Otabek SHukurov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
09 okt 2020 12:20
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
Keskin kurashlarga boy o'tgan O'zbekiston - Eron(1:2) uchrashuvidan so'ng hamyurtimiz Otabek SHukurov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bismillahir Rohmanir Rohim. O'yin uchun barchaga rahmat. Bugun televizorda ham, stadionda ham ko'plab muxlislar qo'llab-quvvatlab turishdi. To'g'ri mag'lubiyatga uchradik. Eronni Osiyoda etakchi jamoa ekanligini hamma biladi. Ishlayapmiz, mehnat qilyapmiz. Avvalo bugun uyda o'ynab yutqazganimiz uchun uzr so'raymiz. Mehnat qilishdan to'xtamaymiz. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Bu o'rtoqlik uchrashuvi, rasmiy o'yinlarga jiddiyroq tayyorgarlik ko'rib Jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz",- deydi Otabek SHukurov "Sport" telekanaliga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar