So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Oybek Polvonov: “Takliflar bo'lsa, katta futbolga qaytaman” Yangiliklar

Oybek Polvonov: “Takliflar bo'lsa, katta futbolga qaytaman”

Oybek Polvonov nomi qashqadaryolik futbol muxlislariga yaxshi tanish.

Viloyatning bir qator futbol jamoalarida to'p tepgan futbolchi ayni paytda Qarshi shahrining “Do'stlik – AIN” futzal jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. “Do'stlik-AIN” jamoasi ayni paytda futzal bo'yicha mamlakat chempionati bahlarida etakchilik qilmoqda. SHubhasiz jamoaning muvaffaqiyatlarida sardor Oybek Polvonovnning hissasi katta.

Biz Oybek POLVONOV bilan futbolchilik faoliyati, jamoasining bugungi yutuqlari haqida suhbatlashdik.

Oybek Polvonov – 1987 yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan.



6 yoshdan futbol bilan shug'ullana boshlagan.
Birinchi murabbiy – Umar Rahmatullaev.  
Yoqtirgan futbolchisi – Xavi va Inesta.
Yoqtirgan jamoasi – “Real”.
Oilali, 1 ta farzandi bor..
To'p tepgan jamoalari:  Qashqadaryo Viloyat futbol maktab interanati jamoasi tarkibida (2-liga),
2007 avgustidan “Nasaf” o'rinbosarlari, 2009 yil asosiy tarkibga jalb qilindi.
2011 yil -“Erqo'rg'on” (Koson)  ijara asosida to'p tepgan.
2012 yil -“Nasaf -2” da birinchi ligada  
2013 yil. “Alanga” (Koson) birinchi ligada. O'sha yili ikkinchi davradan “Mashal” jamoasi  asosiy tarkibida to'p tepgan.
2014 yil. Bir davra “Alanga”da o'ynab, sentyabr oyidan futzalga o'tib ketgan.
 
-Futbolga kirib kelishimga akam va otam sababchi bo'lishgan va meni o'sha paytda Qarshi shahridagi Viloyat futbol maktab internatiga olib borishgan, -deya gap boshladi Oybek Polvonov. – SHu shu futbolga oshno bo'lib, viloyatning turli jamoalarida to'p tepishga ulgurdim.



-Faoliyatingzni katta futbolda boshlagan bo'lsangizda, bugungi kunga kelib futzal jamoasi safida harakat qilayapsiz. Katta futbolda o'ynab ketolmasligiga nima sabab bo'ldi?
-Ochig'i bu savolga o'zim ham javob izlayman. Ehtimol mening uslubim murabbiylarga maqul kelmagandir, deb o'ylayman.

-Umuman, mini futbolni katta futbol bilan farqi nimada?

-Minifutbolda sportchi maydonda tezda o'ylab, fikrlashi va shu o'ylagan ishini tezroq amalga oshirishi lozim.  Katta futbolda esa birinchi navbatda jismonan kuchli bo'lishi lozim. Minifutbolda esa charchab qolgan futbolchi, biroz dam olib, yana maydonga qaytish imkoniyati bor. Katta futbolda esa bu narsa imkonsiz.

-“Nasaf” asosiy tarkibida mashg'ulotlarda qatnashsada, asosiy tarkibda maydonga tusha olmadi. Nega?

-Haqiqatan ham o'sha paytda o'rinbosarlar tarkibida ajoyib o'yin ko'rsatib, asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb etilgandim. Tarkibda raqobat katta edi. Lutfulla To'raev bu chiziqda harakat qilar edi. Bilmadim, balki murabbiyning qarashlariga mening uslubim to'g'ri kelmagandir. Balki o'zim qaerdadir xatoga yo'l qo'ygandirman.


-Nima uchun jamoangiz nomi “Do'stlik” AIN deb ataladi?
-Bu jamoamiz bosh homiysi “Ain-Farm” korxonasi nomi bilan bog'liq.

-“Do'stlik – AIN” bir necha yillardan beri futzal bellashuvlarida qatnashib keladi. Ammo bu yilgi bahslarni jamoa muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Bu avvalgi yillardagiga nisbatan tarkib o'zgarganigami  yoki...

-Bilsangiz ilgari Oliy ligada Qarshi shahri sharafini ikkita jamoa himoya qilardi. Ayni paytda bu ikki jamoa “Do'stlik-AIN” nomi ostida birlashdi. Qolaversa, musobaqada doimiy ishtirok etib tajribamiz ham oshdi. Eng muhim jihat sifatida men tarkibimizda to'liq mahalliy futbolchilar to'p tepayotganligini ko'rsatishim mumkin. Sabab tarkibdagi yigitlar bilan bir necha yillardan buyon turli jamoalarda to'p tepganmiz. Bir birimizni so'zsiz tushunamiz. Jamoamizning ahilligi bir maqsad sari dadil intilishimizga sabab bo'lmoqda. O'z navbatida jamoamiz ustozining xizmatlarini ham takidlab o'tishim lozim.

-Hozir agar, taklif bo'lsa, katta futbolda o'zingizni sinab ko'rasizmi yoki...

-Albatta, har qanday futbolchi, menimcha, o'z imkoniyatini katta futbolda sinab ko'rishni istaydi. Menga bu agar bu borada takliflar bo'lsa, shubhasiz yana bir bor o'z imkoniyatlarimni katta futbol jamoalarida ko'rsatishga intilaman.

-Murabbiylik faoliyati haqida
-Bu O'zbekiston futzal termasi o'z tarixida ilk marta Jahon chempionati bahslarida ishtirok etdi. Jamoangiz azolari ham bu musobaqada qatnashib qaytishdi.

- Umuman terma jamoaning bu turnirda ishtiroki haqida nima deya olasiz?
-Terma jamoa murabbiyi Xose Mariya Mendez tajribali murabbiy, o'zi ishining ustasi. Uning temir intizomi bois jamoa muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Tarkibga darhaqiqata bugungi kunda O'zbekistondagi eng kuchli futzalchilar jalb etildi. Garchi guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan bo'lsada, futzalchilarimiz jahon maydonlarida qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini namoyish etishdi. Hech bir raqibdan cho'chimay harakat qilishib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi.



-Yana jamoangizga qaytsak. “Do'stlik-AIN” xususiy jamoa hisoblanadi. Futbolchilar esa asosan mukofot pullari evaziga maydonda to'p tepishadi. Jamoada bu borada sharoitlar qanday?
- Bu borada muammolarimiz yo'q. Klub rahbariyati biz uchun kerakli sharoitlarni yaratib bergan. Bizdan faqat maydonga tushib, g'alaba qozonib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilish talab etiladi.

-Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, ko'pchilik sportchilar o'zlarini murabbiylikda sinab ko'rishadi. Sizda ham bu borada qandaydir rejalar bormi?

-Mini-futbol murabbiyligi uchun licenziya olish uchun dastlabki qadamlarni tashladim. Kelajakda murabbiylikda o'zimni sinab ko'raman.  
 
Aziz Nuriy suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика