So’nggi yangiliklar

08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  0 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  10 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  24 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  103 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24

Otabek Valijonov: “Murabbiyning ishonchi ruhimni ko'tardi” Yangiliklar

Otabek Valijonov: “Murabbiyning ishonchi ruhimni ko'tardi”

O'tgan mavsumda Navbahor sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar shartnoma muddatlarini uzaytirishdi.
Ana shunday o'yinchilardan biri sifatida namanganlik yarim himoyachi Otabek Valijonovni etirof etish joiz. Quyida Valijonov bilan uyushtirilgan suhbat bilan tanishasiz. 
- Mavsumlar oralig'ida ko'plab futbolchilarga turli jamoalardan takliflar tushadi. Sizga ham ana shunday takliflar bildirildimi?
- Takliflar bo'ldi. Biroq, qaysi klublardan tushganligini aytish niyatim yo'q. emasman. CHunki bu bilan o'sha klublarga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo'laman. Qolaversa, Navbahorda qolishga qaror qilganman. SHu sababdan boshqa takliflar ustida ortiqcha o'ylab o'tirmadim. SHunchaki, chaqirganlarga rahmat aytib vaziyatni tushuntirib, “Navbahor”dan ketmasligimni aytdim. O'ylaymanki, ular ham bu qarorimni to'g'ri qabul qilishadi va hech qanday etiroz bildirishmaydi.
- Aynan shu sababli 2014 yil yakuniga etmay turiboq jamoa bilan yangi shartnoma imzoladingiz? 
- Dekabr oyida o'tkazilgan yig'in boshida bosh murabbiyimiz Baxtiyor Ashurmatov bilan o'zaro suhbat chog'ida barcha masalalarni kelishib olganimiz bois shartnoma tuzishga qaror qilgandim. SHu o'rinda bir gapni aytib o'tishni istardim. “Buxoro”da to'p surganimda oyog'im singandi. Oqibatida ancha payt o'yin amaliyotisiz qoldim. Optimal sport formaga kirishim uchun esa malum vaqt talab qilinardi. SHunga qaramay, 2014 yil boshida Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor”ga taklif qildi. SHuning uchun ham murabbiyga bo'lgan xurmatim juda yuqori. Jarohatdan to'liq forig' bo'lib yana avvalgidek to'p surish uchun murabbiyni ishonchi futbolchi uchun muhim sanaladi. Ashurmatovni ishonch bildirishi esa ruhimni yanada ko'tardi. Baxtiyor aka bilan bo'lib o'tgan suhbat chog'ida bir nechta jamoalardan taklif tushayotganligini aytdim. Bunga javoban u kishi menga ishonch bildirishlarini aytdilar. Ashurmatovning gaplaridan keyin takliflarga rad bergan holda Navbahorda qolishni afzal bildim.
- Navbahorda qolishingizga jamoa ishqibozlarining suyukli futbolchilaridan biri ekanlingiz ham sabab bo'lsa kerak?
- Albatta, ishqibozlarning daldalarini qalbdan his qilib o'yashni gashti boshqacha. Ularning mehrini qozonganimdan xursandman. Yana shu jamoada qolib, muxlislarimizga ulkan g'alabalarni taqdim qilish istagida yonmoqdaman va buni amalga oshirish uchun yangi mavsumda bor kuchim bilan harakat qilaman.
- O'tgan mavsum jamoa uchun qay tarzda yakunlandi deb o'ylaysiz?
- Mavsum yomon kechgani yo'q. CHempionatni yuqori notada o'tkazishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi navbatda ishqibozlarimizni quvontirish istagida, har bir uchrashuvda g'alaba uchun o'yin namoyish etdik. Bilasiz, “Navbahor” muxlislari yurtimizda oldingi qatorda turadi. CHempionat mobaynida bazi uchrashuvlarda kutilmagan natijalarni namoyish qildik. SHunda ham muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashdi. Bu jihat g'alabalarimizga yordam berdi. Qayta tamirlangan o'yingohimizga qaytganimiz ham o'z samarasini berdi. Bu o'yingohda futbol o'ynash yoqimli hislarni beradi. CHunki o'yingohimiz doimo muxlislar bilan to'lib toshadi. Muxlis ko'p o'yingohda to'p surish har qanday futbolchini ruhlantiradi. Egallagan o'rnimizdan qoniqish hosil qildim deya olaman. Har holda chempionat biz uchun yomon kechgani yo'q. 
- “Navbahor”dan oldin “Buxoro”da to'p surdingiz. Buxoroda kechgan faoliyatingiz qanday taassurot qoldirgandi?
- Jarohat olganimni inobatga olmaganda, barchasi ko'ngildagidek kechdi. O'shanda jamoaga Tachmurod Agamurodov taklif qilgandi. Bu mutaxassis bilan ishlash qiziq tuyulgandi. SHuning uchun ham “Buhoro”dan tushgan taklifni qabul qilgandim. 
- Agamurodov “Paxtakor”ga ham taklif qilgandi, to'g'rimi?
- SHunday. Tachmurod SHamakovich “Paxtakor” klubida faoliyat ko'rsatayotganida ham poytaxtliklar safiga jalb qilgandi. O'shanda jamoa bilan Turkiyadagi yig'inda ham ishtirok etdim. Bir so'z bilan aytganda, Agamurodovni hurmat qilaman. Yaxshi murabbiy va futbolchilarga bo'lgan ishonchi yuqori hisoblanadi. 
- Nima uchun “Paxtakor”da qolmagandingiz? 
- Bunga bir qator sabablar bor. Klubda qolishim deyarli hal bo'lib qolgandi. Turkiyadagi yig'in paytida jamoaga xorijdan mutaxassis keldi. U meni himoyada harakat qilishimni talab qildi. Bu esa menga o'zim uchun boshqa chiziqda sinab ko'rib, ushbu mutaxassisning ishonchini oqlashim talab qilinardi. Jamoadagi holat yomonlashishi mumkin edi. Keyinchalik “Paxtakor”da qolishim qiyinligini bilganim bois rahbariyat bilan bu haqda o'zaro gaplashib ketishga qaror qilgandim. Turkiyada bo'lganimizga qaramay, buyumlarimni yig'ishtirib ortga qaytishga qaror qilgandim. 
- Ushbu qaroringizdan afsuslanmadingizmi? Har holda jamoada qolganingizda ancha o'sishga erishingiz mumkin edi.
- Nima uchun afsuslanishim kerak? Hayot davom etadi. Hali hammasi oldinda. Bilasizmi, agar o'zim ko'proq mashg'ulotlarda ishtirok etsam va harakatimni kuchaytirsam, bir kun albatta taklif bo'ladi. Buning uchun esa o'z ustimda mehnat qilishni kuchaytirishim darkor. SHunda barchasi ijobiy hal bo'ladi. Endigina 27 yoshga kirdim. Xudo xohlasa, faoliyatimni eng yaxshi damlari oldinda deb o'ylayman.
- Namanganlik muxlislar ancha talabchan. Bunday talabchan ishqibozlarni ko'nglini ko'tarish esa oson emas?
- Albatta, juda qiyin. Muxlislarimiz jamoani chin yurakdan qo'llab-quvvatlashadi. Yaxshi yoki yomon natija bo'lishidan qatiy nazar, tinimsiz olqishlashadi. Endi ularni ham tushunish kerak. Negaki ularg o'z vaqtlarini ajratib o'yingohga kelishadi va chiroyli futbol ko'rishni xohlashadi. G'alaba qozonsangiz, ularning ko'ngillari tog'dek ko'tariladi. Mabodo mag'lubiyat kuzatilsa hafa bo'lishadi. SHunda ham futbolchilarni xurmat qilib, jamoani qo'llashda davom etishadi. Aynan shu jihat tufayli ham muxlislarimizni qattiq xurmat qilaman. 
- Yangi mavsumda “Navbahor” qanday maqsadlarni ko'zlamoqda? 
- Maqsadlarimiz katta. Bir so'z bilan aytganda keyingi mavsumdan umiddimiz katta. Bu yilgi chempionatda ettinchi o'rindan yuqoriroq bo'lgan o'rinlarni qo'lga kiritishni niyat qilganmiz. Buning uchun barchamiz chiroyli o'yinlar ko'rsatishga va muxlislarimizga g'alabalarni tuhfa qilishga tayyormiz. “Navbahor” 2015 yilda chempionatimizda yuqori o'rinlardan birini qo'lga kiritishga qodirligini ishonch bilan ayta olaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика