So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  25 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Oybek Rustamov: "Murabbiy va muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilaman" Yangiliklar

Oybek Rustamov: "Murabbiy va muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilaman"

“Qo'qon-1912” jamoasining iqtidorli yoshlaridan Oybek Rustamov , O'zbekiston U-19 terma jamoasi safida Xitoyda bo'lgan halqaro turnirda ishtirok etib qaytdi.

- Oybek Xitoy safari taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.
- Xitoyga qilgan safarimiz juda omadli bo'ldi. Biz u erda bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov boshchiligida 4 jamoa ishtirok etgan halqaro turnirda ishtirok qatnashdik. Dastlab Xorvatiya, keyin mezbonlar va so'nggi o'yinda  Filippin terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratib, turnir g'olibi bo'ldik. Safarga ketishda oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik.

- Murabbiylar o'yiningizdan qoniqishdimi?
- Murabbiylarimiz barchamizni maydonda sinab ko'rishdi. Men ham har uchala o'yinda maydonga tushdim. Harakatlarim ularga yoqdimi  yoki yoqmadimi bilmadim, lekin keyingi yig'inlarga tayyor turishimni aytishdi. Uyga vazifalarni berishdi. O'z ustimda qanday ishlashim haqida  maslahatlar berishdi. 


- Terma jamoada qaysi chiziqda harakat qildingiz?
- Xorvatiyaga qarshi o'yinda himoya chizig'ida xarakat qildim. Xitoy va Filippin bilan o'yinlarda esa tayanch yarim himoyachi vazifasini bajardim.

- Mana yangi mavsum ham boshlanish arafasida. Nima deb o'ylaysiz murabbiylar sizga asosiy jamoada ishonch bildirishadimi?
- Jamoamiz bosh murabbiyi Murod Ismoilov biz yoshlarga katta etibor qaratmoqda. Mashg'ulotlarda bizni doim asosiy tarkibga tayyor bo'lishimizni uqtirib kelmoqda.  Mavsumga tayyorgarlik chog'ida bo'lgan o'rtoqlik o'yinlarida men kabi yoshlarni asosiy tarkibga tushurib sinovdan o'tkazib turdilar.  Endi bu yog'igayam bo'sh kelmaymiz, imkon bo'lgan taqdirda murabbiylar va muxlislarning ishonchlarini qozonishga harakat qilaman. Boshlanayotgan chempionatimizda jamoamizga omad tilayman. O'ylaymanki jamoamiz bu yil ijobiy natijalar bilan Qo'qonlik muxlislarni xursand qiladi.
 

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика