So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

O'tkir Yusupov: "Eron bilan o'yinda 1 ochko ham yaxshi natija, BAAni esa mag'lub etmoqchimiz" Yangiliklar

O'tkir Yusupov: "Eron bilan o'yinda 1 ochko ham yaxshi natija, BAAni esa mag'lub etmoqchimiz"

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bahslaridan o'rin olgan BAAga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bugungi mashg'ulotlar paytida jamoamiz posboni O'tkir Yusupov o'tgan va bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.


— Eronga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, biroz omad etishmadi. Bir ochko kiritganimiz ham yaxshi natija, sababi Eron kuchli va tarkibida ko'plab yaxshi o'yinchilar harakat qiladi. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganimizda vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, agar o'shalar golga aylanganda, g'alabaga erishgan bo'lardik.


— Reyslar yo'qligi sabab Erondan O'zbekistonga kelishda muammolar bo'lgani va mashina orqali kelishingizga to'g'ri kelgani haqida xabarlar yangradi.

— Biz 6 oktyabrda Tabrizda o'yin o'tkazdik. Reyslar yo'qligi sabab o'yindan so'ng Armaniston orqali Bakuga bormoqchi edim. U erda chegara yopiqligi sabab Turkiyaga borishga to'g'ri keldi. Tabrizdan Van shahriga 7 soat davomida mashinada tog'lar osha bordim. Vandan aeroportga 2 soat yo'l bosdim. Van aeroportida chiptalarning bari sotib bo'lingan ekan. SHu sabab u erda 6 soat kutishimga to'g'ri keldi. So'ngra Van-Anqara reysi bo'yicha uchdim. Anqara aeroportida 10 soat kutganimdan so'ng Toshkentga uchib keldim.

— Eron bilan o'yinda futbolchilarimizda murabbiysiz ruhiy holat biroz yaxshi emasdek ko'rindi va o'yinimiz qovushmadi. O'yin davomida 1-2ta vaziyat yarata oldik. BAA bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda? Murabbiyning yo'qligi tasir qilmaydimi?

— Albatta, bosh murabbiyning o'z o'rni bor. Tayyorgarlik yaxshi, yigitlarda kayfiyat ajoyib, hamma jangovar holatda. Eron himoyaga etiborini qaratdi va unda yaxshi o'ynadi, shuningdek kam yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanolmadik.

— O'yindagi harakatlaringiz ijobiy etirof etildi. "Fulad"dagi jamoadoshlaringizning bu haqda fikrlari qanday? Ular bilan gaplashdingizmi?

— O'yindan so'ng "Fulad"dagi jamoadoshim Ali Nemati bilan gaplashdik, u ham Eron termasi safida debyut qildi. U O'zbekistonga ilk kelganini, shahar, stadion va muxlislar yoqqanini, shuningdek o'yin yaxshi o'tganini aytdi.

— Bo'lajak raqibimiz BAA safida ko'plab mahalliylashtirilgan o'yinchilar bor. Bu narsa BAAni Erondan ham kuchli raqibga aylantirmaydimi?

— Men unchalik kuzatmayman, ammo Jalol (Masharipov - SA) ko'plab braziliyaliklar fuqarolik olganini aytdi. Ertaga ularni tahlil qilamiz va o'yinda mag'lub etib, xalqimizni xursand qilmoqchimiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика