Otabek SHukurov: "Muxlislarni xursand qilish uchun barcha ishni qilamiz"
17 jan 2024 13:58
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Muxlislarni xursand qilish uchun barcha ishni qilamiz"
Ayni paytda Hindiston - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
"Hindiston terma jamoasini o'rganishda davom etyapmiz. Birinchi o'yinni kuzatdik. O'ylaymanki juda tartibli jamoa. Avstraliya darvozabonning xatosidan keyin gol urmaguncha tartibli o'ynadi. Hindiston munosib raqib, yaxshi o'yin bo'ladi. InshaAlloh o'z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishga harakat qilamiz.
Birinchi o'yindan keyin muxlislarimiz bizdan xafa bo'lishgani aniq. Har bir futbolchi TV ortida ota-onasi, xalqimiz qo'llab turganini his qiladi. Hindiston bilan o'yinda g'alaba qozonib ularni xursand qilish uchun barcha ishni qilamiz", - dedi Otabek SHukurov o'yinoldi matbuot anjumanida.
O'yinoldi matbuot anjumani to'liq holda tez orada saytimizda chop etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar