So’nggi yangiliklar

01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  0 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  0 00:22Ла Лига. "Мальорка" — "Реал Мадрид" 0:1 (матнли трансляция)  11 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  0 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  0 23:45А Серия. Шомуродов ва "Рома" "Кальяри" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  0 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  3 23:01"Мальорка" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  20 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  16 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  9 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2

Ozarbayjon bilan 10-uchrashuv Yangiliklar

Ozarbayjon bilan 10-uchrashuv

Bugun Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Berti Fogts boshchilik qilayotgan ozarlarga qarshi hozirga qadar ikki bor o'ynadik va ularda durang natijalar qayd etildi. Umumiy hisobda esa ushbu raqib UEFA jamoalari orasida bizga eng ko'p to'qnash kelgan – 9 bor. Bugungi uchrashuv bu jamoalar o'rtasidagi 10-to'qnashuvga aylanadi.

Ozarbayjonda ham futbol xuddi bizda bo'lgani singari o'tgan asr boshlaridan o'ynalgan. 1912 yil ozarbayjonlik futbolchilar gruziyaliklarni 4:2 hisobida mag'lub etishgani hujjatlarda yozib qo'yilgan. 1914 yilda futbol birlashmasi tashkil topib, mamlakat miqyosida turli birinchilik hamda musobaqalarni o'tkazgan. Sobiq Ittifoq davrida Bokuning “Neftchi” mamlakat sharafini chempionat bahslarida himoya qilgan.

Mustaqilikka erishgach, futbol federaciyalari associaciyasi 1992 yilda tuzilgan. 1994 yildan FIFA azoligiga qabul qilingan. Hozirgacha Evropa va jahon chempionatlari final bosqichida o'ynamagan. Terma jamoa ko'rsatkichlari asta-sekinlik bilan yaxshilanib bormoqda. Masalan, iyul oyida jamoa FIFA reytingida o'zi uchun eng yuqori bo'lgan 73-pog'onaga ko'tarildi.

Mamlakatda futbol bilan doimiy 300 mingdan ortiq aholi shug'ullanadi. 83 klub ro'yxatdan o'tgan.



OZARBAYJON FUTBOL FEDERACIYALARI ASSOCIACIYASI
Tashkil etilgan yili
: 1992
FIFA azosi: 1994
Rasmiy sayti: www.affa.az
Prezidenti: Rovnaq Abdullaev
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 306370
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 19670
Klublari soni: 83
Futbol rasmiylari soni: 13000

Ozarbayjon Respublikasi tuzilishi 10 viloyat va 65 tumandan iborat. Poytaxt Boku shahri mamlakatning eng taraqqiy etgan shahri hisoblanadi. Bu shaharda yaqin yillarda keng ko'lamdagi qurilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv bo'lib o'tadigan “Baksell Arena” stadionida yosh qizlar o'rtasidagi jahon chempionati uchrashuvlari o'tkazilgan. U 2012 yilda ishga tushirilgan. 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda “Neftchi” va milliy terma jamoa o'yinlari o'tkazib turiladi.

“Baksell Arena” stadioni
Joylashgan eri:
Nizomiy tumani, Boku
Ishga tushirilgan sanasi: 12.09.2012
Stadion egasi: OFFA
CHimi: tabiiy
Sig'imi: 15 ming tomoshabin
“Neftchi” Boku va Ozarbayjon terma jamoalari uy o'yinlarini o'tkazadi.

Ozarbayjon chempionati yuqori ligasida 10 jamoa ishtirok etadi. Ular 4 davrali tizimda bahs olib borib, mavsumda 36tadan uchrashuvda maydonga tushishadi. Bahodir Nasimov bir necha yil davomida Bokuning “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilib, 2 bor chempionlik va kubok sohibi bo'lishga erishdi. SHuningdek, bir marta 16 gol bilan chempionat to'purariga ham aylandi. U “Neftchi” safida chempionat bellashuvlarida 103 bor maydonga tushib, 50 to'p kiritdi. CHempionat UEFA reytingida 32-o'rinni egallab turibdi. Klublar Evrokuboklarda unchalik muvaffaqiyatli ishtirok etishmaydi. Bunga mamlakat futbolining qitada o'rtamiyonalar qatoriga ham qo'shila olmayotgani sabab bo'lmoqda. Milliy liga o'yinlariga o'rtacha 1608 nafardan ishqiboz tashrif buyuradi. Bu juda yomon ko'rsatkich, albatta. Solishtirish uchun, bizda birinchi liga uchrashuvlariga o'rtacha tashrif shuncha miqdorni tashkil qiladi. Hozircha Ozarbayjondan Evropa miqyosida yaxshi saviyasidagi futbolchi etishib chiqmadi.

OZARBAYJON RESPUBLIKASI
Rasmiy nomi:
Ozarbayjon Respublikasi
Poytaxti: Boku
Hududi: 86600 kv.km.
Aholisi: 9,5 million
Rasmiy tili: ozarbayjon
Valyutasi: manat

Terma jamoa ayni paytda FIFA reytingida eng yuqori pog'onaga ko'tarilganini takidladik. 2008 yil Fogts bosh murabbiy etib tayinlangach, unga ko'proq vaqt berishga qaror qilindi. CHunki istalgan mutaxassis bilan ishlangan taqdirda ham ijobiy natijaga erishish uchun imkoniyatlari ko'p emasdi. Asta-sekinlik bilan germaniyalik mutaxassis mamlakat futbolidagi holatni o'rganib borib, ijobiy natijalarga erishishni boshladi. Jahon chempionati saralash bahslarida jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi. 2016 yil Franciyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatiga yo'l olish uchun Ozarbayjon harakat qilib ko'radi. Biroq guruh ancha murakkab. Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Norvegiya va Malta bilan bir guruhdan o'rin olgan Ozarbayjon termasi qita etakchilaridan biri Italiya, kurashchan Xorvatiya va oxirgi paytlarda o'ziga kelayotgan Bolgariya bilan oson bo'lmagan o'yinlar o'tkazadi. Saralash bosqichini 9 sentyabr kuni Bolgariyaga qarshi uydagi bahs bilan boshlaydigan ozarlar 10 oktyabrda Italiya mehmoni bo'lishadi.

5 mart     Filippin – Ozarbayjon – 0:1 (Yunuszoda, 26)
27 may     AQSH – Ozarbayjon -2:0
20 avgust   Ozarbayjon - O'zbekiston
3 sentyabr   Rossiya - Ozarbayjon
9 sentyabr   Ozarbayjon - Bolgariya
10 oktyabr   Italiya - Ozarbayjon
13 oktyabr   Xorvatiya - Ozarbayjon
16 noyabr   Ozarbayjon – Norvegiya

1992 yildan mustaqil davlat terma jamoasi sifatida o'yinlarini o'tkazib kelayotgan Ozarbayjon hozircha ijobiy natijalar bilan maqtana olmaydi. Lekin oxirgi yillarda futbolni rivojlantirish uchun imkon qadar kerakli ishlarni amalga oshirishga intilishmoqda. Ayniqsa, Berti Fogtsning bu borada mehnatlari katta bo'lyapti. Turkiya chempionati va Germaniya ikkinchi bundesligasida bir necha futbolchi to'p tepyapti. O'yinchilar tarbiyalashni yanada yaxshi yo'lga qo'ygan taqdirda bu mamlakatdan yuqori texnikali futbolchilar etishib chiqishi mumkin.



OZARBAYJON MILLIY TERMA JAMOASI
Bosh murabbiyi:
Berti Fogts (Germaniya)
Sardori: Rashad Sodig'ov
Uy stadionlari: Tofiq Bahromov nomli, “Baksell Arena”
FIFA reytingidagi o'rni: 73 (2014 yil, iyul)
Eng yuqori o'rni: 73 (2014 yil, iyul)
Eng quyi o'rni: 170 (1994 yil, iyun)
Birinchi uchrashuvi: Gruziya – Ozarbayjon – 6:3 (Gurjaani, Gruziya, 1992 yil 17 sentyabr)
Eng yirik g'alabasi: Ozarbayjon – Lixtenshteyn - 4:0 (Boku, Ozarbayjon, 1999 yil 5 iyun)
Eng yirik mag'lubiyati: Franciya – Ozarbayjon – 10:0 (Oser, Franciya, 1995 yil 6 sentyabr)
Libosi: oq-ko'k-oq

Bosh murabbiy Berti Fogtsni muxlislar yaxshi bilishadi. U Germaniya terma jamoasi bilan 1996 yil Angliyada o'tkazilgan Evropa chempionatida bosh murabbiy sifatida g'olib chiqqan. 1990 yil esa Franc Bekkenbauerga yordamchi sifatida ishlagan. Quvayt, SHotlandiya va Nigeriya terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan. Futbolchi sifatida u yanada mashhurroq bo'lgan. Faoliyatini Myunxengladbaxning “Borussiya” klubida o'tkazgan Fogts jamoasi bilan 5 bor bundesligada, 2 bor Germaniya Kubogi va UEFA Kubogida g'alabaga erishgan. SHuningdek, terma jamoa bilan 1972 yilgi Evropa va 1974 yilgi jahon chempionatlarida g'olib chiqqan. Jahon chempionatida finalida Gollandiyaga qarshi juda yaxshi harakat qilib, olqishlarga sazovor bo'lgan. Xullas, uning hisobida futbolchi va murabbiy sifatida Evropa hamda jahon chempionligi sovrinlari mavjud. U boshqargan davrda Ozarbayjon bilan ikki bor to'qnash kelib, har ikkisida durang natija qayd etdik.



Berti FOGTS
Tug'ilgan sanasi:
30.12.1946
Tug'ilgan joyi: Byuttgen, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan jamoasi: 1965–1979 “Borussiya” Myunxengladbax 419 (32).
Germaniya terma jamoasida 96 uchrashuvda 1 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1979–1990 Germaniya U21, 1986–1990 Germaniya terma jamoasi (yordamchi), 1990–1998 Germaniya terma jamoasi, 2000–2001 “Bayer”, 2001–2002 Quvayt terma jamoasi, 2002–2004 SHotlandiya terma jamoasi, 2007–2008 Nigeriya terma jamoasi, 2008 yildan Ozarbayjon terma jamoasida.
Sovrinlari: Germaniya chempioni (1969–70, 1970–71, 1974–75, 1975–76, 1976–77), Germaniya Kubogi sohibi (1972–73), UEFA Kubogi sohibi (1974–75, 1978–79), jahon chempioni (1974), Evropa chempioni (1972, 1996).

Ozarbayjon bilan terma jamoamiz hozirgacha 9 bor to'qnash kelgan. 2 bor g'alaba qozongan jamoamiz 3 bor durang o'ynab, 4 marta mag'lubiyatga uchragan. Oxirgi 6 uchrashuvda bu jamoani mag'lub etish qo'limizdan kelmayapti. Ularning 3tasida ozarlar zafar quchishdi, qolgan o'yinlarda kuchlar teng keldi. 13 yillik ananani buzishni qanday uddalashimizni uchrashuv ko'rsatib beradi.

Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 20 avgust, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Boku shahridagi “Baksell Arena” stadionida boshlanadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика