Ozarbayjon klubi O'zbekiston MTJ himoyachisini kuzatmoqda
24 jan 16:30
Yangiliklar
Ozarbayjon klubi O'zbekiston MTJ himoyachisini kuzatmoqda
Ozarbayjonning "Neftchi" klubi Osiyo kubogi vaqtida O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovni kuzatmoqda.
"Rubin" klubi himoyachisi terma jamoa bilan birga guruhdan chiqishga erishdi.
"Neftchi" rahbariyati klub himoyachi Mark Tamash yozda katta ehtimol bilan "Adana Demirspor"ga ko'chib o'tishi bois hozirdan harakatni boshlagan. Bu haqda Anar Ibraximov telegram kanali xabar berdi.
Ozarbayjon klublari o'zbekistonlik futbolchilarni Ligada ro'yxatdan o'tkazish uchun 30 ming dollar badal puli to'lashmaydi. SHu bois ham Ashurmatovning ehtimoliy transferi klubga arzonroqqa tushadi. Malumot uchun, Rustam Ashurmatov Qatardagi Osiyo kubogining 1-turda Suriya va 3-turda Avstraliyaga qarshi o'yinlarda to'liq harakat qildi.
Fikrlar