Otabek SHukurov: "Bunyodkor" stadionida futbol o'ynash qiyin"
14 okt 2018 02:08
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Bunyodkor" stadionida futbol o'ynash qiyin"
O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) so'ng, milliy jamoamiz yarim himoyachisi Otabek SHukurov ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.
- Terma jamoa miqiyosidagi o'yinlar doimo qiyin bo'ladi. KXDR kam sonli legionerlar bilan O'zbekistonga tashrif burgan ekan, shu sababli bugun g'alabamizni kutganimizdan biroz osonroq qo'lga kiritdik.
Bizga shunday o'yinlar kerak edi. CHunki terma jamoa anchadan beri g'alaba qozonmagan edi. Ushbu muvaffaqiyat kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi deb o'layman.
- Terma jamoa gol urishda muammolarga duch keldi. Bu nimaga bog'liq?
- Birinchi navbatda maydon juda og'ir. Bu erda futbol o'ynash qiyin. Ushbu g'alabadan so'ng hujumchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch yanada ortadi.
Fikrlar