So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

O'tgan mavsum finalchisi yoxud "Al Hilol" haqida Yangiliklar

O'tgan mavsum finalchisi yoxud "Al Hilol" haqida

“Lokomotiv” CHempionlar ligasi guruh bosqichida ilk bor ishtirok etadi. Jamoa Saudiya Arabistonida “Al Hilol”ga qarshi maydonga tushadi.
Riyodliklar o'tgan mavsumda OCHLda finalgacha etib borib, unda omadsizlik tufayli bosh sovringa ega chiqishmagandi.

“AL HILOL” FUTBOL KLUBI
Tashkil topgan yili
: 1957
Laqabi: “Boss”, “ko'k qanotlar”
Stadioni: “Qirol Fahd”, 67 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Abdulrahmon Bin Musaad
Bosh murabbiyi: CHiprian Panait (Ruminiya)
Jamoa yutuqlari: 13 karra Saudiya Arabistoni chempioni (1977, 1979, 1985, 1986, 1988, 1990, 1996, 1998, 2002, 2005, 2008, 2010, 2011), 6 bor Saudiya Qiroli Kubogi sohibi (1961, 1964, 1980, 1982, 1984, 1989), 12 marta Saudiya SHahzoda Kubogi sohibi (1964, 1995, 2000, 2003, 2005, 2006, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013), 8 karra Saudiya FF Kubogi egasi (1987, 1990, 1993, 1996, 2000, 2005, 2006, 2014), Osiyo klublari chempionati g'olibi (1991, 2000), Osiyo Kubok egalari kubogi g'olibi (1997, 2002), Osiyo Superkubogi sohibi (1997, 2000), Arab Ko'rfazi klublari chempionati g'olibi (1986, 1998), Arab CHempionlar ligasi g'olibi (1994, 1995).

1957 yil tashkil etilgan jamoa shu paytgacha jami 55 bor turli musobaqalarda g'oliblik nashidasini surgan. OCHLning eski formati sanalgan Osiyo klublari chempionatida ham 2 marta zafar quchgan. “Al Hilol” Osiyoning o'tgan asrdagi eng yaxshi jamoasi deb tan olingan.

Jamoa safida milliy terma jamoaga nomzodlar va 5 nafar legioner bor. Koreyalik Kvak Tay Xvi va braziliyalik Digao himoyada to'p tepadi. Pintili tayanch yarim himoyachi, Neves ijodkor futbolchi vazifasini bajaradi. Greciyalik Samaras esa hujum chizig'ida o'ynaydi. Bu legionerlarning barchasi yuqori saviyada o'yin ko'rsatadi. Aynan shu tarafdan “Hilol” jamoasida ustunlik bor. OCHL uchun jamoa legionerlardan birini ro'yxatdan o'tkaza olmagan.

Neves va SHalhub texnik imkoniyat va driblinglar orqali raqibga bemalol xavf solib, 2-3 futbolchini ortda qoldirishadi. Hujumkor futbolchilar ushbu jamoaning asosiy kuchi sanaladi. “Al Hilol” marketing borasida juda yaxshi natijalarga ega. “Mobily” kompaniyasi tuzilgan shartnoma tufayli riyodliklar har yili 18 million AQSH dollariga teng mablag'ga ega bo'lishadi. Bu jamoa liboslarida kompaniya nomi reklama qilingani uchun to'lanadigan pul. Bundan tashqari, jamoa har qanday sovrinni qo'lga kiritsa, qo'shimcha 800 ming dollarga ishlaydi. O'rtacha ushbu kompaniyadan boshqa kirimlar bilan hisoblaganda “Hilol” byudjetini 20 million dollar bilan boyitib oladi.

Televidenie bilan translyaciyalar huquqini sotish shartnomasiga Saudiya Arabistoni FF egalik qiladi. Federaciya har bir klubga 1,2 mln dollar miqdorida mablag' o'tkazib beradi. Klub xo'jayinlari esa har yili jamoa faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan mablag'ni topib berishadi. Bu pul miqdori o'rtacha 40 million dollarni tashkil qiladi. CHiptalar sotilishidan tushgan 25 foiz mablag' xayriya jamg'armalariga o'tkazib beriladi.

Yaqindagina jamoaga ruminiyalik CHiprian Panait bosh murabbiy etib tayinlandi. U bungacha yordamchi sifatida ishlab kelayotgandi.

Darvozabonlar
1. Holid SHarahili
22. Fahad Altunayyan
28. Abdulloh Alsdayri
32. Fayz Subayhi

Himoyachilar
4. Abdulla Dossari
12. Yosir SHahroni
17. Abdulloh    Hafiz
23. Kvak Tay Xvi (Janubiy Koreya)
26. Digao (Braziliya)
33. Sulton Abdulloh
35. Ahmad SHarahili
49. Abdulloh Abdulkarim
70. Muhammad Jahfali

Yarim himoyachilar
7. Tiago Neves (Braziliya)
8. Mixay Pintili (Ruminiya)
9. Hamad Al Hamad
10. Muhammad SHalhub
11. Abdulaziz Davsari
13. Salman Faraj
18. Abdulloh Otaif
24. Navaf Obid
27. Saud Xariri
29. Salim Davsari
58. Abdulmajid Alsuvat

Hujumchilar
16. Yusuf Salim
19. Holid Kaabi
20. Yosir Al Qahtoni
77. Georgios Samaras (Greciya)


Behzod NAZAROV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика