So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  0 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Otabek SHukurov: "Bunchalik ko'p muxlis qarshisida o'ynash - ajoyib" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Bunchalik ko'p muxlis qarshisida o'ynash - ajoyib"

O'zbekiston U20 - Yangi Zelandiya U20 o'rtasidagi o'yindan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek SHukurov o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalambor muxlislarga rahmat aytaman. Aynan ularning yordami bilan ham g'alabaga erishdik. Juda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik ammo gollar ura olmadik. Bu borada yana ishlashimiz kerak. Bundan oldin Portugaliyada yig'inda ishtirok etib qaytdik. Asosiy etibor Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishdan iborat. Mundialda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz", - deb gap boshladi SHukurov.

- Yangi Zelandiyadan qanday o'yin kutgandingiz?
- Raqib o'zim kutganimdan ham kuchliroq o'ynadi. Portugaliya va Urugvayga qarshi o'ynadik. Ular bilan taqqoslasak Yangi Zelandiya biroz kuchsizroq deb o'ylagandim. Lekin bugun raqibimiz juda kuchli o'ynadi. Bundan tashqari 2 kunlik parvozlardan so'ng o'yinda ishtirok etdik.

- Nimaning hisobiga g'alaba qozondik deb o'ylaysiz?
- Jamoaviy o'yin, muxlislar qo'llab quvvatlashi.

- Bunday tomoshabinlar bilan to'la stadionda birinchi marta o'ynadingiz shekilli. Taassurotlaringiz qanday?

- Albatta, buncha ko'p muxlislar qarshisida o'ynash baribir yoqimli. Uchrashuvdan oldin farg'onalik yigitlar shu haqda aytishgandi, o'zim kelib bunga guvohi bo'ldik. Ajoyib hissiyotlar...

- "Bunyodkor"ga ko'chib o'tdingiz. Ammo juda kam maydonga tushayapsiz. Bunga sabab nima?
- O'z ustimda ishlayapman, murabbiyga asosiy tarkibga loyiqligimni isbotlashga urinayapman. Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdim. Asosiy tarkib uchun bor kuchim bilan kurashaman.


Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика