So’nggi yangiliklar

10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  9 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  24 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  3 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  87 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  9 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  2

Otabek G'ulomxo'jaev: "Jamoani qiyin vaziyatda qabul qildim va qiyin holatda tashlab ketmayman" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Jamoani qiyin vaziyatda qabul qildim va qiyin holatda tashlab ketmayman"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

"Mag'lubiyatdan keyin o'yin haqida nima deyishim ham mumkin. Jamoa yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydi. Bilgan edik, himoya chizig'i vakillariga tushuntirgandik. Orqa chiziqda xushyorroq bo'lishni, raqib tezkor qarshi hujumga o'tishini va penalti ishlash havfi borligini aytgandik. Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Lekin tayyorgarlikning 10 foizini ham bajara olishmadi. Yutqazsa murabbiy yutqazadi. Aybni o'z bo'ynimga olaman.

- O'yin davomida "Buxoro"ning natijasini bilib turdingizmi?
- Stadion suxandoni aytayotganda eshitdim. Lekin bu o'yinga etibor bermadim. O'z o'yinimizni o'yladim. To'g'risi boshqa jamoalarning o'yiniga qarash kerak emas. Xudoning o'zi imkoniyat berdi. Maydonga chiq o'zingni o'yiningni o'yna va g'alaba qozon bo'ldi. Ularda ham ikkita oyoq va qo'l bor. Ayrim vaziyatlarda hayron qolaman, hujumchilarimizga keskinlik va to'p uchun kurashda faollik etishmaydi. Bunda kimnidir ayblamoqchi emasman. O'sha vaqtda ishlanmagandir. Qaerdadir ayyorlik ham kerak. Jamoani 15 kun ichida o'zgartirib yuboradigan sexrgar emasmiz. Lekin bu narsalarni futbolchi bilishi kerak. Mashg'ulotlarda ularning harakati yomon emas. Ammo o'yinda jamoaning yarimini tanib bo'lmaydi. Biz o'z o'yinimizni yutishimiz kerak edi. "Buxoro"ning natijasi faqat qulog'imga chalindi. Qolgan narsalariga etibor qaratmadim. CHiroyli intriga saqlanib qolindi, keyingi tur chempion bilan o'ynaymiz. Oxirigacha kurashamiz. Boshqa ilojimiz ham yo'q.

- "Andijon" katta ehtimol bilan Pro ligada ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan o'ynashi mumkin. Bosh murabbiy sifatida qanday qaraysiz? CHunki voqealar rivoji shunga qarab ketayotgandek taassurot qoldirmoqda...
- O'yindan oldin biror narsa deb bo'lmaydi. Har bir murabbiy jamoasini g'alaba uchun maydonga olib tushadi va shunga tayyorlaydi. To'g'ri "Paxtakor" chempion, kuchli jamoa. Maksimal darajada tayyorgarlik ko'ramiz. Keyingi turda biz g'alaba qozonib "Surxon" mag'lub bo'ladigan bo'lsa pley offni o'ylashimizga hojat qolmaydi. Klub muxlislari oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun jamoani Superligada olib qolishimiz kerak. Maydonda o'lsak ham "Andijon" uchun o'ynashimiz lozim.

- Jamoani Superligada olib qolishga o'zingizda ishonch qay darajada?
- Agar ishonch bo'lmaganda jamoani qabul qilib olmasdim. Ayrim jamoalardan takliflar bo'lsa kimdir bir kun, ikki kun o'ylashi mumkin. Lekin men to'rt kun o'ylab chiqdim. Jamoaning to'qqizta o'yinini uhlamasdan ko'rib chiqdim. Ichki muhitda muammolar borligini bildim. Yigitlar bilan gaplashib oldim. Jamoada yosh futbolchilar bor. Lekin ular to'rtta turdagi bosimga tayyor emas. Mendan oldingi murabbiylar buni tayyorlab borganida biroz engilroq bo'lardi. Ularning kamchiliklarini to'g'irlash uchun esa vaqt kam. Ichki ishonch muhim. Klubni futbolchilar oldida qarzi yo'q. Bir kam dunyo deyishadiku. Qaysidir klublarda pul yo'q lekin maydonga chiqib kerak bo'lsa o'tni ham emoqda. Lekin biznikilarga nima etmayapti? Mashg'ulotlar jarayoni yaxshi ketmoqda. Omad etishmayapti desangiz omad ham harakat qilganga keladi. Bu erga kelayotganimda qanday yurak bilan ketyapsan deganlar ham bo'ldi. Odam qilgan ishni odam qiladi. Kimdir bularni chuqurlikdan olib chiqib ketishi kerak-ku. Hali umid so'nggani yo'q.

Farhod Sohibjonov mashg'ulotlarda o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda. Men uni bir yoki ikki yildan beri emas ancha vaqtdan beri bilaman. Terma jamoada ham o'ynagan. Unga birinchi aytilgan narsa bosimni engib o'tish. Uni poziciyasida Muhammadali Yo'ldoshev bor edi. Ammo u asosan ukol bilan o'ynab kelayotgandi. Men ham uni ukol bilan tushirsam bo'lardi. Lekin 22 yoshda mayib bo'lib qolishini istamayman. Unga dam berishni maqul ko'rdik. Farhod boshida hayajonlandi, keyin o'yinga kirishib ketdi. Uning kelajagi porloq. Kelasi yildan o'rinbosarlar tarkibini yoshartiramiz.

- Jamoa Pro ligaga tushib ketsa, yana ishlashga tayyormisiz?
- Qiyin vaziyatda qabul qildim va qiyin holatda tashlab ketmayman, bu haqida o'ylamayapman ham. To'g'ri, aybdorlik hissi bo'ladi. Ammo kelasi yilga rejalarni gapirishga erta.
"Paxtakor" bilan uchrashuvda yaxshi natija ko'rsatamiz, klubni tushib ketishiga yo'l qo'ymaymiz.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика