So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  0 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Otabek G'ulomxo'jaev: "Jamoada 14 futbolchi qolgan" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Jamoada 14 futbolchi qolgan"

O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf"(0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nima ham derdim, kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Yigitlar maksimal darajada harakat qilishdi, xarakter ko'rsata olishdi. 120 daqiqa himoyalanish qiyin. Oxirgi daqiqalarda diqqatni yo'qotdik. Doimgidek standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik, demak ishlashimiz kerak. "Nasaf" u qadar havfli vaziyat yaratgani yo'q.

"Neftchi" bilan o'yin mavsumdagi so'nggi hal qiluvchi hisoblanadi. Yigitlarni oxirgi jangga chiqqandek tayyorlashga harakat qilamiz. Uchrashuv sanasi va maydon hali aniq emas. Bugungi o'yin tarixda qoldi. Bor etiborimizni oxirgi bahsga qaratamiz.

Hujumlarimizda yakun yo'q. Jamoani qabul qilib olganimizda nafaqat yakun balki juda ko'p narsa yo'q edi. Maksimal darajada harakat qilmoqdamiz. Jamoada 14 kishi bor. Oxir oqibat Muhammadkarim bilan Asilbekni tarkibga qo'ydim. Doniyor bilan Bekmurodov tushayotgandi. Lekin jarohat oldi. Agar zaxiramiz keng va vaqtimiz ko'p bo'lganida bunday palapartishliklar bo'lmasdi. Men o'zim istayotgan o'yinni yo'lga qo'yib olishga harakat qilardim. Qisqa muddatda nimadir qilishga harakat qilmoqdamiz. Usmonalini beli bilan bog'liq muammosi bor. Bekmurodovni to'pig'i ishib ketgan. 14 kishidan 4 nafari jarohat olgan. Majburan ikkitasini tarkibga qo'ymoqdamiz. Hozir oldimdagi vazifa jamoani elitada olib qolish. "Neftchi" bilan o'yindan so'ng qolgan masalalar ko'rib chiqiladi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика