So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

O'zbek futbolida aylanayotgan mavhum gaplar Yangiliklar

O'zbek futbolida aylanayotgan mavhum gaplar

Fevral kelishiga oz qoldi. Bu oyda klublar tayyorgarlikka zo'r berishadi. CHempionlar ligasida ishtirokchi etuvchi jamoalar xalqaro o'yinlarga kirishsa, boshqalar ichki chempionatga yakuniy hozirlikni ko'rishadi. Har yili shu holat takrorlanib kelganidan biz bunga o'rganib qolganmiz.

Endilikda rahbariyat futbolga ko'plab o'zgartirish kiritmoqchi. Albatta, yangilik bo'lgani maqul, chunki hozir futbol bir joyda turmayapti. Hamma joyda rivojlanishga harakat qilinyapti. Lekin yangilik kiritishni istagan odam oxirigacha buning ortidan quvmas ekan, boshida aytilgan gaplar mavhumligicha qolib ketaveradi. Bu esa futbol jamoatchiligining zerikishiga olib keladi.

Vadalar ko'p, o'zbek futboli yanayam zo'r bo'ladi deyishdan charchamayapmiz. Ammo bazi gaplar borki, quloqqa mavhum eshitilmoqda. SHu o'rinda yozganlarimiz quruq gap bo'lib qolmasligi uchun faktlarga tayanib maqolani davom ettiramiz.

Hozircha Superliga mavzusiga to'xtalmay turamiz, negaki bu alohida katta mavzu. Yaxshisi, masalaning boshqa jihatlariga etibor qaratamiz.

Pro-ligada har bir viloyatdan bittadan jamoa bo'ladi

PFL birinchi ligani Pro-liga nomiga o'zgartirdi va musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi deyildi. Ammo savol yuzaga keladi: qatnashuvchi jamoalar kimlar? Masalan, “Dinamo”, “Mashal” va "Cementchi" bu yil Pro-ligada o'ynaydimi? PFL elitada 12ta jamoani qoldirish haqida qaror chiqarib bo'lgan. "Mashal" va "Cementchi" birinchi ligaga tushirib yuborildi. "Neftchi" bilan "So'g'diyona" esa oliy ligaga qaytarildi. Lekin bizning etiborimizni boshqa jihat tortmoqda, u ham bo'lsa Pro-ligada har bir viloyatdan bittadan jamoaning ishtirok etishidir.

SHu paytgacha bunday yo'l tutishga harakat bo'lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagandik. CHunki har bir viloyatdan majburan bitta jamoaning ishtirokini taminlash chempionatning kuchayishiga olib kelmaydi. Balki zo'rma-zo'raki musobaqaga o'xshab qolishi mumkin. Bazi klublarda yil oxirigacha pul bo'ladimi-yo'qmi, bu alohida masala. Aytaylik, Xorazm yoki Navoiy birinchi ligaga jamoa qo'ymoqchi emas, bu o'rinda PFL qanday yo'l tutadi? Yoki bo'lmasa "SHo'rtan" va "Mashal"ning Pro-ligada o'ynashi Qashqadaryoning o'zidan ikkita jamoa bo'lishini bildiradi.

Superliga klublari hisobida kamida 25 milliard so'm bo'lishi kerak

Bu gap chiqqaniga ko'p bo'lmadi. PFL Superliganing har bir klubiga yillik byudjet 25 milliard so'mdan kam bo'lmasligini etkazib qo'yganidan xabarimiz bor. Futbol - ommaviy o'yin, shunday ekan qancha byudjet bo'lishi avvalo klublarning o'ziga bog'liq. Yani, bu o'rinda har kim ko'rpasiga qarab oyoq uzatadi. PFL talabini to'g'ri tushunamiz, tashkilot klublar kuchayishini, o'yinlar saviyasi oshishini xohlayapti, ammo kamida 25 mlrd. so'mlik byudjetga ega bo'lishni talab qilish to'g'rimikin?

Aytaylik, gap 15 milliard haqida borganida ham mayli edi. CHunki biz bilamizki, aksar klublar 10-15 milliard so'm bilan chempionatni o'tkazishadi. SHu bois byudjetga yana 10 milliard so'm qo'shish ko'pchilikka og'irlik qilishi mumkin. Angliya Premer-ligasi ishtirokchilari hisobida kamida 200 million dollar bo'lishini tabiiy qabul qilamiz. CHunki ularda futbolchi olib-sotish, marketing xizmatlari, translyaciya huquqi rivojlangan. U erda klublar faqat homiylar qo'liga qarab qolmasdan o'zlari ham pul topadi.

Lekin biz hali u darajaga chiqqanimiz yo'q. Oliy liga klubi homiy ko'magisiz ikki oy yashashi mumkindir, keyin yana ber-ber boshlanadi. Qolaversa, bizda atributika, futbolkalar savdosi keng yo'lga qo'yilmagan. Savdo-sotiqdan tushadigan pul katta emasligini bilamiz. SHu bois 25 milliard so'm haqidagi gaplar go'yoki mavhumga o'xshab qolyapti.

500 milliongacha jarima

Yangi chiqqan PFL reglamentida klublarga solinadigan jarimalar miqdori aniq aytilmagan, faqat 500 million so'mgacha deb yozib qo'yilgan. Savol tug'iladi: 500 million so'mgacha degan gapni qanday tushunish mumkin? Aytaylik, siz mashina haydaysiz va har bir qoidabuzarlik uchun qancha jarima to'lanishini bilasiz. Masalan, ehtiyot tasmasini taqmasangiz shuncha, tezlikni mayordan oshirsangiz shuncha, qizil chiroqdan o'tganda, chiziqni bosganda... xullas har bir qoidabuzarlikning o'z narxi bor.

Futbolda ham biz shu paytgacha qoida buzilishiga qarab to'lanadigan jarimalar miqdorini bilib kelganmiz, ammo yangi o'ylab topilgan 500 million so'mgacha jarima mavhumlikdan o'zga narsa emas. Nega deganda bu erda konkret summaning o'zi yo'q, PFL esa xohlagan summasini jarima deb yozib yuborishi mumkin. Bunday holatda ikkita jamoa bir xil tarzda qoidani buzsa, PFLning bir jamoa yonini olib kamroq, ikkinchisiga ko'proq jarima solmasligiga kim kafolat beradi?

Superliga va Kubok qurasi

Birinchi ligani qo'ya turaylik, chunki har yil birinchi liga martning oxirlarida boshlanardi. Lekin Superliga va O'zbekiston Kubogi qurasi qachon bo'ladi? 2017 yilgi chempionat uchun qura 2016 yilning 15 dekabr sanasida tashlangandi. Ammo 2018 yilgi musobaqalar qurasining qachon bo'lishi nomalum. Kimlardir 1 fevralda deyapti. Lekin bu aniqmi?

Hozir barcha jamoalar yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda. Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari ham bo'lib turibdi. Bilamizki, quradan keyin oliy liganing 1-2 turlarida o'zaro to'qnash keladigan jamoalar raqibga o'z sirlarini ochmaslik uchun imkon qadar bir-birlari bilan o'ynamaslikka harakat qilishadi. Lekin hozir hamma bir-biriga qarshi o'ynab yotibdi, chunki chempionatning 1-turida kim kim bilan bahs olib borishini bilmaydi.

Terma jamoa bosh murabbiyi

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi masalasi ham mavhum qolayotgani bor gap. Federaciya ancha oldin 9 nafar murabbiyning nomzodini elon qilgandi, ularning qaysi biri bilan muzokara olib borildi, kim bilandir kelishuvga erishildimi, bu haqda hech gap yo'q. Terma jamoamizning bosh murabbiyi kim bo'lishi hamon nomalum. O'FFning avvalgi prezidenti Umid Ahmadjonov o'z intervyusida yangi murabbiy bilan kelishuvga erishilganini va fevralda shartnoma tuzilishini aytib o'tdi. Faqat endi o'sha murabbiyning kimligini bilish qolyapti.

Murabbiy nomi aniq va tez orada shartnoma imzolanadi ham deylik, lekin u terma jamoani qachon qabul qilib oladi? Jahon chempionatidan oldinmi yo keyinmi? Bunday deyishimizning boisi uzun-quloq gaplarga qaraganda, Karlush Keyrush O'zbekistonga kelishi mumkin ekan. Malumki, Keyrush hozirda Eron terma jamoasi ustozi hisoblanadi va jamoani jahon chempionatiga tayyorlamoqda.

Superkubok o'tkaziladimi?

O'tirib bosh qotirgan sari turli savollar yuzaga kelaveradi. SHulardan yana biri bu yil Superkubok uchun uchrashuv o'tkaziladimi? O'tgan yil bo'lmagandi, chunki PFLning oldingi rahbari Farhod Magometov “Lokomotiv” ham chempion, ham Kubok sohibi bo'ldi, Superkubok o'tkazishdan mano yo'q degandi. Bu yil nima bo'ladi? “Lokomotiv” yana chempionat bo'ldi, mamlakat Kubogida ham zafar quchdi. SHu bois Superkubok yana o'tkazilmasligi mumkinmi?

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика