So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  1 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  3 22:22Виталий Левченко: "Тартибли футбол эвазига ғалабага эришдик"   2 22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  2 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  91 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00"Манчестер Сити" пенальтилар сериясида МЮни мағлуб этган ҳолда Англия Суперкубогини қўлга киритди  6 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  35 20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  1 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  6

Otabek Narzullaev: “Murabbiylar bilan kelisha olmagach, “Buxoro” bilan xayrlashdim” Yangiliklar

Otabek Narzullaev: “Murabbiylar bilan kelisha olmagach, “Buxoro” bilan xayrlashdim”

O'tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilgan Otabek Narzullaev yaqinda jamoa bilan xayrlashdi.

Ayni damda u “Qizilqum” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Kuni-kecha Narzullaev bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik. 

- Otabek aka, o'tgan mavsum “Buxoro”ning etakchi o'yinchilaridan biri bo'ldingiz. SHuning uchun sizni jamoadan ketishingizni ko'pchilikni xayron qoldirdi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- To'g'risi o'zim ham bu yil yana “Buxoro”da o'ynash ilinjida edim. CHunki u erda besh yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgandim. Bilsangiz kerak, o'zim Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidanman. Buxoro esa huddi ikkinchi uyimga aylanib qolgandi. Millatim tojik bo'lgani ham qaysidi manoda Buxoroda ishlashimga engillik tug'dirardi. Bunday deyishimning boisi Buxoroda tojik millatiga mansub insonlar ko'p. Ular bilan muloqotda kirishib ketaman. Ammo taqdir ekan bu yil jamoa bilan xayrlashishga majbur bo'ldim. Bunga sabab murabbiylar bilan fikrimiz bir joydan chiqmaganidir. Murabbiylar meni zaxira o'yinchisi sifatida ko'rishayotganini bildirdi. O'zingizga yaxshi malumki, ayni damda buxoroliklar selekciyada anchagina faollik ko'rsatmoqda. Jiddiy raqobat yuzaga kelishini tahmin qilsa bo'ladi. Ochig'i har qanday raqobatga tayyor edim.  

- Jamoani tark etish bu o'zingizni qaroringiz bo'ldimi yoki murabbiylarnimi?

- Murabbiylar menga zaxira o'yinchisi sifatida qarayotganini bildirganida kayfiyat tushib ketdi. Agarda ular raqobat qilasan, unda yutib chiqsang marhamat o'ynaysan deganida bunga rozi edim. Keyinchalik esa ular klubga kerak emasligimni ochiq oydin aytishdi. SHunda narsalarimni yig'ishtirdimda, klub qarorgohini tark etdim.  

- Hozirgi murabbiylar bilan o'tgan yili ham birga ishlagandingiz. Bungacha o'zaro munosabatlar qanday bo'lgandi? 

- Yomon emasdi. Statistikaga etibor qaratsangiz, adashmasam 26ta uchrashuvda o'ynadim. Klubni oliy ligada qolishi uchun ko'pchilik qatori men ham astoydil xarakat qilganman. Murabbiylarning ishonchi ham yuqori edi. Xalqimizda biz gap bor-ku, ishim bitdi, eshagim loydan o'tdi degan. Aftidan men bilan yuz bergan voqea ham shunday bo'ldi. 

- Siz uchun qadrdon bo'lib qolgan jamoani tark etish oson bo'lmagandir?

- Albatta. Buxoroga anchagina o'rganib, moslashib qolgandim. Klub rahbarlari bilan ham munosabatlarimiz yaxshi bo'lib kelgan. Endi bu jamoaga faqat omad tilayman. Qolaversa buxorolik ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular har o'yinimizda bizni tinimsiz olqishlab turdi. Umuman olganda men bilan ishlagan klubning barcha xodimlariga minnatdorchilik bildirib qolaman. 

- “Buxoro” bilan xayrlashganingizdan so'ng, sizni “SHo'rtan”ga o'tishingiz to'g'risida xabarlar tarqalgandi. Ustiga ustak g'uzorliklar bu yil asosiy etiborini qashqadaryolik futbolchilarga qaratmoqda. Sizga chindan ham “SHo'rtan” rahbariyati taklif bilan chiqdimi?

- Ha, bu rost. Lekin undan oldin “Qizilqum”ga vada berib qo'ygandim. Navoiyliklar rahbari Hamidjon aka Aktamov menga avvalroq taklif bilan chiqib, yordam berishim kerakligini bildirgandi. SHuning uchun “Qizilqum”ga o'tishga qaror qildim.

- Jamoa bilan shartnoma imzoladingizmi?

- Yaqinda bir yillik rasmiy kelishuvga erishdik. Endi nasib qilsa mavsum-2016ni “konchilar” safida o'tkazaman. 

- Yangi klubdagi ilk taassurotlaringiz qanday?

- Jamoa menga yoqdi. Ichki muhit alo darajada. Qolaversa asosiy tarkibning deyarli 90 foiz o'yinchisi bilan avvaldan tanishman. Bahriddin Vahobov, Georgiy Kvesieshvili, Andrey Derkach, Ilhom Yunusov, Akmal Rustamov kabi futbolchilar bilan ilgari turli jamoalarda birga o'ynaganmiz. SHu bois bo'lsa kerak yangi jamoaga kirishib ketishim qiyin kechmadi. 

- Qizilqum”dagi raqobat to'g'risida nima deysiz?  

- Bu erga kelib shunga amin bo'ldimki, o'ziga yarasha raqobat mavjud. Murabbiylar raqobatda kim yutib, o'sha maydonga tushishini takidlamoqda. Aslida ham shunday bo'lishi kerak deb o'ylayman. Har bir futbolchi xarakat qilib, mashg'ulotda astoydil ishlaydi. “Qizilqum”da ham har bir chiziqqa 2-3tadan o'yinchi bor. Bu esa raqobat keskin kechishi demakdir. 

- Yangi klubingiz ayni damda Farg'onada “Hokim Kubogi-2016” turnirida ishtirok etmoqda. Xo'sh, musobaqa haqida fikringiz qanday?

- Taassurot ijobiy. Mavsum oldidan bunday o'yinlar kerak deb o'ylayman. Guruhdagi birinchi o'yinimizda “Cementchi” bilan durang qayd etdik. Keyin “Neftchi-2”ni 2:1 hisobida mag'lub etdik. Bilasizmi bunday paytda har bir jamoaning kuchi teng bo'ladi. Demoqchimanki, munosib bahoni mavsum davomida berish maqsadga muvofiq bo'ladi.    


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика