So’nggi yangiliklar

19:26ЖЧ-2024. Афғонистон ва Ангола ўртасидаги ўйинда 10та гол урилди!  5 19:22ЖЧ-2024. Аргентина — Украина ўйини учун таркиблар маълум  0 19:15Ла Лига. "Барселона" ва "Жирона" ўртасида Каталония дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:58Суперлига. "Андижон" — "Локомотив" (матнли трансляция)  3 18:32Саудия Арабистони терма жамоаси ўйинчиси балкондан қулаганидан сўнг оғир ҳолатда шифохонага етказилди  6 18:30РПЛ. "Акрон" ўз уйида "Химки"ни қабул қилмоқда, Эсанов ва Одилов эса... (онлайн ҳисоб)  0 18:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасида Лондон дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:30ЖЧ-2024. Лео Игита қаҳрамонга айланган учрашувда Қозоғистон ва Испания дуранг қайд этишди  6 17:20"Рома" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов захирадан майдонга тушди  21 16:47ЖЧ-2024. Ливия Янги Зеландияни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 16:33Саид Бузамбу: "Ўзбекистонга қарши ўйинда пенальти бор эди"  3 15:43Нидерлания футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Спортда омадга ишонмайман"  2 15:32Украина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Мақсадимиз қийин ҳолатдаги украин халқини бироз бўлса ҳам хурсанд қилиш"  2 14:11"Ал Насср" Роналдуда вирусли инфекцияни қайд этди, у Ироққа бормайдиган бўлди  5 13:30Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда ўзидан икки ёш катта бўлган термаларга қарши турнирда ғолиб бўлди  1

Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U17 terma jamoasiga masul etib tayinlandi Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U17 terma jamoasiga masul etib tayinlandi

Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U17 terma jamoasi uchun javob beradi. Uning boshqaruvida yoshlarimiz yil oxiriga qadar o'tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.

Bungacha Azamat Abduraimov O'zbekiston U14 terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lgandi. Mazkur jamoa kelasi yil U15 jamoasiga aylanib, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil esa U16 termasi sifatida Osiyo CHempionatida qatnashishi, 2021 yil U17 termasiga aylanib, kichik mundialga borishi mumkin.
 
G'ulomxo'jaev boshchilik qiladigan O'zbekiston U17 termasida ham vaziyat deyarli shunday. Jamoa kelasi yil U18 termasi sifatida yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil U19 Osiyo CHempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o'rtasidagi U20 Jahon CHempionati kutib turibdi.
 
Ayni vaqtda O'FA Evropaning bir qator davlatlaridan U18 jamoalari o'rtasidagi xalqaro turnirlarga taklifnoma olgan. Yil so'ngiga qadar Otabek G'ulomxo'jaev jamoasi eng kamida 1 ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. SHuningdek, unga yosh futbolchilarni saralab olish uchun Toshkenda yig'inlar tashkil etib beriladi. Futbolchilarni kuzatishi uchun sharoitlar yaratiladi.
 
Otabek G'ulomxo'jaev hozirga qadar 150 dan ziyod iqtidorli futbolchilar ro'yxatini hamda yil yakuniga qadar bo'lgan ish rejasini O'FAga taqdim etib ulgurgan. Avgust oyida bu futbolchilarning o'yinlari kuzatib boriladi, shuningdek, Toshkentda jamoaning ilk yig'ini tashkil etiladi. SHu orqali xalqaro turnirlarda ishtirok etuvchi tarkibga aniqlik kiritiladi. Garchi Evropadagi turnirlarda 1 yosh katta jamoalar to'p sursa-da, O'FA o'sha turnirlarga U17 jamoasini jo'natishni rejalashtirgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad futbolchilardan natija talab qilish emas, balki ularning xalqaro maydonda toblanib borishlari uchun sharoit yaratishdir.

 
O'zbekiston U17 terma jamoasining tarkibi doimiy rivojlantirib boriladi. Yani, o'sishdan to'xtayotgan futbolchilar termadagi o'rnini band qilib turmaydi.  Tarkibga jalb qilinmagan futbolchilar o'z ustida ishlab, sport formasini tinimsiz o'stirib borsa, unda asosiy jamoaga qo'shilish imkoniyati bo'ladi. Yani, har bir poziciya uchun sog'lom raqobat muhimi yaratiladi.
 
Bolalar va o'smirlar futbolida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgani hamda o'sishda davom etayotgani uchun ham O'FA rahbariyati G'ulomxo'jaevga imkoniyat berishga qaror qildi. Mazkur mutaxassis 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida etarlicha malumotga ega.
 
“O'zimga bildirilgan ishonch menga katta kuch bag'ishlaydi. SHu vaqtgacha mamlakat futboli murabbiy sifatida shakllanishim uchun maktab vazifasini o'tadi. Endi esa olgan bilim va ko'niklarimni terma jamoa fonida mamlakat futboli uchun qaytarishni istayman. O'FA rahbariyati u qanday o'yin bo'lmasin, barchasida futbolchilarning ko'zlari yonib turishini, ular vatanlari uchun to'p surayotganlarini his qila olishlarini talab qiladi. Biz ham shu yo'ldan yuramiz. Yoshlarimizga asosiy jamoa libosida to'p surish madaniyati, masuliyati hamda zalvorini tushuntirib boramiz”, — dedi G'ulomxo'jaev biz bilan suhbatda.
 
O'zbekiston U17 terma jamoasining ilk yig'ini qachon bo'lishi haqida yaqin kunlar ichida malumot beriladi. Ayni vaqtda O'FA Xalqaro bo'limi Ispaniya, Rossiya va Qozog'istondagi turnirlarda ishtirok etish masalasini o'rganib chiqmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика