So’nggi yangiliklar

17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  1 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  4 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   12 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  3 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  6 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13

O'tkir Yusupov qanday jazo oladi? Yangiliklar

O'tkir Yusupov qanday jazo oladi?

"Navbahor"da jiddiy ambiciyalar paydo bo'lganidan keyin vodiy jamoasining "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarini unutib bo'lmayapti.

Haydarovning audiosi tarqashi, klub rasmiylari ishtirokidagi janjallar, muxlisning mashhur videomurojaati, Tantashev chetlatilishi, MTRK mashinasiga "fanat"larning hujumi...

Balki, kechagi uchrashuvning asosiy vaqti so'nggi yillardagi to'qnashuvlar orasida eng tinch o'tgani bo'ldi. Akobirxo'ja SHukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 90 daqiqa davomida hech qanday etirozga o'rin qoldirmadi (ko'z tegmasin).

Biroq, referi o'yinga yakun yasovchi hushtagini chalganida kunning asosiy voqealari endi boshlanayotganini hech kim bilmasdi. O'tkirbek Yusupov hamda "Paxtakor" muxlislar klubi etakchisi o'rtasida ro'y bergan to'qnashuv oxirgi 9 soat ichida ko'p va xo'b muhokama qilindi. Biz hech kim qilmagan ishga qo'l urib, masalaning huquqiy tomoniga to'xtalamiz:

Birinchi voqea uchrashuvga qo'shib berilgan 4-daqiqada mezbonlar muxlisi tomonidan to'pning maydon ichiga tepib yuborilishi bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda, fan-klub etakchisi turishi taqiqlangan joyda paydo bo'ldi va qilmasligi kerak bo'lgan ishni amalga oshirdi. 

Reglamentning 16.4. bandida futbol klublari o'z muxlislari va jamoa nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgarligi belgilangan. Takidlash kerakki, Javohir SHokirov ayni paytda O'FA Intizom kodeksining 5.40. bandini buzdi: Stadion, futbol maydoni va stadionga yondosh hududda tartibsizliklarni keltirib chiqishga sabab bo'lgan provokacion xatti-harakat. 

SHu tufayli qoidabuzar ogohlantirilib, jarimaga tortilishi yoki nomuayyan muddatga chetlatilishi, stadionga nisbatan esa uchrashuvni tomoshabinlarsiz yoki neytral maydonda o'tkazish, diskvalifikaciya yoki pul jarimasi tortilishi mumkin.

Provakaciyaga uchgan Yusupov esa Intizom kodeksi 5.45. bandining P bo'limini buzgani uchun 2 o'yindan 10 o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi, qo'shimcha ravishda unga nisbatan moliyaviy sankciyalar qo'llanishi mumkin.

"Yolg'iz posbon". "Navbahor" etakchisining siz bilmagan hikoyasi

Eslatib o'tamiz, shunday holat O'zbekiston kubogi-2021 yarim finali doirasidagi Jizzaxda o'tgan uchrashuvda ham sodir bo'lgan edi. O'shanda Umar Eshmurodov, Bahodir Nasimov va Ulug'bek Baqoev 2 tadan o'yinga chetlatilgan, shuningdek, jarimaga tortilgan edi.

Bundan tashqari, o'yindan keyin har 2 jamoaning boshqa rasmiylari o'rtasida ham kichik nizo paydo bo'lgani aytilmoqda. Bu haqda O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qaroridan keyin bilib olishimiz mumkin.

"Yubiley". CHeran Arturning rekordiga yaqinlashdi



Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика