O'xshamay qolgan "yangi Ronaldular" + FOTO
17 noy 2017 16:16
Yangiliklar
O'xshamay qolgan "yangi Ronaldular" + FOTO
Yangi Maradona, yangi Del Pero, yangi Buffon. Pelelarniku son sanog'iga etib bo'lmaydi.
Etiboringizga o'z vaqtida "yangi Ronaldu" deya etirof etilgan, ammo yakunda ishonchlarni oqlay olmagan futbolchilar haqidagi maqolani taqdim etamiz.
Bruma, Portugaliya
23 yoshli futbolchini anchadan beri taniymiz. U ham Ronaldu kabi faoliyatini "Sporting"da boshlagan, huddi o'sha nuqtada o'ynaydigan futbolchi o'z harakatlari bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Muammo shundaki, Bruma yuqori tezlikdan boshqa xech narsa yo'q. U 19 yoshida Turkiyaga yo'l olishni to'g'ri qaror deb hisoblagan. Yakunda esa futbolchi "Galatasaroy" safida ikkita mavsumda bor-yo'g'i bitta gol kirita oldi halos... Balki ko'proq golli uzatmalarni amalga oshirgan deysizmi? Afsuski unaqa emas. "Real Sosedad"da ijara asosida o'tkazilgan mavsumni ham foydasi bo'lmadi. O'tgan mavsumni "Leypcig"da o'tkazgan Bruma 11ta gol va 6ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning Germaniyadagi ishlari alo darajada bo'lmasada, nemislarning futbolchilar bilan ishlay bilish salohiyatlari uning muxlislariga umid bag'ishlamoqda.
Adem Lyaich, Serbiya
O'shanda Ronaldu hali "Manchester Yunayted"dan ketmagandi. Yangi chiqib kelayotgan yoshlarga "yangi Krishtianu" laqabi berilardi. O'z vaqtida Lyaich manchesterliklar safiga o'tgan. Lekin, yakunda klub safida bitta ham o'yinda maydonga tushmagan. Afsuski, u 18 yoshga to'lmaguncha Angliyaga borishi mumkin bo'lmagan. 18ga to'lganidan so'ng esa... MYUga kerak bo'lmay qolgan. Keyin u "Fiorentina"ga yo'l oldi va u erda oson bo'lmagan 3ta mavsumni o'tkazdi. Keyin esa "Roma", "Inter" kabi jamoalarda o'z omadini sinab ko'rmadi. Ammo, baribir bu klublarda uning ishi yurishmadi. O'tgan mavsumdan boshlab u "Torino" sharafini himoya qilib kelmoqda. Balki serbiyalik futbolchiga juda yuqori baho berib yuborishgandir. Ammo, u Krishtianuning yaqiniga ham kela olmadi.
Tabare Viudez, Urugvay
Uni "Milan" Urugvay tomonlardan olib kelgandi. Tez yuguradigan va ajoyib fintlarni amalga oshiradigan yigitcha edi. Lekin, "Milan"dagi Tabaredan ko'ra Arbeloa ko'proq dribling qila olardi. Milanliklar bir yil ichida bu futbolchi jamoaga xech qanday foyda keltira olmasligini tushunib etdilar va uni yana Urugvayga jo'natib yubordilar. SHundan so'ng u Meksika, Turkiya tomonlarda o'ynadi. Orada "River Pleyt" sharafini ham himoya qildi. Hozir esa "Nasional" jamoasi zaxira o'rindig'ini "gullatib" o'tiribdi.
Gabriel Obertan, Franciya
Ha, u haqida ko'p eshitgansiz. Bugungi kunga kelib uni "yangi Ronaldu" deya atashganini eslash g'alati tuyulishi mumkin.U Angliyadagi ilk intervyularidan birida shunday degandi: "Meni yangi Ronaldu deya atashlarini istamayman. Ahir bu katta masuliyatku". To'g'ri, uning iltimosini erda qoldirishmadi. Faqat, buni Obertan so'ragani uchun emas, o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmagani uchun. Keyin uni "Nyukasl"ga sotib yuborishdi. Orada "Anji"da to'p tepdi. Keyin esa "Uigan" futbolchisi bo'ldi. Bugungi kunda esa Bolgariya tomonlarda "Levski" sharafini himoya qilib yuribdi.
Nani, Portugaliya
Faoliyatni boshlash Ronalduga o'xshash. Umuman, birinchi mavsumni ham yomon o'tkazmagan. Krishtining Madridga yo'l olganidan so'ng unga o'rinbosar sifatida qabul qilingan. 2010/11 yilgi mavsumni ajoyib o'tkazgan. Nani umuman olganda yomon futbolchi emas. Ammo, unga jarohatlar ko'p halal berib qoladi. 2013 yildan boshlab esa faoliyatidagi og'ir damlar boshlangan. "Sporting"ga ijara asosida ko'chib o'tdi. Terma jamoada yomon o'yin ko'rsatmadi. Ammo, undan ko'p narsa kutilgandi. Bugungi kunda u "Lacio" azosi hisoblanadi.
Memfis Depay, Gollandiya
Uning MYUda omadi kelmadi. U Gollandiyada yulduz hisoblanardi va JCH-2014ni ajoyib o'tkazgandi. Manchesterga uni Van Gal olib kelgan. Muvaffaqiyatli o'yin uchun barcha narsa etarli edi... Bugungi kunda Depay Franciya chempionatida yaxshi o'yinlar o'tkazmoqda. Umid qilamizki, uning yaxshi kunlari hali oldinda.
Bebe, Portugaliya
Agar sen Portugaliya chempionatida yaxshi o'ynay olsang yangi Ronaldu hisoblanasan. Fergyuson yangi Krishtianuni topish yo'lida Portugaliya transfer bozorini "titib tashlagan" va yakunda... Bebeni topgandi. Futbolchi Angliyaga kelganidan so'ng ushbu gaplarni aytgandi: "Mening o'yin modelim - Krishtianu Ronaldu. Men ham u kabi tez yuguraman, yaxshi zarba beraman va alday olaman".
Hozircha shu. Etiboringiz uchun rahmat.
sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar