So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  17 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

O'yinga yarasha tayyorgarlik yoxud yoshlarimiz BAAdan birinchi o'rin bilan qaytishlari shart Yangiliklar

O'yinga yarasha tayyorgarlik yoxud yoshlarimiz BAAdan birinchi o'rin bilan qaytishlari shart

Teglar :  O'zbekiston
Ayni paytda BAAning Al Ayn shahrida bo'lib turgan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bir qator voqealarni boshdan o'tkazdi. Bu jamoa 15 iyul kuni Osiyo chempionati saralash bahslarini boshlaydi.

Dastlabki o'yin Livanga qarshi bo'lib o'tadi. Barcha o'yinlar “Tahnun Bin Muhammad” stadionida o'tkaziladi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa guruhdagi ikkinchi o'yinni 17 iyulda Nepal va oxirgi uchrashuvni 19 iyul kuni mezbon jamoa BAAga qarshi o'tkazadi.

Umuman olganda, kelasi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan (9-27 yanvar) U-23 Osiyo chempionatiga borish maqsadida jami 40ta jamoa kurash olib boradi. Jamoalar to'rttadan 10ta guruhga bo'linishgan. Musobaqa reglamentiga ko'ra har bir guruhdan bittadan birinchi o'rinni egallagan jamoa, shuningdek eng yaxshi ko'rsatkichga ega eng yaxshi beshta jamoa Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi.

Qizig'i shundaki, saralash o'yinlarida musobaqa mezboni Xitoy ham ishtirok etadi. Mabodo Xitoy yoshlari saralashda birinchi yo ikkinchi o'rinni qo'lga kiritsa, unda oltinchi jamoa safga qo'shiladi. Nima bo'lgan taqdirda ham kelasi yil 16ta jamoa Osiyo chempionatida qatnashadi.



SARALASH O'YINLARI
17 mart kuni yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qura tashlandi. Qura natijalariga ko'ra, 40ta jamoa to'rttadan o'nta guruhga bo'lib chiqildi.

Saralash uchrashuvlari quyidagi davlatlarda o'tkaziladi:
Qirg'iziston, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Falastin, Myanmar, KXDR, Tailand, Vetnam va Kambodja. "D" guruhida joy olgan O'zbekiston o'z o'yinlarini BAAda o'tkazadi.

SARALASH GURUHLARI
Quyida yoshlar o'rtasidagi osiyo chempionatining barcha saralash guruhlarini keltirib o'tamiz:
"A" guruhi - Eron, Ummon, Qirg'iziston, SHri-Lanka
"V" guruhi - Iroq, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Afg'oniston
"S" guruhi - Qatar, Suriya, Hindiston, Turkmaniston
"D" guruhi - BAA, O'zbekiston, Livan, Nepal
"E" guruhi - Iordaniya, Tojikiston, Falastin, Bangladesh
"F" guruhi - Avstraliya, Myanmar, Singapur, Bruney
"G" guruhi - KXDR, Laos, Xitoy Taypeyi, Gonkong
"H" guruhi - Tailand, Indoneziya, Malayziya, Mo'g'uliston
"I" guruhi - Janubiy Koreya, Vetnam, SHarqiy Timor, Makau
"J" guruhi - Yaponiya, Xitoy, Kambodja, Filippin

BOSH MURABBIY O'ZGARISHI
Aslida bu jamoani Jasur Abduraimov boshqarayotgandi. Biroq Abduraimov "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlangach, O'FF mazkur jamoani Ravshan Haydarovga topshirdi. SHundan beri yoshlarimiz yangi murabbiy qo'l ostida saralash o'yinlariga hozirlik ko'rishdi. Ravshan Haydarov boshchiligida yoshlar terma jamoamiz saralashgacha oltita o'yin o'tkazdi.

TAYYORGARLIK
O'zbekiston U-22 terma jamoasini Ravshan Haydarov qabul qilib olganidan so'ng ilk o'yin Olmaliq shahrida Rossiya yoshlar termasiga qarshi kechdi. 27 may kuni bo'lib o'tgan bahsda yoshlarimiz 3:4 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bizdan Sardor Azimov, Bobir Abduxoliqov hamda Zabixillo O'rinboev gol muallifi bo'lishdi.

Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 13 iyun kuni Xitoyda Xitoy yoshlariga qarshi tashkil etildi va bunda ham yoshlarimiz mag'lub bo'lishdi. Hisob 2:3. Bizdan Zabixillo O'rinboev raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etdi. Lekin bu o'yinga bosh murabbiy Ravshan Haydarov bora olmadi. CHunki bu paytda Haydarov milliy terma jamoa bilan Eron safarida edi.

Iyulning birinchi o'n kunligida yoshlar Qatarda bo'lib o'tgan "U-22 Three Nations Tournament" musobaqasida ishtirok etib qaytishdi. Bu turnirda aslida to'rtta jamoa qatnashishi kerak edi, ammo bazi sabablarga ko'ra Iordaniya kelmagani uchun O'zbekiston Qatar va Qirg'izistonga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazib qaytdi.

Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1 iyul. O'zbekiston U-22 - Qirg'iziston U-22 - 1:0. Gol: Zabixillo O'rinboev
2 iyul. O'zbekiston U-22 - Qatar U-22 - 1:0. Gol: Andrey Sidorov
5 iyul. O'zbekiston U-22 - Qirg'iziston U-22 - 2:0. Gollar: Bobir Abduxoliqov (2ta)
6 iyul. O'zbekiston U-22 - Qatar U-22 - 1:1. Gol: Bobir Abduxoliqov

Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston yoshlari Qatardagi to'rtta o'yindan uchtasida zafar quchib, bir bor durang o'ynashdi.



TERMA JAMOA TARKIBI
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov saralash o'yinlariga 22 futbolchi bilan yo'l oldi. Qatardagi turnirga ham 22 futbolchi borgandi, ammo Osiyo chempionati saralash bosqichiga ketish oldidan Haydarov tarkibda beshta o'zgarishni amalga oshirdi.

Yani, Qatarga borib kelganlardan Sarvar Karimov, Xushnudbek Avilov, Oybek Rustamov, Mirjamol Qosimov va Sardor Azimov Toshkentda qolishdi. Ular o'rniga Umid Hamroev, Akrom Komilov, Aziz G'aniev, Odil Hamrobek va Nurillo To'xtasinov BAAga yo'l olishdi.

Umumiy tarkib quyidagicha:

Umidjon Hamroev (“Nasaf”)
Azizjon G'aniev (“Nasaf”)
Doniyor Narzullaev (“Nasaf”)
SHarof Muhitdinov (“Nasaf”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Bobir Abduholiqov (“Nasaf”)
Botirali Ergashev (“Paxtakor”).
Abbos Otahonov (“Paxtakor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”)
Dilshod Hamraev (“Bunyodkor”)
Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)
Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor”)
Islomjon Qobilov (“Metallurg”)
Dostonbek Tursunov (“Metallurg”)
Javohir Siddiqov (“Qo'qon-1912”)
Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”)
Husniddin G'ofurov (“Neftchi”)
Abdujamol Isroilov (“Dinamo”)
Behzod G'anijonov (“Qizilqum”)

O'YINLAR TAQVIMI
Yuqorida aytib o'tganimizdek, O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi o'z ishtirokini  15 iyul kuni Livanga qarshi bahs bilan boshlaydi. Quyida "D" guruhidagi barcha o'yinlarni keltirib o'tamiz:

15 iyul, shanba
19:25. BAA - Nepal
22:15. O'zbekiston - Livan

17 iyul, dushanba
19:25. Nepal - O'zbekiston
22:15. Livan - BAA

19 iyul, chorshanba
19:25. BAA - O'zbekiston
22:15. Livan - Nepal

Izoh: O'yinlar vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

BIZ NIMA UCHUN BIRINCHI O'RINNI OLISHIMIZ KERAK?
Mazkur saralash bosqichidan ikkinchi o'rinni olib ham Osiyo chempionatiga borsa bo'ladi. Lekin bunda vazifa o'xshamay qolishi ham mumkin. Negaki ikkinchi o'rinni olgan beshta yoki oltita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo'l oladi, qolaversa bunda to'plar nisbati, o'zaro o'yinlar kabi g'alvalar boshlanib ketadi.

Bundan tashqari, BAAga yo'l olgan tarkibga qaraydigan bo'lsak, jamoada yaxshi futbolchilar jamlangan. Yaxshi murabbiy qo'lida yaxshi futbolchilar o'ynaganidan keyin yaxshi natijalarni kutsak bo'ladi. Osiyo chempionati bizga nima beradi? Bu ham ko'pchilikni qiziqtiradigan savollardan biri. Agar kelasi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga borsak, bu musobaqa bizga (shuningdek, boshqa jamoalarga ham) jahon chempionati yoki Olimpiada o'yinlari uchun yo'llanma bermaydi. 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati OFK tomonidan har ikki yilda bir marta o'tkaziladi va 2020 yilda bo'ladigan Osiyo chempionati Olimpiada o'yinlariga yo'llanma vazifasini o'tab beradi. Hozirgi sharoitda esa biz uchun BAAdan faqat birinchi o'rin bilan qaytish nihoyatda muhim, chunki bu futbolchilar milliy terma jamoaning kelajakdagi yulduzlari hisoblanadi.

X.Xoliqov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика