O'tgan yozda Reyna "Barselona"ga ko'chib o'tishi mumkin edi
09 noy 2013 12:26
Yangiliklar


O'tgan yozda Reyna "Barselona"ga ko'chib o'tishi mumkin edi
"Napoli" darvozaboni Pepe Reynaning otasi Migel yozda "Barselona" bilan muzokara o'tkazganini tan oldi.
– Bir necha oy oldin Pepe "Barselona" bilan muzokara o'tkazgandi. Ular hatto kelishuvga ham erishishgandi. Ammo Valdesning klubda yana bir yilga qolishi haqidagi xabardan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. "Barsa" darvozabon qidirishni to'xtatdi, o'g'lim esa "Napoli"ga o'tdi, - deydi Migel Reyna Marca nashriga.

Fikrlar