So’nggi yangiliklar

21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  5 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0

O'zaro uchrashuvlar: Qizilqum - SHo'rtan Yangiliklar

O'zaro uchrashuvlar: Qizilqum - SHo'rtan

Milliy chempionatlarimiz tarixida bu jamoalar hozirgacha jami o'n sakkiz marotaba o'zaro ro'baro' kelgan.
SHulardan etti uchrashuvda Qizilqum futbolchilari zafar quchgan.

Jamoalar uchta o'yinda murosa ko'chasini tanlashgan bo'lsa, qolgan sakkiz bahsda omad SHo'rtan vakillariga kulib boqqan.

O'tkazilgan o'n sakkiz o'yinda konchilar raqibi darvozasini 23 bor ishg'ol etib, o'z darvozalari to'ridan yigirma uch marotaba to'p olib chiqqan - 23:23.

Hozirgacha o'tgan bahslarda navoiyliklar SHo'rtan jamoasidan 24 ochkoni torib olgan. G'uzorliklarda bu ko'rsatkich - 27 tani tashkil etmoqda.

Oxirgi marotaba bu jamoalar 2013 yilgi O'zbekiston XXII milliy chempionatimiz oliy ligasida o'zaro kuch sinashgan. O'shanda birinchi davraning G'uzorda kechgan bahsida mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, mavsumning ikkinchi yarmida Navoiyda o'tgan o'yinda konchilar 2:1 hisobida zafar quchishgan.

Bu yilgi chempionatdan yana oliy ligada to'p surayotgan SHo'rtan futbolchilari Muxtor Qurbonov bosh murabbiyligida mavsumni ko'tarinki ruhda boshlashdi. Dastlabki turda g'uzorliklar Farg'onada Neftchi jamoasi bilan (1:1) durang o'ynaganligining o'zi ularning mavsumga nechog'li jiddiy tayyorgarliklarining tasdig'idir. Oxirgi turda gazchilar o'z maydonida mavsum autsayderi - Buxoroni yirik 4:1 hisobida dog'da qoldirganligi ham Navoiyda ularga qarshi kechadigan o'yin shiddatli o'tishidan darak berib turibdi.

O'zaro uchrashuvlar

2005 yil

2005 yil 7 may. 6-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 0:2

2005 yil 30 sentyabr. 21-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 1:0

2006 yil

2006 yil 11 iyun. 18-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 3:1

2006 yil 6 avgust. 13-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 3:0

2007 yil

2007 yil 27 iyun. 15-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 1:2

2007 yil 5 avgust. 16-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 1:1

2008 yil

2008 yil 9 iyul. 15-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 2:1

2008 yil 8 avgust. 16-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 0:2

2009 yil

2009 yil 17 aprel. 6-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 2:1

2009 yil 9 oktyabr. 25-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 2:2

2010 yil

2010 yil 19 mart. 2-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 0:0

2010 yil 26 oktyabr. 25-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 3:1

2011 yil

2011 yil 20 may. 9-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 1:0

2011 yil 25 avgust. 18-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 3:2

2012 yil

2012 yil 1 iyul. 13-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 2:0

2012 yil 3 avgust. 14-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 2:0

2013 yil

2013 yil 20 aprel. 6-tur. SHo'rtan - Qizilqum - 2:0

2013 yil 5 oktyabr. 21-tur. Qizilqum - SHo'rtan - 2:1...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика