So’nggi yangiliklar

00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  0 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  17 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  64 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3

O'tkir Yusupov: "Bor kuchni O'zbekiston Kubogiga tashlaymiz" Yangiliklar

O'tkir Yusupov: "Bor kuchni O'zbekiston Kubogiga tashlaymiz"

"Navbahor" jamoasining so'nggi o'yinlarda qayd etayotgan natijalari muxlislarni ranjitayotgani turgan gap.

Mavsum avvalida o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan "lochinlar", afsuski 7ta turdan beri ochko ulashish bilan band bo'lmoqda. Qayd etish kerak, ushbu mavsumda qo'lga kiritilayotgan ochkolarda jamoaning mahoratli posboni O'tkir Yusupov o'zining katta hissasini qo'shib, ajoyib seyvlari bilan muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. Biz esa kiperni suhbatga chorlab jamoasining so'nggi o'yinlardagi omadsizligi hamda ichki muhit haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Birinchi galda jamoadagi ichki muhit, futbolchilar o'rtasidagi munosabat, o'zaro hurmat  haqida fikringizni bildirsangiz. CHunki, aksariyat matbuot anjumanlarida murabbiy bu borada ko'p gapirmoqda. Futbolchi sifatida sizning fikringiz qanday?  Maydonda ham futbolchilarni ko'p bor urushib ketayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz...
- Jamoada ichki muhit yaxshi. Tushunmovchiliklar bo'lib turadigan holat deb o'ylayman. Amalga oshirmoqchi bo'lgan narsangiz o'xshamasa jahlingiz chiqadi, asabiylashasiz. SHunday holatlarda o'zaro tushunmovchiliklar ro'y beradi.

- "Navbahor" jamoasi bu mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilgan edi. Yaxshi, tajribali futbolchilar tarkibda yig'ilgan, balki jamoa hali shakllanib ulgurmagandir?
- Joriy mavsum boshida oldimizga chempionlik uchun kurashish vazifasi qo'yilganligi hech kimga sir emas. Qo'limizdan kelganicha ohirigacha kurashamiz. O'zbekiston kubogini o'zimizniki qilishga harakat qilamiz. Jamoa bir yilda shakllanib qolmaydi. Yaxshi jamoani shakllantirish uchun bir necha yil vaqt kerak bo'ladi. Mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun astoydil harakat qilamiz.

- Markazlashgan chempionat haqida fikringiz, jamoalarimiz bunga tayyor emasligi ko'rinib qoldi, "Navbahor" jamoasi ham bir qator muammolarga uchradi...
- Karantin paytida jamoamizda muammolar bo'lmagan edi. Toshkentga borganimizdan keyin jamoamizdagi aksariyat futbolchilar kasallanib safdan chiqdi. SHu sababli markazlashgan chempionatda omadimiz kelmadi va bir qator muhum o'yinlarda engildik. No'mon aka bilan 2018 yil "Qo'qon-1912" jamoasida birga ishlaganman. Yaxshi murabbiy, o'z ishining ustasi deb o'ylayman. Hozirda Andrey Kanchelskisga ko'maklashmoqda. Birgalikda yana muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonaman. 

- So'nggi o'yinlarni qarasak jamoa bitta to'p farqi bilan yutqazmoqda, omaddan tashqari g'alaba uchun nima kamlik qilmoqda?
- Bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimiz ushbu mavsumda ko'p bo'ldi. Vaziyatlar bo'lmoqda, omad etishmasa qiyin ekan. Gol urishimiz kerak, gol urmasangiz g'alaba qozona olmaysiz. Futbolda omad ham muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

- O'zbekiston kubogi finali "Navbahor" stadionida bo'lib o'tadi. Bu esa sovringa ega chiqishning eng yaqin yo'li hisoblanadi...
- Sovrinli o'rinlar uchun kurashda ko'p ochkolarni yo'qotmoqdamiz. Hamma kuchni O'zbekiston kubogiga tashlaymiz. Final uchrashuvi o'z maydonimizda bo'lib o'tadi. Bu esa bizga qo'shimcha motivaciya beradi. Agarda mavsumni sovrin bilan yakunlashni istasak kubokda g'alaba qozonishimiz kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика