Otabek SHukurov: "Bunday maydonda jarohat olish imkoni yuqori edi"
16 okt 2023 18:55
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Bunday maydonda jarohat olish imkoni yuqori edi"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov Xitoy bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon chempionati saralashi oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi edi. Rasmiy o'yinlarga g'alaba shukuhi bilan etib borishni istagandik. Ishonchli g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda biroz bo'shashdik. Albatta maydondda ham katta muammo bor. Bu erda jarohat olish ehtimoli yuqori.
Xitoy terma jamoasi Osiyoda o'z o'rniga ega. Oxirgi yillarda futbolni rivojlantirishga etibor qaratmoqda. Bizni ham iliq kutib olishdi. Ko'chada ham, mehmonxonada ham muxlislar yaxshi munosabatda bo'ldi. Xitoy futboli aslo kuchsizlanmagan. Jahon chempionati saralashida Xitoyga omad tilayman. Osiyo kubogida ham o'z muxlislari oldida yuzi yorug' bo'ladi, deb o'ylayman", - deydi Otabek SHukurov.
Fikrlar