So’nggi yangiliklar

17:07"Валенсия" 400 млн еврога сотилиши мумкин  2 16:45Эрон чемпионати. "Зоб Оҳан" – "Фулад" (онлайн ҳисоб)  2 16:39АПЛ клублар ўртасидаги ЖЧ сабабли ёзги трансфер ойнасини иккига ажратмоқчи  0 16:16"Манчестер Сити" февраль ойининг энг яхши футболчисини аниқламоқда. Номзодлар ичида Абдуқодир Ҳусанов ҳам бор  18 15:42"Барселона" Озарбайжонда академия ташкил қилади  0 15:17Футзал бўйича Ўзбекистон Кубогига қуръа ташланди: БМБ, "Оил Стар" ва СҚБ рақибларини билиб олди  0 15:08Пике 0:0 ҳисобидаги дуранг учун жамоаларга очко бермасликни таклиф қилди  11 14:40Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги ғолиб ва совриндорлари мукофот пулларига эга бўлади   0 14:27"Реал" собиқ футболчиси 48 ёшида ҳаётдан кўз юмди  3 14:00Breaking! Корея Республикаси ҳам 2031 йилги Осиё Кубогига мезбонлик қилмоқчи  7 13:36"Месси "Барселона"га қайтишига ишонаман"  3 13:09"Арсенал" ва "Барселона" "Эспаньол" дарвозабони билан шартнома имзоламоқчи  0 12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  8 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  10 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0

"O'yinni 5 yulduzli tushunish". Muxlislar Bernardu Silvaning Portugaliya terma jamoasi gol nishonlayotgan paytdagi hiylasini payqab qolishdi Yangiliklar

"O'yinni 5 yulduzli tushunish". Muxlislar Bernardu Silvaning Portugaliya terma jamoasi gol nishonlayotgan paytdagi hiylasini payqab qolishdi

U nima uchun bunday qilgani haqidagi nazariya allaqachon mavjud.

Muxlislar Gonsalu Ramush SHveycariyaga birinchi golni urgandan keyin Bernardu Silva o'zini qanday tutganiga etibor qaratishdi. 

Qiziqarli jarayon Championat.asia fotosuratchisi Tolibjon Qosimov kamerasi obektiviga ham tushib qoldi. Quyida bunga guvoh bo'lishingiz mumkin.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi tribuna oldida uzoq vaqt davom etgan katta bayramda ishtirok etmadi. Avvaliga u sheriklariga qo'shildi, lekin tezda maydonga qaytdi.



Muxlislar allaqachon Bernarduning bu qilmishi sababini aniqladilar – ularning talqiniga ko'ra, portugaliyalik futbolchi shveycariyaliklarga to'pni maydon markazidan tezda o'ynab ketishga imkon bermagan. 

Gap shundaki, FIFAning to'pni maydon markazidan boshlashni tartibga soluvchi 8-qoidasida shunday deyilgan: "Boshlang'ich zarbani beruvchidan boshqa barcha o'yinchilar o'z jarima maydonchasi tarafida bo'lishlari shart".



Bernardu tantanadan so'ng maydonning SHveycariya jarima maydoni tomonga tushib oldi – shuning uchun o'yinni davom ettirib bo'lmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bernardu bilan bog'liq holat haqida quyidagicha izohlar yozishdi:

– "Bernardo o'yin to'xtab turganda ham futbolni 5 yulduzli tushunadi";

– "Bu juda muhim, menimcha, biz bu qoida haqida etarli malumotga ega emasmiz";

– "Elit mentalitet";

–  "Men hozirgina yangi qoidani bilib oldim. Ofarin, Bernardu".

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика