So’nggi yangiliklar

03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  26 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  2 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  13 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  6 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  4 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16

O'zbek "CHelsi"si Yangiliklar

O'zbek "CHelsi"si

SHanba kuni Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Bunyodkor" bilan BAAdagi yig'in doirasida ikkichi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Moskva klubi matbuot xizmati "Bunyodkor" haqidagi barcha kerakli malumotni keltirdi.

"Quruvchi"
"Bunyodkor"ga 2005 yilning 6 iyulida asos solingan. O'shanda jamoaning nomi uzunroq edi - "Neftgazmontaj-Quruvchi" va klub Toshkent viloyatida ro'yxatdan o'tkazilgan, ammo klub qandaydir ikki yil ichida quyi ligadan oliy liganing ikkinchi o'riniga ko'tarildi va O'zbekiston Kubogi finaligacha borib, penaltilar seriyasida "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, jamoaning maqsadi chempionlik uchun kurashdan ham  yuqoriroq edi.



O'zbek "CHelsi"si
Klub tarixidagi eng yaxshi davr 2008 yilda boshlandi. "Quruvchi" nomini "Bunyodkor"ga o'zgartirdi va oldiga Osiyoning eng yaxshi klubi bo'lish maqsadini qo'ydi. O'sha yilning yozida "Barselona" bilan shartnoma imzolandi, kelishuvga ko'ra, Samuel Eto’O, Karles Puyol, Andres Inesta va Sesk Fabregas O'zbekistonda master-klass o'tkazdi hamda yangi stadion qurilishi boshlandi.
Kuzda Toshkentga yana bir yulduz tashrif buyurdi - Rivaldo "Bunyodkor" bilan shartnoma imzoladi, keyinroq esa klub bosh murabbiyligi lavozimini Ziko egalladi. Jamoa braziliyaliklar bilan birgalikda O'zbekiston chempionatida g'olib bo'ldi, mamlakat Kubogi sohibiga aylandi, Osiyo CHempionlar ligasi yarim finaligacha chiqdi. Ziko CSKAga o'tdi, Rivaldo esa 3 yil davomida "Bunyodkor" safida 80 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 43 marotaba aniq nishonga oldi va klub tarixida ikkinchi to'purarga aylandi.

Zikoning o'rniga "CHelsi"ni tark etgan Luis Felipe Skolari keldi va rahbariyat fikriga ko'ra, jamoa ushbu mutaxassis bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'lishi kerak edi, ammo bunday bo'lmadi. Natijada jamoani London klubiga o'xshatildi va ular faqatgina O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lishdi.  "Bunyodkor"ni Skolari bilan birga jamoaning 13 etakchisi ham tark etdi. SHunday qilib "oltin davrlar" yakunlandi.

Umuman olganda, klub pastga sho'ng'igani yo'q. 2010 yildan boshlab "Bunyodkor" ikki marotaba chempionat, ikki marotaba Kubok, bir marotaba O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va Osiyo CHempionlar ligasining yarim finaligacha etib bordi.



Ayni damda
"Bunyodkor"ning so'nggi ikki mavsum juda og'ir o'tdi. Jamoa ichki chempionatda ikki marotaba to'rtinchi o'rinni egalladi. Kuzda  "Bunyodkor" bosh murabbiy Sergey Lushanni istefoga chiqardi va mamlakat Kubogi finalida "Nasaf"ga imkoniyatni boy berdi. Ayni damda jamoani klub bosh direktori Baxtiyor Boboev boshqarmoqda, tarkibda yulduzlar qolmadi va bor-yo'g'i to'rt legioner o'ynamoqda.

Moskvaning "Lokomotiv" klubi matbuot-xizmati

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика