O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Jenoa"da o'tkazgan Strotman A Seriyaning boshqa klubiga o'tdi
03 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Jenoa"da o'tkazgan Strotman A Seriyaning boshqa klubiga o'tdi
Niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotman "Marsel"dan "Kalyari"ga o'tdi.
Italiya klubi rasmiy sayti xabar berishicha, 31 yoshli xavbek jamoada bir mavsum ijarada o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Strotman o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Jenoa"da o'tkazgandi.
Kevin genuyaliklar tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar