So’nggi yangiliklar

23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  2 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  2 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1

O'zbek blogerlari chempionati qoidalari bo'yicha qisqa va lo'nda qo'llanma Yangiliklar

O'zbek blogerlari chempionati qoidalari bo'yicha qisqa va lo'nda qo'llanma

21 mart kunidan o'zbek blogerlari o'rtasida ikkinchi chempionatga start beriladi.
Mazkur chempionat O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining moliyaviy ko'magida tashkil qilinayotgan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad o'zbekistonlik internet-foydalanuvchilari orasida professional blog yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali ularning fuqarolik jamiyatidagi faolligini oshirishdir.

CHempionat jami 3 bosqichda tashkil qilinadi va aprel oyining so'nggiga qadar davom etadi. Tanlovning umumiy sovrin jamg'armasi qariyb 10 mln. so'mni tashkil qilmoqda.

Mazkur tanlovda qatnashish shartlari va o'tkazilish tartibiga oid asosiy savollarga quyida javob olishingiz mumkin:

O'tkazilish muddati qachon?

1-bosqich: 21 mart – 2 aprel, ishtirokchilar soni cheklanmagan;

2-bosqich: 7-14 aprel, eng yaxshi 30 nafar bloger ishtirokida;

Final: 19-26 aprel, eng yaxshi 10 nafar bloger ishtirokida.

G'oliblar qanday sovrinlar bilan mukofotlanadi?

G'oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanishadi:

1-o'rin: 4 million so'm.

2-o'rin: 2 million so'm.

3-o'rin: 1 million so'm.

SHuningdek, quyidagi nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlanadi:

1.  “Vatanparvarlik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish” – 750 ming so'm.
2.  “O'zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger” – hamkorimiz Telegraf.uz axborot-tahliliy portali tomonidan 500 ming so'm bilan mukofotlanadi.
3.  “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger” – eng sara badiiy kitoblar to'plami (Telegraf.uz mukofoti)
4.  “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilgan eng yaxshi bloger” – hamkorimiz Championat.asia sayti tomonidan 500 ming so'm bilan mukofotlanadi.
5.  “IT Blog” – hamkorimiz UzInfoCom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi mazkur nominaciya bo'yicha 3 nafar blogerga 2 yil muddatga 500 mb. xosting ajratadi hamda tanlangan blogerlarga www.index.uz texnoblogida 3 ta tekin PR-maqola joylashtirish huquqini berishadi (aslida texnoblogda bitta PR-maqola joylash 150 ming so'm). SHuningdek, “IT Blog” nominaciyasi bo'yicha tanlab olingan blogerlar uchun www.index.uz texnoblogida alohida sahifa ham ajratiladi.

Maxsus nominaciya:

“O'z ishlarida o'zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan eng yaxshi bloger” – O'zbekiston Milliy enciklopediyalar to'plami (13 ta tom) (Telegraf.uz mukofoti)

SHuningdek, hamkorimiz UzInfoCom markazi tomonidan finalga yo'l olgan barcha 10 nafar blogerlarga 2 yil muddatga tekin xosting ajratiladi. Bunda 1-3 o'rinlarni olgan blogerlarga 1 gb. hajmdagi, qolgan 7 nafar finalchilarga esa 250 mb. hajmdagi xosting taqdim etiladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Tanlovda millati, jinsi, yoshi va yashash joyidan qati nazar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan jismoniy shaxslar qatnasha oladi.

CHempionatda o'zbek yoki qoraqalpoq tilida yozilgan ishlar qabul qilinadi.

Etiborli tomoni, tanlovda nafaqat blog yuritadigan, balki blogi mavjud bo'lmagan shaxslar ham bemalol qatnashishi mumkin.

Qatnashish tartibi qanday?

Qatnashish tartibi juda oddiy:

  Eng avvalo tanlovni o'tkazish uchun maxsus yaratilgan http://blog.telegraf.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi;
  SHundan so'ng o'zining blogposti manzilini ushbu sayt orqali tashkilotchilarga taqdim etadi. Bo'ldi, ishtirokchilardan boshqa ortiqcha narsa talab qilinmaydi.

SHaxsiy blogi mavjud bo'lmagan shaxslar esa o'z ishlarini [email protected] elektron pochtasiga yuborishsa bo'ldi, tanlovga qabul qilinadi.

Birinchi bosqich uchun 2015 yil 1 yanvardan 2015 yil 2 aprelga qadar yozilgan blogpostlar qabul qilinadi. Qolgan bosqichlar uchun esa yangi blogpost yozilishi kerak.

Har bir bosqichda faqat bir dona blogpost topshiriladi.

Blogi yo'q shaxslarning ishlari qaerda elon qilinadi?

Blogi yo'q shaxslar tomonidan [email protected] elektron pochtasiga yuborilgan ishlar Fikr.uz saytida Blogerlar chempionati umumiy rukni ostida muallifi ko'rsatilgan holda chop etiladi.

Qanday mavzuda yozish kerak?

Tanlovning barcha bosqichida blogerlar erkin mavzuda ijod qilishlari mumkin. Aynan tanlab olingan mavzu berilmaydi.

Blogpostga qanday talablar qo'yiladi?

Blogerlar istalgan ko'rinishda blogpost yozishi mumkin. Blogpost hajmi cheklanmagan. Blogpost shakliga (matn, foto, video, audio va h.k.) ham cheklov yo'q. Bu blogerning o'z uslubiga va kreativligiga havola. Kimdir faqat matn, kimdir faqat sher, kimdir faqat foto yoki video taqdim qilishi mumkin. Barcha ishlar qabul qilinadi.

G'oliblar qanday aniqlanadi?

G'oliblar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. 1-bosqichda faqat hakamlar hayati ovoz berishi mumkin, ikkinchi va final bosqichida esa hakamlar, blogerlar va oddiy o'quvchilarning ovozi ham hisobga olinadi.

 

Tanlovning to'liq qoidalari bilan quyidagi sahifa orqali tanishishingiz mumkin.

http://xushnudbek.uz/blogerlar-tanlovining-rasmiy-qoidalari/
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика