O'tgan yil Agishev "Paxtakor" va "Metallurg"ning ikkitadan o'yinida ishlagan
25 apr 2016 12:35
Yangiliklar
O'tgan yil Agishev "Paxtakor" va "Metallurg"ning ikkitadan o'yinida ishlagan
Odatdagidek, hakamlar statistikasi bilan tanishtiramiz.
25 aprel (dushanba)
PAXTAKOR - METALLURG
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: A. Qodirov.
Turning so'nggi uchrashuvida "Paxtakor" "Metallurg"ni qabul qiladi. Mazkur o'yinni boshqarish Vadim Agishevga ishonib topshirilgan. Agishev 2015 yil har ikkala jamoaning ham ikkitadan o'yinini boshqargan. "Paxtakor" uchrashuvlarni safarda o'tkazib, bir bahsda g'alabaga erishib, bir uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Metallurg" o'z uyida o'tkazgan ikki bellashuvning bittasida yutqazib, ikkinchisi g'alaba qozongan.
2015 yil. "Paxtakor" ishtirokidagi uchrashuvlar
OLMALIQ - PAXTAKOR - 1:2
NEFTCHI - PAXTAKOR - 3:2
"Metallurg" ishtirokidagi uchrashuvlar
METALLURG - SO'G'DIYONA - 1:2
METALLURG - OLMALIQ - 4:2
Fikrlar