So’nggi yangiliklar

03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  58 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  4 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  17 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2

Otabek SHukurov: “Jarima to'piga yaqinlashayotganimda ayrim jamoadoshlarim masofa uzoq deya ishonmagandi” Yangiliklar

Otabek SHukurov: “Jarima to'piga yaqinlashayotganimda ayrim jamoadoshlarim masofa uzoq deya ishonmagandi”

2013 yili O'zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etilgan Otabek SHukurov joriy mavsumni “Bunyodkor” tarkibida boshlagandi.

Ammo iqtidorli futbolchi jamoada yuzaga kelgan raqobatda yutib chiqa olmadi. Natijada SHukurov ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi. Davralar oralig'ida esa Otabek jamoasini o'zgartirishga qaror qilib, “Buxoro”ga ko'chib o'tdi. Aytish kerakki, yangi jamoasida 20 yoshli futbolchi etakchilardan biri bo'ldi. Buxoroliklarning so'nggi turda “So'g'diyona” ustidan qozongan g'alabasida SHukurov munosib hissa qo'shdi. Ayniqsa uning jarimadan urgan goli juda chiroyli ko'rinish oldi. Otabek bilan suhbat chog'ida bu haqda to'xtalib o'tdik.

- Otabek, avvalo jamoangizning oliy ligada jon saqlab qolgani bilan tabriklaymiz. Aytingchi yozda “Buxoro” safiga kelayotganingizda elitada olib qolishga qanchalik ishongandingiz?  
- Fikringiz tushundim. Bilasizmi davralar oralig'ida buxoroliklar lageriga kelib qo'shilishdan oldin shaxsan men jamoani oliy ligada qolishiga ich-ichimdan ishongandim. CHunki bunga imkoniyatlarimiz etarlicha edi. Qolaversa oliy ligada istagan raqib bilan bemalol o'ynab, yutishingiz ham mumkin deb o'ylayman. CHempionlikni qo'lga kiritgan “Paxtakor”ga qarshi ham astoydil o'ynasa yutish mumkin. “Bunyodkor”ni ham mag'lub etsa bo'ladi. Futbolda yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q. 



- Juda qiyin bo'lgan vazifani bajardinglar. Jamoa bunga qanday erishdi?
- Jamoada ichki muhit alo darajada edi. Murabbiylar shtabida malakali mutaxassislar faoliyat olib borayotgani sir emas. Qolaversa tarkibda ham yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangan. Elitada qolish osonlikcha bo'lmadi. Buning uchun hamma bir yoqadan bosh chiqardi. Ikkinchi davra o'rtalariga kelib, “Navbahor” va “SHo'rtan”ga imkoniyatni boy berganimizdan keyin ruhiy xolat ko'ngildagidek emasdi. Ammo keyinchalik “Metallurg” va “Neftchi”ni mag'lub etganimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. CHempionatning oxirgi uchta turida bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. Birgina durang ham vaziyatni salbiy tomonga og'dirib yuborishini yaxshi tushunib turgandik.

- CHempionatning so'nggi turi “Buxoro” uchun go'yoki finaldek o'tdi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha. Kuchlilar safida qolish uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs edi. Maydonga faqat va faqat g'alaba qozonish ilinjida tushgandik. SHu bois dastlabki daqiqalardan boshlab, asosiy etiborni hujum qilishga qaratdik.

- Ahamiyatlisi mazkur uchrashuvning debochasida masofa uzoq bo'lishiga qaramay jarimadan gol urdingiz. Faqat ochig'ini ayting, to'pga yaqinlashayotgan paytingizda gol urishingizga qanchalik ishongandingiz?
- Bu birinchi marotaba jarima zarbasidan gol urishim emasdi. Bundan oldin “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda ham jarimadan to'p kiritgandim. SHundan keyin qo'rqmasdan jarima zarbalarini tepishga xarakat qilyapman. Jizzaxdagi o'yinda ham masofa uzoq bo'lsada omadimni sinab ko'rmoqchi ekanligimni aytdim. Ammo shu paytda ayrim jamoadoshlarim menga ishonmagandek bo'lib, uzoq ekanligini aytdi. SHunga qaramay baribir ahdimdan qaytmadim va to'g'ri darvoza tomon zarba berishga qaror qildim. Yuz foiz gol urishimga ishongandim deya olmayman-ku lekin shunga xarakat qilganim aniq. VIDEO

- Davralar oralig'ida “Buxoro”ga ko'chib o'tishingiz bu – bizningcha “Bunyodkor”da asosan zaxirada o'tirib qolganingiz bilan bog'liq bo'lsa kerak. SHundaymi?
- Ha. Menga ko'proq o'yin amaliyoti zarurligi bois ham ikkinchi davra arafasida jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. “Buxoro”ga meni Jamshid Saidov bilan Tachmurod Agamurodov taklif etganida ularga rozilik berdim. 



- Endigi rejalaringiz qanday?
- “Qaldirg'ochlar” bilan amalda shartnomam bor. SHu bois endi yana Toshkent klubiga qaytsam kerak. Nasib qilsa qishki yig'inlar chog'ida o'zimni ko'rsatib, “Bunyodkor”da ham asosiy tarkibda o'ynay olishimni isbotlayman.  

- So'nggi savol. Yaqinda Osiyoning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” bo'lishga yaqin turgan nomzodlar elon qilindi. Siz bilan yoshlar terma jamoasida birga o'ynagan do'stlaringizdan qaysi birini bu boradagi imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Bu xabarni eshitganimdan juda xursand bo'ldim. Ularning hammasi bilan yaqin do'stmiz. (Kulib) Menga qolsa sovrinni uchchalasiga ham bergan bo'lardim. Nazarimda Doston bilan Eldorning imkoniyati biroz yuqoriroq.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика