So’nggi yangiliklar

11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  0 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  7 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5

O'tgan yil Agishev boshqargan o'yinlarda "Neftchi" umuman yutqazmagan Yangiliklar

O'tgan yil Agishev boshqargan o'yinlarda "Neftchi" umuman yutqazmagan

Bugun oliy ligada 4-tur uchrashuvlari start oladi.

Mazkur turda ham muxlislar ajoyib qarama-qarshiliklarga guvoh bo'lishlari mumkin. Xususan, Andijonda vodiy derbisi, Olmaliqda Toshkent viloyati derbi bo'lib o'tadi. Biz odatdagidek, hakamlarning jamoalar bilan bog'liq statistikasini tanishtiramiz.

Oliy liga. 4-tur
9 aprel (shanba)
QO'QON-1912 - BUXORO
Bosh hakam:
Hasan Ro'ziev (Toshkent).
Qo'qonda bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshqarib boradigan Hasan Ro'zievni mezbonlar uchun omadli hakam desa bo'ladi. Boisi, "Qo'qon-1912" o'tgan mavsum Ro'ziev hakamligida ikkita o'yinda maydonga tushib, mag'lubiyatga uchramagan. "Andijon" bilan nursiz durang o'ynalgan bo'lsa, "Dinamo" mag'lubiyatga uchratilgan. Har ikkala bahs ham Qo'qonda bo'lib o'tgan, bugungi uchrashuvda ham mezbon "Qo'qon-1912".

2015 yil Hasan Ro'ziev "Buxoro" ishtirokidagi bittagina o'yinni boshqargan. O'sha bellashuvda mezbonlar g'alaba nashidasini surgan. Qaysidir manoda Ro'ziev har ikkala jamoaga ham omadli hakam deyish mumkin.

2015 yil. "Qo'qon-1912" ishtirokidagi uchrashuvlar
QO'QON-1912 - ANDIJON - 0:0
QO'QON-1912 - DINAMO - 3:1

"Buxoro" ishtirokidagi uchrashuv
BUXORO - ANDIJON - 2:1

ANDIJON - NEFTCHI
Bosh hakam:
Vadim Agishev (Toshkent).
Vodiy derbsini poytaxtlik Vadim Agishevga ishonib topshirilgan. O'tgan mavsum bugungi uchrashuvning mezboni bo'lmish "Andijon" Agishev hakamlik qilgan ikki o'yinda ham g'alaba neligini bilmagan. O'z uyida "SHo'rtan" bilan durang o'ynagan, safarda "Bunyodkor"ga yirik hisobda yutqazgan.

Aksincha, "Neftchi" Agishev boshqargan uchta o'yinda umuman yutqazmagan. Toshkentda "Lokomotiv" bilan durang o'ynalgan, keyin Farg'onada "Paxtakor" va "Qizilqum" mag'lubiyatga uchratilgan. Agishev hakamligidagi bugungi vodiy derbisida vaziyat qanday bo'lishini sanoqli soatlardan keyin bilib olamiz.

2015 yil. "Andijon" ishtirokidagi uchrashuvlar
ANDIJON - SHO'RTAN - 0:0
BUNYODKOR - ANDIJON - 4:0

"Neftchi" ishtirokidagi uchrashuvlar
LOKOMOTIV - NEFTCHI - 1:1
NEFTCHI - PAXTAKOR - 3:2
NEFTCHI - QIZILQUM - 2:0

OBOD - QIZILQUM
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (Toshkent).
Ravshan Ermatov "Obod" uchun qanday hakam ekanligini bugun bilib olamiz. "Qizilqum" esa, o'tgan yili bu borada xulosa chiqarib olgan bo'lishi tabiiy. Sababi, "oltin izlovchilar" Ermatov hakamlik qilgan uch o'yinning ikkitasida oliy liga etakchilari "Lokomotiv" va "Nasaf"ga yutqazgan. Faqat "Qo'qon-1912" mag'lubiyatga uchratilgan.
 
2015 yil. "Obod" ishtirokidagi uchrashuvlar
Yo'q

"Qizilqum" ishtirokidagi uchrashuvlar
QIZILQUM - QO'QON-3:1
LOKOMOTIV - QIZILQUM - 1:0
QIZILQUM - NASAF - 1:2

OLMALIQ - METALLURG
Bosh hakam
: Dmitriy Pislegin (Toshkent).
Poytaxt viloyati "derbsi"ni ham poytaxtlik hakam boshqarib boradi. 2015 yil oliy ligada 9ta uchrashuvni boshqargan Pisleginning 5tasi bugungi juftlikdagi jamoalar ishtirokidagi bahslarga to'g'ri keladi. "Olmaliq" hisobida 1ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat bo'lsa, "Metallurg"da uchchala natijadan ham bittadan bor. Yani, bir g'alaba, bir durang va bir mag'lubiyat.

2015 yil. "Olmaliq" ishtirokidagi uchrashuvlar
BUXORO - OLMALIQ - 0:4
QIZILQUM - OLMALIQ - 3:1

"Metallurg" ishtirokidagi uchrashuvlar
DINAMO - METALLURG - 1:0
SHO'RTAN - METALLURG - 0:3
LOKOMOTIV - METALLURG - 1:1

MASH'AL - NAVBAHOR
Bosh hakam:
Temur To'xtasinov (Andijon).
Andijonlik Temur To'xtasinov boshqaruvidagi uchrashuvda "Mashal" 2015 yil safarda "Dinamo"dan ustun kelgan edi. Bugun safarda to'p suradigan "Navbahor" esa, o'z uyida "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchrata olmay, mehmonda "SHo'rtan"ga yutqazib qo'ygan.

2015 yil. "Mashal" ishtirokidagi uchrashuv
DINAMO - MASH'AL - 0:1

"Navbahor" ishtirokidagi uchrashuvlar
NAVBAHOR - METALLURG - 2:2
SHO'RTAN - NAVBAHOR - 3:1


Furqatbek Nishonov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика