O'tkir Yusupov CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan keyin TOP-4da
13 fev 2024 20:54
Yangiliklar


O'tkir Yusupov CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan keyin TOP-4da
Navbahor" klubi darvozaboni O'tkir Yusupov musobaqaning guruh bosqichida ancha ter to'kishiga to'g'ri keldi.
SHubhasiz, "Navbahor" pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishida Yusupovning ham hissasi katta.
Qayd etish lozim, O'tkir Yusupov OFK CHempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, seyvlar soni bo'yicha 4-o'rinda bormoqda.
SHuningdek, 20 va undan ko'p seyv qilganlar orasida eng yuqori ko'rsatkich ham "Navbahor" darvozaboniga tegishli — 79%.
Malumot uchun, 2023 yil Yusupov "lochinlar" safida barcha musobaqalarda 38ta o'yin o'tkazdi va 30ta gol o'tkazib yubordi. 17ta uchrashuvda posbon o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.
Umid qilamizki, ertangi bahsda ham O'tkir Yusupov ishonchli o'yin ko'rsatadi va "lochinlar" "Al Ittixod"ni taslim etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar