Otabek Narzullaev: "Agar vaziyatlardan foydalanganimizda 5:0 yo 6:0 hisobida yutgan bo'lardik"
21 noy 2025 20:54
Yangiliklar
Otabek Narzullaev: "Agar vaziyatlardan foydalanganimizda 5:0 yo 6:0 hisobida yutgan bo'lardik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun biz uchun qiyin kun bo'ldi. Shuncha vaziyat yaratib birorta ham gol ura olmadik. Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda 5:0 yo 6:0 hisobida yutgan bo'lardik. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz. Keyingi bahslarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Bugun "Mashal" zaxirasiga U-21 jamoasidan uch nafar futbolchi qaydnomaga kiritildi.
- Yoshlarga ham imkon berish kerak, ular shu orqali o'sib boradi. Ikkinchi taymda maydonga tushgan yoshlar o'yinga tezlik olib kira olishdi. Faqat vaziyatlardan foydalana olmaganimiz chatoq bo'ldi.
- Jamoangiz gol ura olmagani nima bilan bog'liq? Omadsizlik tufaylimi yoki charchoq alomatimi?
- "Navbahor" biz bilan qarshi hujumga tayanib o'ynadi. Agar jamoamizda jismoniy toliqish bo'lganida bunday bo'lmasdi. Bugun ikkinchi taymni ko'ring, faqat biz hujum qildik. Gol ura olmaganimiz sovuqqonlik etishmagani bilan bog'liq.
- Kelasi mavsumga rejalaringiz?
- Bu borada hali o'ylaganimiz yo'q. Chunki hali mavsum tugamadi. Oldin mavsumni tugatib olaylik, keyin rahbariyat hal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar