So’nggi yangiliklar

16:34Ўзбекистон кубоги. Учта ўйин бошланмоқда  0 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  9 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  7 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  28 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5

Otabek G'ulomxo'jaev: Berlin akademiyasiga qarshi o'yinlarda turli taktik uslublarni sinab ko'ramiz Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: Berlin akademiyasiga qarshi o'yinlarda turli taktik uslublarni sinab ko'ramiz

Bugun Andijonda katta futbol bayrami. Sog'lom avlod stadionida O'zbekiston U-19 terma jamoasi Germaniyaning Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan o'zaro bahs olib boradi.

Uchrashuvdan oldin ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o'tkazildi. Andijon shahridagi «Vella Elegant» mehmonxonasida uyushtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Genri Renosh hamda jamoa sardori Lourenc Del ishtirok etishdi.

- Avvalo bizni bu erda juda iliq kutib olishganidan xursandmiz. O'zbekistonda bo'lib turganimizdan juda ham mamnunmiz. Bu erning odamlari mehmondo'st va samimiy ekan. Umid qilamanki, uchrashuv qiziqarli o'tadi va muxlislarga yoqadi, - dedi Lourenc Del. SHundan so'ng Genri Renosh jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.

- O'zbekiston U-19 terma jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Raqibni to'liq o'rgandik deya olmayman. Lekin O'zbekiston Osiyo vakili hisoblanadi va osiyoliklarning o'ziga xos o'yin uslubi bor. Evropada esa boshqacha uslubda o'ynaladi. SHunday ekan, bizni qiziqarli raqib bilan to'qnashuv kutib turibdi, deya olaman.

- Andijonda ilk bor bo'lib turibsiz. SHahar sizga yoqdimi?

- Bu erga kelganimizga hali ko'p bo'lmadi. Lekin hozirdan aytishim mumkinki, hammasi ajoyib. Bo'sh vaqtimiz bo'lishi bilan albatta Andijonni aylanib chiqamiz.

- O'zingiz ishlayotgan Berlin akademiyasi haqida ham to'xtalib o'tsangiz?

- Biz asosan terma jamoalarga o'yinchi etishtirib berishni asosiy vazifa qilib qo'yamiz. Futbolchilarni 14 yoshidan qabul qilamiz. Terma jamoaga Berlinning oltita klubidan o'ynchilarni olganmiz. O'zbekiston yoshlariga qarshi uchrashuv esa o'yinchilarimiz uchun foydali bo'ladi.

- Akademiyada tahsil olgan taniqli futbolchilar bormi?

- Albatta, bor. Masalan, aka-uka Boatenglarni aytishim mumkin. SHuningdek, «CHelsi»da o'ynagan Ryudiger ham bor. «Bavariya» bosh murabbiyi Niko Kovach ham ushbu akademiyadan chiqqan. Umuman olganda, bunday misollar ko'p.

Bizni oldidan qiziqarli uchrashuv kutmoqda. O'zbekistonning iqlimi Germaniyanikiga qaraganda issiqroq va bu bizga bir oz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Ammo o'yin kechki soat 6 dan keyin boshlanar ekan. SHu bois ortiqcha muammo bo'lmaydi deb umid qilaman.



Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev ishtirok etdi va unga futbolchilardan Jasur Jaloliddinov bilan Abduvohid Nematov hamrohlik qilishdi.

- Ochig'i, raqibimiz haqida ko'p ham malumotga ega emasmiz. Biz o'z odatimizga ko'ra tayyorlandik va ertangi bahsga tayyormiz, deb ayta olaman, - dedi Otabek G'ulomxo'jaev.

- Berlin akademiyasiga qarshi o'yinda Siz uchun natija muhimmi?

- Biz birinchi navbatda jamoaviy o'yinni shakllantiryapmiz va turli taktik uslublar ustida ishlayapmiz. Bu o'rtoqlik o'yini. O'yin davomida qandaydir xatolar ko'zga tashlanishi mumkin. Muhimi, keyin rasmiy o'yinlarda o'sha xatolarni takrorlamaylik. Biz uchun natija faqat asosiy bosqichlarda bo'ladi. Hozir esa natija ahamiyatsiz.

- Ayni paytda sizni nima xavotirga solmoqda?

- Rostini aytsam, bizda markaziy himoyachi bilan bog'liq muammolar bor. SHu sababli qanot himoyachilarini ushbu poziciyada o'ynatishga majbur bo'lyapmiz. O'rta chiziq vakillaridan esa ko'nglim to'q va bu poziciyada raqobat ham kuchli.



- O'yinning Andijonda o'tkazilishi jamoa azolariga qanchalik tasir qilishi mumkin?
- Ushbu o'yinga muxlislar tomonidan qiziqish katta. Stadionga ko'plab muxlislar kelishi kutilmoqda. Bu biz uchun juda yaxshi. CHunki futbolchilarimizni stadiondagi qaynoq muhitda o'zlarini qanchalik ko'rsata olishlarini bilib olamiz. CHunki bizdagi o'yinchilar bunday muxlislar qarshisida hali ko'p o'ynashmagan. SHu tomonlama ham bu o'yinning biz uchun foydali tomonlari ko'p.

Jasur Jaloliddinov:

- Berlin jamoasiga qarshi yaxshi o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. Bizda kuchli tarkib shakllanmoqda. Bu jamoa bilan nimagadir erishishimizga ko'zim etadi. Asosiy tarkibda o'ynab o'zimga ishonch paydo bo'lganidan keyin menga yanada qiyin bo'ldi. CHunki buning masuliyati ko'proq bo'ladi. Negaki, endi mendan ko'p narsa kutishadi. Natijada o'z ustimda yanada ko'proq ishlab, masuliyatni chuqurroq his qilishga harakat qilyapman.

Abduvohid Nematov:

- Barchamiz bo'lajak bahsga to'liq tayyormiz. Stadionga yig'ilgan muxlislarni chiroyli o'yin va g'alabamiz bilan xursand qilishga harakat qilamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика