O'zbek futboli 110 yoshda. Jizzaxdagi tadbir davomida faxriylar holidan xabar olindi
01 apr 2022 14:24
Yangiliklar
O'zbek futboli 110 yoshda. Jizzaxdagi tadbir davomida faxriylar holidan xabar olindi
Ayni daqiqalarda Jizzaxda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan bir qator tadbirlar davom etmoqda.
Dasturdan o'rin olgan Jizzax futboli faxriylaridan xabar olinmoqda. Dastlab 83 yoshni qarshi olgan Bahrom Siddiqov xonadonida mehmon bo'lib esdalik sovg'alari topshirildi. Faxriyimiz viloyat futboli haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Keyingi manzil Narimon Abibullaevniki bo'ldi. Taniqli futbolchi, bugungi kunda Jizzax futbol akademiyasida dars berayotgan Dilyaver Abibullaevning otasi hisoblangan Narimon akaga ham sovg'alar taqdim qilindi. O'z vaqtida Jizzax futbolining tamal toshini qo'yib bergan shaxslardan biri hisoblanadi. Jasur Hasanov, Andrey Vlasichev kabi yulduzlarni kashf etilishida Narimon Abibullaevning hissasi katta hisoblanadi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Kamoliddin Alimov, Jizzax
Fikrlar