So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  9 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1

O'z uyiga qaytgan "sariq iblis" haqida Yangiliklar

O'z uyiga qaytgan "sariq iblis" haqida

Bugun "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi "Everton"ga qaytdi.

Ueyn Runi hech qachon "Oltin to'p"ga ega chiqa olmaydigan futbolchilardan biri bo'lsa kerak. Sababi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi yulduzlarning soyasida qolib ketmoqda. U ayni paytda "Manchester Yunayted"ning va Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib oldi. Hali uzoq yillar davomida Ueyn futbol muxlislarini o'z gollari bilan quvontirishi aniq.



Angliya shimolidagi ishchilar oilasida tug'ilgan Ueyn Runi 2002 yil 16 yoshida "Everton"ning asosiy tarkibida o'ynashni boshlagan. O'sha yil sentyabr oyida yuzi sepkilli sap-sariq bolakay kimsan "Arsenal" darvozasiga gol urgandi. O'sha paytda Runi hali 17 yoshga ham to'lmagandi. Ajoyib boshlanish shunday emasmi?

Ertasi kuni Ueyn yulduz bo'lib uyg'ondi. "Kanonirlar"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga bahram berishdan tashqari o'sha paytda "Everton" klubi safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi. "Everton"dagi ilk mavsumida Runi 37ta o'yin o'tkazib 8ta gol urgan va jamoa bilan professional shartnoma tuzgandi. 17 yoshli bolakay Haftasiga 13 ming funt maosh olardi.

Runi o'z o'yini bilan Angliya milliy terma jamoasi ustozlarining etiboriga tushdi. 2003 yil fevral oyida 17 yosh 111 kunligida Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.

2003 yil sentyabr oyida Makedoniya darvozasiga urilgan gol Runini terma jamoaning eng yosh gol urgan futbolchisiga aylantirdi. Runi EVRO-2004ga borish huquqini qo'lga kiritdi.



Portugaliyadagi Evropa chempionati Runini haqiqiy yulduzga aylantirdi. Vunderkindning to'rtta o'yinda to'rtta gol urishi barchani lol qoldirdi. Jamoa chorak finalga qadar etib borgandi. Ueyn jarohat tufayli Portugaliyaga qarshi o'yinni oxirigacha o'ynay olmagandi, "uch sherlar" penaltilar seriyasida mezbonlarga yutqazib musobaqani tark etishgandi.

O'sha musobaqadan so'ng "Manchester Yunayted" 18 yoshli hujumchini 27 million funt evaziga sotib olgandi. Ser Aleks Fergyussonning bu xaridi o'zini to'la oqlagani hech kimga tushtirishning keragi bo'lmasa kerak.



"Dastlab biz Runini 14 yoshida o'z jamoamizga olib kelmoqchi bo'lgandik, biroq u "Everton"da qolishni istadi. 16 yoshida yana bir bor harakat qilib ko'rgandik", - deydi Fergyuson. "U bilan gaplashganimizda yana rad javobini berdi. SHundan keyin uning "Arsenal"ga urgan golini barcha ko'rgan bo'lsa kerak. Bu o'yinchi "Yunayted"ga o'tishi shart edi.

2004/2005 yilgi mavsum klub muxlislari uchun yomon xotiralar bilan qolgan. MYU CHempionlar ligasida 1/8 finalidan chiqib ketgandi, APLda uchinchi bo'lgan va Angliya kubogi finalida "Arsenal"ga yutqazib qo'ygan. Biroq Runi "qizil iblislar" safidagi ilk mavsumida 17ta gol urib klub to'purari bo'lgandi.

31 yoshli Runi hozirga qadar 5 marta Angliya chempioni, bir marta CHempionlar ligasida, uch marta Liga kubogida, bir bor Angliya kubogida va bir bor Evropa ligasida g'olib chiqqan. U 2010 yil premer-ligada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan va yana ko'plab individual sovrinlar sohibi bo'ldi.

2017 yilning 9 iyul sanasida futbolchi 13 yildan so'ng yana "Everton"ga qaytdi. Ueyn Runi MYU klubi safida va Angliya terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика