Ouen: "Bugun "Everton" yutadi"
01 mar 2020 16:58
Yangiliklar


Ouen: "Bugun "Everton" yutadi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen jamoaning "Everton"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yunayted" APLda "Uotford"ni 3:0, Evropa ligasida esa "Bryugge"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. "Everton" esa safarda "Arsenal"ga 2:3 hisobida yutqazdi. Andre Gomes jarohatidan forig' bo'ldi va jamoaning o'yinlarini kuchaytirib yubordi. Risharlison va Kalvert-Levin juftligiga munosib qo'shimcha bo'lmoqda.
Karlo Anchelotti boshqaruvida "Everton" anchagina o'sishga erishdi. "Gudison Park" - grandlar uchun oson bo'lmagan joy hisoblanadi. Ajoyib o'yin va mezbonlarning g'alabasini kutyapman", - dedi Oven.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar