So’nggi yangiliklar

15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  0 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  21 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10

O'zbek futbol klublarining maoshlari ochiqlanadimi? Sukut qachongacha? Yangiliklar

O'zbek futbol klublarining maoshlari ochiqlanadimi? Sukut qachongacha?

Ochiqlik – barcha sohaning rivojlanishiga olib keladi. Bu narsani inkor qilish absurd.

Futbol ham bu yo'nalishdan borishi kerak. Nafaqat Evropa, balki O'zbekistonda ham bu narsaning yo'lga qo'yilishi to'g'ri bo'ladi. 

Ochiqlik siyosatining turli yo'nalishlari bor. Ikki tashkilot o'rtasida tuzilgan shartnoma miqdoridan tortib (agar shartnomada mablag' ochiqlanmasligi haqida yozilmagan bo'lsa), kerakli qonun hujjatlarining kerakli saytga joylanishigacha. Ko'p yillar davomida muxlislar futbolchi-yu, murabbiylarning qancha maosh olishiga qiziqib kelishgan. “Birovning pulini sanash yaxshi emas, lekin qiziq” degan gap bor. 

3 yil avval “Paxtakor”ga yangi homiylar kelgach klub moliyaviy tomondan ancha yaxshilandi. 2021 yilda klub o'sha homiylar o'zgardi, aniqrog'i klubga endi Toshkent shahar hokimligi homiy bo'ldi. SHahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev esa klubning raisi bo'lganini “Paxtakor” matbuot xizmati bergan xabarlar orqali bildik. Hokim bir necha bor klub vakillari bilan uchrashdi. 17 iyun kuni berilgan malumotga ko'ra, homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so'm pul mablag'lari hisobidan “Paxtakor” klubida shu kungacha yig'ilib qolgan futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoshlaridan bo'lgan qarzdorliklar bartaraf etildi

“Bundan buyon “Paxtakor” futbol klubi faoliyati va moliyaviy hisobotlari shaffoflik, ochiqlik tizimida yo'lga qo'yilishi to'g'risida Jahongir Ortiqxo'jaev alohida takidladi”, — deya qo'shimcha qilinadi xabarda.

18 iyun kuni esa “Paxtakor” futbolchi va klubdagi xodimlarning oylik maoshlari, mukofot pullari bo'yicha malumot berdi. Unga ko'ra, klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming evro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko'p daromadni shveycariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming evro. O'yinchilarning aksariyati yiliga 153 mln so'm maosh oladi.

Bundan tashqari, ularga o'yindagi ishtirokiga qarab mukofot puli ham beriladi. Jumladan, himoyachi Egor Krimec bir yil davomida 4 mlrd so'mdan ko'proq mukofot puli olgan.

Oradan bir kun o'tib, 19 iyun kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda O'FA rahbari Abdusalom Azizov so'zga chiqib, terma jamoa va uning atrofidagi masalalar haqida nutq so'zladi. 

SHuningdek, O'FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o'tdi.

“Futbolda xolislik va hallolikni talab qilamiz. Mana, kecha “Paxtakor” klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz”, — dedi Abdusalom Azizov.

Yig'ilishdan so'ng bir jihat uchun – endi boshqalar ham maoshlar bo'yicha malumot berishi uchun xursand bo'lib chiqdim. Ammo…

…ammo oradan 11 kun o'tdi – iyun oyi bugun yakunlanadi. Futbol klublaridan esa biror sado yo'q. Bu sukut qachongacha davom etishi qiziq. Agar ertaga malumot berilsa yoki ayni hozirgi kunlarda malumotlar tayyorlanayotgan bo'lsa sabrsizligim uchun mazur tutishsin. Biroq shunchaki “Paxtakor” bir kunda qilgan ishni boshqa klublar ham qila olishiga ishonaman. 

Albatta, barcha klubning o'z rejasi bor. Balki bo'lajak tanaffus vaqti elon qilishar. Yoki bo'lmasa transferlar oynasi yopilganidan keyindir…

Savol va taxminlar etarlicha. Yuqoridagi so'zimni qayta takrorlayman: klublarning maoshlarini ochiqlashi haqida O'FA rahbari aytib o'tdi. Va men “Paxtakor” bir kunda qila olgan ishni boshqa klublar ham eplashiga ishonaman.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика