'zbek futbolida g'ayritabiiy voqea sodir bo'ldi
29 may 13:48
Yangiliklar
O'zbek futbolida g'ayritabiiy voqea sodir bo'ldi
Kecha O'zbekiston U-21 chempionati doirasidagi "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv ertalab soat 10:30da TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida boshlandi va 35-daqiqa o'tib borayotgan paytda hakamlar negadir o'yinni to'xtatib, futbolchilarni tribuna ostiga olib kirib ketdi.
Bu bahs kechki soat 17:00da TTYMI stadionida 35-daqiqadan boshlab davom ettirildi.
2018 yil U-23 Osiyo kubogi finalida O'zbekiston terma jamoasi Vetnamga qarshi o'yinning birinchi taymida oq, ikkinchi taymda ko'k formada maydonga tushgandi. Ammo futbolimiz tarixida bitta o'yin ikkita stadionda o'tkazilish holati uchramagan bo'lsa kerak.
Jamoalar TTZda ertalabdan aynan kimning tinchini buzgani biz uchun jumboq.
Fikrlar