Ouen: "Manchester Yunayted" hujum chizig'i yaxshi, ammo yosh emas"
17 okt 2014 14:23
Yangiliklar


Ouen: "Manchester Yunayted" hujum chizig'i yaxshi, ammo yosh emas"
"Liverpul", "Real" va "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Maykl Ouen "qizil iblislar" hujum chizig'i haqida o'z fikrini bildirdi.
"Runi, van Persi, Falkao - bu hayratlanarli hujum chizig'i. Bu insonlar uyda va mehmondagi o'yinlarda ham uchrashuv taqdirini hal qila olishadi. Bu jamoada hujumkor futbolchi ko'pligidan aqldan ozish mumkin. Bu narsaning yagona salbiy jihati - ular yosh emas.
Bu futbolchilar ikki yoki uch yilni yuqori darajada o'tkazadi. Yosh Denni Uelbek sotib yuborildi, yana bir iqtidorli hujumchi Jeyms Uilson esa qoldi. Yaqin bir ikki yil ichida hujumdagi ishlar yaxshi bo'lishi mumkin, ammo keyin... O'ylashimcha, "Yunayted" hujumda superyulduzni tarbiyalashi kerak" - deydi Ouen.

Fikrlar